Volume 3 issue 2 - 2023
141
QADRIYAT TUSHUNCHASINING TUZILISHI VA UNING MAZMUNI
Rahmonova Nilufar Najmiddin qizi
Denov pedagogika kolleji oʻqituvchisi
Annotatsiya
Dunyoda oilalar orasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etish dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ular
orqali yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishning ma’naviy qadriyatlarga asoslangan
mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda.
Kalit so‘zlar
Globallashuv jarayoni, nizoli vaziyatlar, qadriyatlar, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik,
ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat.
KIRISH
Bugungi kunda oilalar o‘rtasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etish O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy hayotining alohida muammosi hisoblanadi. Jamiyatda mazkur muammolarni bartaraf
etish uchun mamlakatimizni demokratik yangilash, modernizatsiyalash, ochiq fuqarolik
jamiyatini barpo etish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, fuqarolarning
e’tiqod erkinliklarini ta’minlashda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan
juda ko‘plab ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 —
2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” farmonida ko‘zda
tutilgan “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”, Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga
asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib
etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish
va «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-81-son farmonida va shu faoliyatga tegishli
bo‘lgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan masalalarni hal qilishga ma’lum
darajada xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |