Qadimgi xitoy sayyohlari esdaliklarida markaziy osiyo tarixiga


“Uzbekistan-China: development of



Yüklə 429,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.04.2023
ölçüsü429,14 Kb.
#98065
1   2   3   4
qadimgi-xitoy-sayyohlari-esdaliklarida-markaziy-osiyo-tarixiga-oid-ma-lumotlar

“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
335 
w
uz
ns.
www.orie
November 
2022
 
Biroq, yuqoridagi xaritaga ko‘ra, Chjan Chyanning Davan va dayuechji davlatlari o‘rtasidagi 
2000-3000 li masofa haqidagi ma’lumotlari mantiqan to‘g‘ri kelmasligi va bo‘rtirilgan deb xulosaga 
kelishimizga imkon beradi. [2] Shunday qilib, Kangju Davandan 2000 li shimoliy-g‘arbda edi. 
Dasya Davandan 2000 li janubiy-g‘arbda joylashgan. Dayuechji Kangjuning janubida, Dasya esa 
dayuechjining janubida. Ammo Davandan dayuechjigacha 2000 li bo‘lishi mumkin emas edi. Chjan 
Chyan ularni birinchi bo‘lib xitoycha “li” uzunlik o‘lchovida aniqlagan.
Chjan Chyan Davan qirolining yordamini olgach, janubi-g‘arbiy tomonga Yuechjilar 
hududiga yo‘l oladi. Xitoy manbalarida yuechjilarning harbiy qudrati kuchli ekanligi qayd etilgan. 
Shuningdek, Chjan Chyan Baqtriyaga boriladigan uchta yo‘l haqida o‘z hukmdoriga so‘zlab beradi. 
Birinchi yo‘l xavfli bo‘lib, kyanglar yurtidan o‘tgan. Ikkinchi yo‘l xunlar nazoratidagi Buyuk Ipak 
yo‘lining janubiy tarmog‘i, uchinchi yo‘l esa Xitoyning janubiy-g‘arbidagi Sichuan viloyatidan 
Hindistonga boradigan yo‘l ekanligini aytadi. [1] Xitoy hukmdori Baqtriya bilan hamkorlikda 
xunlarga qarshi kurashish uchun Chjan Chyanni bir necha marotaba elchi sifatida yuboradi. 
Mamlakat aholisi ko‘p bo‘lib, taxminan 1 000 000 yoki undan ortiq kishini tashkil etilganligi 
qayd etiladi. Poytaxti Lanshi (Baqtra) bo‘lib, u yerda barcha turdagi tovarlar sotib olinishi va 
sotilishi haqida yozilgan.
Chjan Chyan Buyuk Ipak yo‘lidagi bir nechta shaharlardan o‘tgan. Keyinchalik sayyohlar, 
elchilar ham Buyuk Ipak yo‘li orqali Markaziy Osiyoga tashrif buyurishgan. Shuning uchun, xitoy 
manbalarining aksariyat qismida Markaziy Osiyo haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Shunday qilib, 
Miloddan avvalgi II asrning so‘nggi uch o‘n yilliklarida Xan sulolasi Markaziy Osiyoning bir qator 
davlatlari bilan aloqa o‘rnatadi. Miloddan avvalgi II asrning oxirgi o‘n yilligida boy va qudratli Xan 
sulolasi bu aloqalarga katta e’tibor qaratadi. Sima Szyan yozganidek, imperator o‘zining boyligini 
namoyish qilish uchun ko‘plab xorijiy elchilarni ajoyib tarzda qabul qiladi va o‘zining ko‘plab 
elchilarini yuboradi. O‘z obro‘sini ko‘tarish uchun hukmdor Vu Di hatto uzoq Davanga qarshi 
urush olib borib, buning uchun katta miqdorda pul sarfladi. Darhaqiqat, Xan sulolasining shon-
shuhrati g‘arbga qadar kirib bordi. 
Markaziy Osiyo haqida ma’lumot beruvchi o‘rta asrlarga tegishli xitoy manbalaridan biri Du 
Huanning “Du Huanning borgan joylari xotirasi” (
“Du Huan Jing Xing Ji”
) nomli asaridir. Du 
Huanning
tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. [3] 
“Du Huanning borgan joylari xotirasi” 



Yüklə 429,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin