“Uzbekistan-China: development of
cultural, historical, scientific and
economic relations”
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
334
w
uz
ns.
www.orie
November
2022
QADIMGI XITOY SAYYOHLARI ESDALIKLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA
OID MA’LUMOTLAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.7335743
Xubbaliyeva Maxpurat Xamzayevna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
tayanch doktoranti
Xubbaliyeva.91@mail.ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qadimdan o’zining qulay geografik joylashuvi, unumdor,
serhosil yerlari bilan mashhur bo’lgan Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurgan va o’z
xotiralarida yurtimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar qoldirgan sayyohlar yoritiladi.
Kalit so’zlar: xitoylik sayyohlar, Buyuk Ipak yo’li, Turk xoqonligi, Chjan Chyan, Farg‘ona,
Du Xuan
Annotation. This article describes the tourists who visited the Central Asian region, which
has long been famous for its favorable geographical location, fertile, fertile lands, and left in their
memories valuable information about the history of our country.
Keywords: Chinese tourists, the Great Silk Road, the Turkish Khanate, Zhang Qian,
Ferghana, Du Xuan
Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyoning eng yirik qo‘shnilaridan biridir. Qadimdan
Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojlanib borgan.
Shuningdek,
Xitoydan Markaziy Osiyoga ko‘plab sayyohlar, savdogarlar va elchilar tashrif buyurgan. Ularning
esdaliklarida tariximizni atroflicha o‘rganish uchun qimmatli ma’lumotlar mavjud. Jumladan, Xan
sulolasi davrida Chjan Chyan (tug‘ilgan yili noma’lum- miloddan avvalgi 103 yil), Ban Chao, Gan
Ying, Jin sulolasi davrida Fa Syan (337–422), Tan sulolasi davrida Shyuanzan (602–664), Yijin
(635–713), Jianchjen (688–763), Vukun (730-790), Du Huan (751–763) kabi sayyohlar va budda
rohiblari Markaziy Osiyo to‘g‘risida yozishgan.
Chjan Chyanning sayohatlari haqidagi xabarlar miloddan avvalgi
I asrga oid Xitoy tarixiy
xronikalarida, Sima Szyan tomonidan yozilgan “Tarixiy xotiralar” (Shiji) da ko‘p keltiriladi. Chjan
Chyan bevosita Farg‘onadagi Davan (
大 宛 -qadimiy xitoycha Dayuan. Miloddan avvalgi 2-1
asrlardagi Xitoy manbalarida Farg‘ona vodiysidagi ushbu qadimiy davlat keng, obod, boy
mamlakat deb ta’riflanadi. Aholisi 300 ming kishini tashkil etgan)
[1] podshohligiga, Yuechjilar
(
月氏)
, Baqtriya (
大夏
) o‘lkasiga tashrif buyurdi.
Chjan Chyan avval Farg‘ona viloyatida Tarim havzasining g‘arbida
joylashgan Davanga
tashrif buyurdi. Bu yerdagi tulporlar juda mashhur bo‘lgan. Xitoy manbalarida ushbu “Osmon
tulporlari” haqida ma’lumotlar yozilgan. Chjan Chyanning ta’kidlashicha, Davan Xan imperiyasi
poytaxtidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arbda emas, balki shimoli-g‘arbiy tomonda joylashgan. Uning
ma’lumotlariga ko‘ra, masofa va yo‘nalishlar quyidagicha berilgan:
Chan‘andan Davan (Fargʻona) gacha gʻarbda 10 000 li
Chan‘andan Yanszegacha 5000 li
Davandan Kangju shimoliga yoki shimoli-g'arbiy tomonigacha 2000 li
Davandan Usun davlati shimoli-sharqigacha 2000 li
Janubi-g‘arbda Davandan Dasya (Yunon-Baqtriya) gacha 2000 li
Davandan gʻarbda dayuechjigacha 2000-3000 li
Gʻarbda dayuechjidan
Ansigacha bir necha ming li
Dasya shahridan Shendu (Hindiston) boʻylab janubi-sharqda bir necha ming li [2]