Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa


Davlat tilining 30 yilligi: o'zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylandimi?



Yüklə 126,95 Kb.
səhifə2/2
tarix13.01.2020
ölçüsü126,95 Kb.
#30140
1   2
“QADIMLIKDA O’XSHAR ONA TUPROQQA” DAVLAT TILIMIZNING 30 YILLIGI

Davlat tilining 30 yilligi: o'zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylandimi?



O’zbekistonda davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligi nishonlanmoqda. 1989-yil 21- oktabrda o'zbek tilida davlat tili maqomi berilgan. 30 yillik davr ichida o'zbek tili davlat tili sifatida maqomini qanchalik mustahkamladi?



Kuzatuvchilar fikricha, o'tgan 30 yil o'zbek tili uchun arosatdagi davr bo'lgan. Tilshunoslar o’zbek tilining davlat maqomiga chiqishi ham, buning ortidan davom etayotgan 30 yillik ikkilanish davri ham hokimiyatdagi siyosiy iroda bilan bog’liqligini aytmoqda.

30 yil muqaddam davlat tili maqomiga ko’tarilgan o’zbek tiliga doir bugungi vaziyat hamon achinarli qolayotgani mahalliy matbuotda tilga ko’rsatilayotgan ehtirom va mavjud muammolar haqida yozilgan maqolalardan ham ko’rinadi.

Ehtirom hukumatning davlat tili rivojiga doir qarorlar qabul qilayotganida ko’rilsa, muammolar aksariyat qonunlar, hujjatlar, ish yuritish, reklama va e’lonlar hamon rus tilida ekanligida.

Qabul qilinganiga 30 yil to’lgan davlat tili haqidagi qonun tarixida bu muammolar yangi emas, 10 yillar avval ham aynan shu muammolar mavjudligi, bularga qaramasdan hukumat o’zbek tiliga ehtirom ko’rsatayotgani, davlat tilini rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotgani haqida yozilar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligini mamlakatda keng nishonlash haqidagi qaror ham shu jumladan ko’rilmoqda.

Davlat tiliga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va o’tkazish bilan cheklangan bu qarorda o’zbek tilini chorak asrdirki asoratda qoldirib kelayotgan asosiy muammo - til yozuvi masalasi haqida hech narsa deyilmaydi.

Davlat tiliga doir qonun ijrosi zaifligicha qolar ekan, so’nggi yillarda o’zbek tiliga doir muammolar qamrovi ham kengaygan; jamoatchilikda, ayniqsa, ta’lim sohasida o’zbek tiliga nisbatan ishonch yo’qolib borayotgani, rus tilli maktablarga ehtiyoj keskin kuchaygani kuzatilgan.

Tilshunos olim Baxtiyor Isabekka ko’ra, davlat maqomini olganiga 30 yil to’lgan o’zbek tili imlodagi ikkilanishdan, arosatdan qutilmas ekan, ta’limdagi, jamiyatdagi o’rnini ham tiklashi qiyin, ayniqsa, o’zbek tili davlat tizimiga ko’chmagan bir sharoitda.

“Bu qarorlar faqat shaklan, ko’rinish uchun, 30 yillikni nishonlash bilan o’zbek tili keng miqyosda qo’llanib qolmaydi. O’zbek tili hali davlat tili maqomini to’liq egallagani yo’q, tizimning ichiga kirib borgani yo’q. Masalan, televideniye, radio bo’lsin, o’zbek tilida istagancha chala yarim gapirish mumkin, ammo shu narsani rus tilida qilib bo’lmaydi. Shunday bir munosabat mavjud bir paytda biz nimani bayram qilamiz... Konstitutsiya belgilanishi tilning maqomi amaliyotga ko‘chganidan darak bermaydi. Mana Toshkentning o’zida o’zbek maktablari yildan yilga kamayib rus tiliga o’tib ketyapti. Imlo masalasida esa hamon ikkilanish, avval ham aytgandim, 40-yillarda lotindan kirill alifbosiga o’tish uchun bir kechaning o’zi kifoya qilgan edi. Hukumatdagilar nima, buni bilishmaydimi? Hozir yangi taklif etilayotgan lotin imlosi ham kirill talaffuziga ko’ra tayyorlandi. Umuman, davlat tiliga nisbatan siyosat o’zgarmas, til haqidagi qonun ijrosini ta’minlovchi komissiya aniq bir ishlamas ekan, vaziyatda o’zgarish bo’lishiga ishonish qiyin”, - deydi tilshunos olim Baxtiyor Isabek.

30 yildirki, O’zbekistonda 21-oktabr o’zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelinadi, shu munosabat bilan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

Davlat tili haqida qonun qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror ham shu ma’noda avvalgilaridan farq qilmaydi, faqat unda O’zbekistonning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida “O’zbek tilining do’stlari” klublarini tuzish belgilangani istisno sifatida ko’rinadi.

Davlat tiliga doir qonun ijrosining nazoratsizligi, hukumatda ish yuritish, qonunlar yozilishida rus tilidan voz kechilmagani rus tiliga rasmiy maqom berish tashabbusi ko’tarilishiga ham sabab bo’ldi.



O’zbekistondagi bir guruh taniqli ziyolilar tomonidan ko’tarilgan bu tashabbus jamoatchilikda keskin tanqidga uchradi. Ammo davlat tiliga doir qonun ijrosini kuchaytirish, chorak asr davom etayotgan lotin imlosiga o’tish jarayonini yakunlashga doir talablar bilan kuzatilgan bu chiqishlarning inobatga olingani kuzatilmadi.
Yüklə 126,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin