Qo`shimcha adabiyotlar.
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston,
1999.
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent:
Mehnat, 2000.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000.
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent:
O`zbekiston, 1997.
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999.
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004.
6-Mavzu: Inson, uning hayoti va erkinligi qadriyat sifatida.
Reja:
1.Falsafada inson muammosining qo`yilishi. Insonning bioijtimoiy mohiyati.
2.Inson tabiatning oliy mahsuli, uning egasi ekanligi.Insonning hayoti (umri) va
o`limi masalasi. Hayot - inson uchun oliy qadriyatdir.
3.SHaxs va uning erkinligi muammosi. erkinlik qadriyat sifatida. Falsafada inson
yashashi (hayotining) ma`nosi masalasiga turlicha yondashuvlar.
Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining
yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy
maxsulidir.
Insonning ob`ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy
muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo`lib, yangi-
yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o`tmishdan meros bo`lib o`tganlari esa davr
ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning
natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam
kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o`tmishda
ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo`lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi.
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o`zgartirishning muxim omilidir.
Xar bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish,
ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari
asosida belgilanadi. Qadiryatlarning ko`pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga
e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlaritakomilashib,
chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning yuzaga
kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida
davom etayotganining ifodasidir.
Qadiryatlar inson ma’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat
rivojlanishdagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo`shgan shaxslar xam milliy
qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi,
imkoniyatlari, talab va extiyojlari o`zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir kadriyat
ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlarning maxsuligina emas, balki uning
ko`zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret
tarixiy sharoitlar, usha davirlarga xos bo`lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o`lchash mumkin bo`lmagani dek, xar
bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlarni xisobga
olib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlarning shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar
yashagan muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi
bilan xam bog`liqdir. Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti
jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam
ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadiryatlarning ob`ektiv va sub`ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar
kishilarning modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va
rivojlanadi. Bu qadriyatlarning obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy,
manaviy, xodisa bo`lsa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlarning ularga
nisbatan bo`lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani uzi
xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o`z duny
qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo
beradilar.
Qadriyatlarning baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog`liqdir. Muayan
qadriyatlarga amal qilishiga, ularni baholashga shaxsiy, guruhiy, miliy va
umuminsoniy manfatlar ham bevosita tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga
baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti
ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma`naviy jixatdan etuk
shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug`ri
baxolash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo`lsa
xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog`liq
bo`lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo`la olmaydi. Meros
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat
o`tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va
imkoniyatlar asosida shakilanayotgan ijtimoiy, ma`naviy siyosiy xodisalar xam
qadriyat xisoblanadi. Xozir O`zbekistonda miliy istiqbol mafkurasining rivojlantirishi
uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va milat
manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda
utmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat
sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o`tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib
kelgan ijtimoiy – ma`naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar,
axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo`lgandagina qadriyat
darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo`lgan axamiyatini bilish-
uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib,
takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlarni
baxolash mezonlari xam o`zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning
muayyan bosqichida maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlarning manfatlari xam
ma`lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlarning manfatlari
asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug`ri tushunishga olib
keladi.
Qadriyatlar o`zining mohiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linidai. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo`q joyda biron narsaning
qadr-qimmati xaqida so`zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-
qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini
o`stirish, sog`lig`ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy
yo`nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro`y berayotgan tub o`zgarishlarning,
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to`q, boy, go`zal bo`lishi, inson o`zini
chinakam erkin his etishi, o`z mehnati natijasining, o`z taqdirining, o`z
mamlakatining egasi bo`lishini ta`minlashga qaratilgandir.
Muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi ma`naviy qiyofasi o’shha
jamiyatning tabiiy, tarixiy sharoitlariga qarab o’zgarib boradi. Millatning ruhiy,
ma`naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy
ongning an`anaviy shakllari har bir millat kishilarning ruhiy, ma`naviy qiyofasi asta-
sekinlik bilan o’zgarib borishiga olib keladi. Mana shu regressiv bilishi mumkin.
Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining o’zgarishlari o’z navbatida ko’p millatli
jarayonga ham ijobiy, ham salbiy ta`sir ko’rsatishi muqarrardir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va
yangilash bo`yicha ko`p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi
O`zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida
o`zini ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi
barcha o`zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga – har bir kishining
hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan bayroq qilishga bo`ysundirilgan».
Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari
va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi.
Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo`li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish,
ularning qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo`li
bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o`ch olishga harakat qiladigan
shaxslar, kimligidan qat`iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste`mol
qilgan mansabdorlar g`ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob
beradi.
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo`qotgan, boquvchisidan
mahrum bo`lib qolganlar, yolg`iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo`li
bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma`naviy yordam ko`rsatiladi. Bizda
odamlarning shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so`zlashuvlari,
yozishmalar pochta va telegraf orqali jo`natilgan narsalarning sir saqlanishi
kafolatlanadi. O`zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr-
qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o`z
hayotlari va sog`liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr-
qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar.
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini
qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham
O`zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini
yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ularni uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr
energiyasi, radio va telefidenie bilan ta`minlashdir. O`zbekiston rahbariyati
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo`yildi. Qishloq aholisiga
shaxsiy xo`jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag`lar ajratildi.
Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan
boshlab paxta terimiga qo`shimcha haq to`lashning joriy etilganligi paxta va boshqa
qishloq xo`jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib
borilayotganligi, boshlang`ich sinf o`quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor
ayollarni qo`shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash yo`lga
qo`yilganligi, veteranlarning nafaqasini oshirish, nogiron, yolg`iz qolgan qariyalar va
uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo`shimcha mablag` sarf
etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo`lgan munosabatlar
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o`rmonlar, o`simliklar,
hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O`zbekiston zamini
hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati
ochilgan va ular xalq xo`jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.
SHu bilan birga hali ochilgan, ro`yodga chiqmagan konlar ham ko`p. Bu krlarning
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo`lsa, aksariyati er ostida yashirinib
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy xom ashyo buyumlari –«foydali
qazilmalar» O`zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy
qadiriyatlaridandir. O`zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga
ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya`ni yonilg`i, har hil
metallar, rudalar, havo, suv, o`simliklar dunyosi bo`lmasa, insoniyat yashay olmaydi.
Tabiat biz uchun moddiy ne`matlarining bosh manbai sifatida ham, sog`lik, shodlik,
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma`naviy boyliklarning bitmas-
tuganmas omili sifatida ham o`zining g`oyat zo`r ahamiyatini hech qachon
yo`qotmaydi.
Ona- er kishilar usun moddiy ne`matlar manbai, dastlabki mehnat
vositalarining hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o`zi
uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi
Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo`lsa, er uning onasidir.
Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson
uchun g`oyat darajada muhim va zarur bo`lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik,
e`zozlamaslik mumkin emas!
Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma`lum davrlarda o’zining nisbiy
mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustqurmaning mohiyatini
tubdan o’zgartirib borishga faol ta`sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida
hozirgi kunlarda sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin
o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan
ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik
inqirozli tus olmasin, xalq ommasi ongining, ayniqsa, milliy ongning yangicha
shakllanishi anchagina ijobiy tus olmoqda..
Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, milliy uyg’onish zamirida
boshlanishi tabiiydir. Hozirgi uyg’onish davr taqozosiga ko’ra, taraqqiyotning
ob`ektiv ijtimoiy voqeligiga aylanmoqda.
CHunki kishilarning dunyoqarashi, hayotiy xulosalar, bir-birlariga munosabatlar,
iroda va xohishlar, milliy turmush tarzlari, milliy rasm-rusumlar, odat va an`analar
tufayli shakllanadi va rivojlanadi. SHunday ekan, milliy turmush tarzi va madaniyat
ijtimoiy voqelikning tabiiy ifodalashni shaklidir. Milliylikni tan olish – millatga
mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda
insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etgan bo’ladi.
Milliylikda milliy mansublik ruhi mavjud. Milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz
majmui milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanadi.
Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy
asoslangan bo’lsa, uni biz milliy o’z-o’zini anglash deb tushunamiz. Milliy o’zligini
anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo’llanma darajasiga
ko’tarilsa, biz uni milliy mafkura deb ataymiz.
Milliy onglilikning mohiyati to’g’ri tushunilmasligi oqibatida, ba`zi hollarda
bunday munosabatlar millatchilik illatlariga mubtalo etmoqla. Millatchilik
g’ayriinsoniy illat bo’lib, avvalo o’zga millatlarga, qolaversa o’z millatiga ham
xudbinlarcha qaramsh fojiasidir. Bu o’z millatini va uning manfaatlarini xudbinlik
zaminida mutlaqlashtirish yo’lida boshqa millatlarning manfaatlari bilan
hisoblashmaydigan, ularni kamsitib, tazyiq etib, ijtimoiy adolatsizliklar tug’diradigan
illatdir.
Demak, milliy g’ururni millatchilik bilan almashtirib bo’lmaydi. Milliy g’urur
har bir millatga xos bo’lgan xususiyatlarni ximoya qilib, ularning kelajak hayotini
yuksaltirishiga qaratilgan tabiiy intilishdir. Millatchilik esa bittagina millatning
muddaosini himoya etib, bogshqa millatlarning ehtiyojlarini pisand qilmasdan
ularning huquq va erkinliklarini chegaralab qo’yishga qaratilgan harakatdir. «Milliy
tuyg’u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola ota-
onasiga butun dunyoga aytgan birinchi so’zida ifodalanadi».
Ma`lumki, milliy tuyg’u tabiiy tuyg’ulardandir. Ayni paytda milliy ma`naviy
hayotning juda nozik elementlaridir. Milliy tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy
harakterning, demakki, milliy-psixologiyaning belgilaridan biri, uning ajralmas
qismidir.
Milliy his-tuyg’u, milliy iftixor manfaatlari va xalqparvarlik bilan bog’liqdir. U
o’z millatining tarixini, hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va harakterini ruhiy
tushunish, emohional shaklda idrok etishdir. Biroq his-tuyg’ular, emotsiyalar
millatlarning tub manfaatlarini bevosita ifoda qilmaydi. SHuning uchun ham milliy
tuyg’u ham milliy tuyg’u milliy ongdan farqlanadi.
Milliy tuyg’u va kayfiyat millatning jinslashuvi va irodasi namoyon bo’lishida
kata rolь o’ynaydi. Millatning birikishida, ularning milliy qiziqishlari umumiyligi,
tarixiy hodisalar, o’tmish madaniyatiga muhabbat, milliy iftixor tuyg’ulari sifatida
namoyon bo’ladi.
O’z xalqining ko’p asrlik boy tarixi, ajoyib ma`naviy merosi bilan xaqli ravishda
faxrlanishi tuyg’usi, o’tmishni qo’msash emas, balki qadimiy tarixni, xalq yaratgan
moddiy va ma`naviy boyliklarni kengroq o’rganish va ochib berish, ularni yangi
avlodlar tomonidan ajdodlar merosi sifatida o’zlashtirishni ta`minlashdan iboratdir.
Milliy tuyg’ularning qanchalik qarama-qarshi bo’lib qolishiga qarab milliy qadr-
qimmatga bo’lgan e`tiborsizlik shunchalik xavfli tus olib boradi.
Bundan xulosa chiqarib aytish mumkinki, milliy his-tuyg’ularni ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy omillarga suyanib milliy mafkura asosida rivojlantirish
maqsadga muvofiqdir. Ma`lumki, milliy qadr-qimmat millatlararo munosabatlarning
eng (muhim tomonlaridan biri bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham mutafakkirlar
millatning qadr-qimmatini oddiy so’z bilan kamsitish hech mumkin emasligini qayt-
qayta ta`kidlagan edilar. O’zini ko’rsatib turadigan milliy manmanlik, maxdudlik,
milliy maqtanchoqlik bilan boshqa millat his-tuyg’ularini kamsitiga olib kelishi
mumkin. Bir millatni boshqa millatga maqtash, uning tarixi, madaniyatini
ideallashtirish, til va urf-odatlarini haddan tashqari targ’ib etish, albatta, ikkinchi
millatning tuyg’ulariga aylanib ketishga olib kelishi mumkin. SHovinistik
qarashlarning asosi ham mana shu milliy tuyg’ularning kamsitilishidan yuzaga
keladi. SHovinistik kayfiyatning shakllanishi asosan milliy tubanlik, o’z millati
manfaatlarini avdolatsiz ravishda ortiqcha o’ringa qo’yishdan, boshqa millatlar va
jumxuriyatlarning manfaatlarini hisobga olmaslik, o’z millatini ko’klarga ko’tarish va
boshqalarda namoyon bo’ladi. Milliy psixologiyadagi shovinistik hislar oddiy
insonlar ongini milliy mahdudlik kabi salbiy tushunchalar bilan zaharlashga, ularning
behuda bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Milliy iftixor ham milliy o’z-o’zini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’z-o’zini
anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy xis-tuyg’ular namoyon bo’ladi.
Milliy xis-tuyg’alarga ojo’ya yondashish, uni nazar-pisand qilmaslik oqibatida
ularning millatchilik tuyg’ulariga aylanib ketishga sabab bo’lishi mumkin. SHuning
uchun ham hozirgi milliy tuyg’u masalalariga ko’proq e`tibor berilayotgannligi
tasodifiy emas.
Insoniy his-tuyg’ular hayotning ijtimoiy sharoitlari bilan o’zgaradi. Boshqacha
aytganda, u ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Milliy tuyg’ularga
asir bo’lib qolish qanchalik xavfli bo’lsa, ayni zamonda, ularning e`tiboridan chetda
qoldirish ham juda katta xatodir. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy omillarga
suyanib umuminsoniy tarbiyaviy ishlar keng ko’lamda amalga oshirilayotgan hozirgi
sharoitda milliy his-tuyg’ular o’zaro hamfikrlikka, halqlar va xalqlarning ayrim
namoyandalari do’stlikning mustahkamlanishiga yordam beradi.
Istiqlol yo’li, demokratiya vaoshkoralik ilgari keng xalq ommasining ijtimoiy
siyosiy, siyosiy faoliyati rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatib kelgan barcha
g’oyalarni birin-ketin bartaraf etib, uning ijtimoiy, siyosiy madaniy, ma`naviy
hayotining hamma sohalarida faol ishtirok etishi, o’zini ko’rsatishi uchun keng
imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ommaning ijtimoiy-siyosiy ongi
faoliyati o’sib borayapti. YOzuvchilar,olimlar, inson va dehqonlar, yoshlar, xotin-
qizlar, dindorlar, faxriylar, xullas, jamiyatni soqlomlashtirish uchun kurashayotgan
kuchlarning harakatga kelganligi Mustaqillik davriga, demokratiya va oshkoralik
davriga xos bo’lgan eng noyob hodisadir. Milliy o’zligini yangilashning keng tus
olayotganligi, respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy mustaqilligini
amalda ta`minlash uchun astoydil kurash olib borayotganligi va bu sohada erishgan
ilk muvaffaqiyatlar milliy uyg’onishdan davlolatdir. Hozir bizda qaror topayotgan
ijtimoiy sharoitlar har bir millat va elat uchun ona tabiat va tarix muyassar etgan
miqyoslarda o’z kuch-qudratini namoyish etish imkoniyatini yaratmoqda.
Milliy ong va o’zligini anglash yoki bu millatga mansublikni xis qilish, uning
tarixi, madaniyati, urf-odat va an`analarini har taraflama chuqur bilish bilangina
chegaralanmaydi.
Milliy o’z-o’zini anglash millatning hozirgi ahvoli, uning oldida echimini
ko’tarib turgan muammolarini bilish va ularni hal qilishda faol harakat etishni talab
qiladi. Buning uchun yuksak madaniyat, uzoqni ko’ra bilish va donolik, g’oyaviy
etuklik va nopoklik, yangicha fikrlash imkoniyatlaridan, jamiyat taraqqiyotini
jadallashtirib, ahvolining farovon hayot kuchirishi uchun zamin yaratish yo’lida
foydalanish bilish kerak.
SHuningdek, milliy o’z-o’zini anglash millatning kelajak istiqbolini ham ko’ra
bilishni talab qiladi. Bu ham kishalarning milliy ongi o’sishi, tafakkurlash madaniyati
darajasi bilan uzviy bog’liqdir. Ma`rifatli, yuksak madaniyatli inson bugungi kun
extiyojlarini qondirish uchungina yashamaydi, u albatta ertangi kunni ham o’ylab
yashaydi. Kelakjakni ko’ra bilish, fahmlash – milliy o’z-o’zini anglashning zaruriy
qismini tashkil etadi.
Milliy ongning o’sishi Mustaqillik tufayli jumxuriyatimizda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarni, islohotlarni, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi
siyosatni yakdillik bilan qo’llab-quvvatlashda, mustaqil respublikamizga bo’lgan
mehr-muhabbatning kundan-kunga oshib borayotganida namoyon bo’lmoqda.
O’zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari Davlat Gerbi,
Davlat Bayrog’i, Davlat Madhiyasi azizdir. Biz ular bilan faxrlanamiz, ularni
e`zozlaymiz. Ular ma`naviyatning eng muhim timsollari sifatida ona Vatan –
O’zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Prezidentimiz aytganidek, Vatan tuyg’usi vatan tushunchasi biz uchun
sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lsog’i kerak. «Biz ona
O’zbekiston istiqlolini, uning sha`ni shavkatini qanday himoya etishni ota-
bobolarimizdan meros qilib olamiz va uning ximoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz
darkor.
Ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo’lib kelayotgan vatanga muhabbat
tuyg’usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam etiqodga,
chinakam aqidaga aylansin.
Milliy g’urur, milliy iftihori baland millatni egib bo’lmaydi»!.
Sobiq SSSR davrida SSSR va O’zbekiston SSR Konistetutsiyalarida
O’zbekiston suveren respublika deb yozib qo’yilgan bo’lsa-da, Markaziy Osiyoda
O’zbekistondek kelajagi buyuk, ko’hna tarihi boy tabiiy,iqtisodiy, madaniy va ilmiy
merosga ega qudratli davlat bor ekanligini jahon mamlakatlarining aksariyati bilmas
edi chunki O’zbekiston shu pay
tlarda mustaqil siyosat va faoliyat yurgizib, chet
elga chiqish xuquqidan mahrum etilgan edi. endilikda Istiqlol sharofati bilan bizning
dovrug’imiz olamga yoyildi. Hozirning o’zida O’zbekistonni dunyodagi 160 tadan
ortiq davlat tan oldi. Ulardan 120 tasi billan diplomatiya munosabatlari o’rnatildi.
O’zbekiston poytahtida 35 dan ortiq mamlakatning, shu jumladan, buyukligi etirof
etilgan AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kabi
davlatlarning elchi-xonalari ishlab turibdi. O’z navbatida dunyoning 20 ortiq
davlatida AQSH, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va boshqalarda)
respublikamizning diplomatiya elchixonalari ish boshladi»!
O’zbekiston bayrog’i Birlashgan Millatlar Tashkilotida hilpirab turibdi.
Prezidentimiz Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-, 50
sessiyalarida buyuk minbardan turib jahon xalqlariga o’zbeklarning kim ekanligini
namoyon etdi. Axir bu xalqimiz hayotida katta tarixiy voqea-ku! Bundan
faxrlanmaslik aslo mumkin emas! Milliy ongimizning rivojlanib borishini yana bir
ko’rinishi shundan iboratki, jamiyatimizning zahmatkash fuqarolari eski andozalar va
suxtalashgan g’oyalardan voz kechib bozor munosabatlariga mos ravishda yangicha
fikrlashga, tafakkurlashga qodir bo’lmoqdalar. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar
tajribalarini ijodiy o’rganib, o’z imkoniyatlarimizdan samarali foydalangan holda
ilg’or texnologiya, fan va texnika yutuqlari, zamonaviy iqtisodiy moliyaviy bank va
kredit sistemasini, boshqaruv usullarini hayotga tatbiq etib, kelajagi buyuk davlatimiz
poydevorini mustahkamlash uchun astoydil mehnat qilib kelmoqda. Respublikamiz
mehnatkashlari yuksak madaniyatiga, ma`naviyatga ega isteedodli ishbilarmon,
zahmatkash kishilar ekanini, xorijdan kelgan mutaxassislarning o’zi tan olmoqdalar.
Xorijiy mamlakatlar bilan yangicha tashqi iqtisodiy, ilmiy-tehnikaviy, ma`naviy
munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishda ham o’zbek xalqi o’zining yuksak
madaniyati va ma`naviyatini namoyish etmoqda. Bunga respublikamizda muntazam
ravishda yuksak darajada o’tkazilayotgan dolzarb mavzular va muammolarga
bag’ishlangan ilmiy va amaliy anjumnalar, seminarlar, kongresslar va boshqa
tadbirlar misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: |