Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari



Yüklə 354,5 Kb.
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü354,5 Kb.
#157449
1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLIK

Axmad Yassaviy 1041 yilda tug‘ilgan ilmiy adabiyotlarda vafoti 1165—1167 yillar deb kо‘rsatilgan. Yassaviy tariqatining birinchi va asosiy fazilati uning xalqchilligidir. Unda ham Olloh, ham inson madx etiladi. Yassaviy о‘zining «Hikmat»larida insonni qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, zulmdan ximoya etishga chaqiradi. Bu xaqda u «qayda kо‘rsang kо‘ngli siniq maxram bulgil, andog‘ mazlum yо‘lda qolsa, ham dam bulgil», deydi.
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Ollohni tanishga, uning yaqini bо‘lishga dahvat etish, odamni xudoning eng aziz bandasi sifatida ehzozlash, adolatsizlikni qoralash, bu dunyoning dog‘larini inson ga yuqtirmaslikdan iboratdir.
Ahmad Yassaviy inson о‘z azaliy pokligini saqlashi, orttirmasligi uchun nima ish qilishi kerak degan savolga ham о‘zicha javob beradi. Yassaviy inson о‘zining azaliy pokligini saqlashi uchun bu dunyodan yuz о‘girishi, umrini odamlardan uzoqda, yolgizlikda, о‘zlatda toat ibodat bilan utkazishi lozim, deb hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bо‘lishning, о‘ziga u dunyoda saodat tahmin etishning shartlaridan biri deb biladi.
Yassaviy fikricha insonning xudo vasliga yetishi uchun shariat, tariqat, mahrifat, xiqat kabi bosqichlarni birma bir bosib utishi, dunyodan, о‘zligidan voz kechishi, о‘zini xilvatga tortib, ham fikrini, ham zikrini xudoga berishi kerak Agar odam jonini qiynab bо‘lsa-da, ibodat qilsa, nafsini uldirib, qanoat qilishga odatlansa, xо‘rlash va malomatlarga bardosh bersa, ushanda xudoning diydoriga yetadi, deydi. Yassaviy tariqati va falsafiy tahlimotining asosiy jihatlari ana shulardan iborat.
Abduholik G‘ijduvoniy (1220 yilda vafot etgan) Yassaviya tariqatining kо‘zga kо‘ringan vakillaridap biridir. U ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy va birgalikda tahlim olgan zamondoshi shayx Axmad Yassaviyning ishini davom ettiribgina qolmay, ular yaratgan tariqatni mustaqil, yangi, govori bosqichga ham kutardi. Buni uning farzandi uchun maxsus yozilgan «Vasiyatnoma»sida bayon etilgan falsafiy g‘oyalardan kurish mumkin. «Vasiyatnoma»ning mazmuni, moxiyati odob axloq masalalarigya qaratilgandir.
Tariqat axlining bosh vazifasini Yas­saviy Ollohga yaqinlashish uchun jamiyatdan о‘zoqlashishni, uning tashvishlaridan yuz ugirish, о‘zlatga ketish, tarki dunyo qilish deb tayinlagan bо‘lsa, Abduholik G‘ijduvoniy «Vasiyatnoma»sida jamoatga mulozim bо‘lish, jamiyatga xizmat etishni muqaddas vazifa — Ollohga yaqinlashishning muxim nuli deb hisoblaydi. Shu bilan birga u odamlarni xonaqoxda qadab utiravermasdan, Ollohga toat ibodatni xaddan tashqari oshirib yubormasdan mehnat qilish va halol yashashga dahvat etadi. Dalol yegil va shubxadan parxez etgil, yahni xalolligi shubxali ovqatdan qul tortgil, deydi. Bu dunyoda odamlar hayotida faol ishtirok etish, ularni ximoya Qilish Abduholiq G‘ijduvoniy tomonidan tahkidlanganideq Ollohga yaqinlashishning asosiy yо‘lidir.
Tasavvuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri xorazmlik Najmiddin Kubro (1145—1221 yy.) edi. Tasavvufdagi maxsus kubraviya tariqati uning nomi bilan bog‘lik. Shayx Najmiddin Kubro о‘z zamonasining yirik olimlaridan hisoblangan. «Favoix al jamol va favotix al jalol» («Jamolining muattarlari va kamolotining egalari»), «Al usul al ashara» («Unta qonun va qoidalari») nomli asar va risolalar yozgan.
Alisher Navoiy «Lisonut tayr» dostonida Najmid­din Kubro xaqida maxsus bir hikoyat keltiradi. Unda aytilishicha, «Agar u biron kishiga о‘z nazaridan baxra yetkazib qarasa, kuzi valilik nuri bilan yorishib ketar va shu ondayoq о‘zligidan ayrilar edi».
Najmiddin Kubro nomi bilan ataladigan tariqat buyuk Xorazm davlati asta-sekin inqirozga yuz tutayotgan davrda yuzaga keldi. Odamlarni ruhiy poklanishga, hayotga ishonch bilan ixlos quyishga, dunyoviy muxabbatni ulug‘lashga chaqirishda kubraviya tariqati katta о‘rin tutdi. Unda tarkidunyochilik emas, balki mehnat asosida bu dunyo noz-nehmatlaridan baxramand bо‘lish asosida Olloh vasliga yetish g‘oyalari ilgari suriladi. Kubraviya tariqatida xalq va vatan uchun xizmat qilish, vatan mustaqilligi uchun kurashish g‘oyasi ustivorlik qiladi. Bu g‘oya odamlarga kuch-quvvat bag‘ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, mexr-oqibatni oshirgan.
Najmiddin Kubroning vatanparvarlik xalqparvarlik xaqidagi falsafiy tahlimoti shunchaki kuruq sо‘z, shior, g‘oya bо‘lib qolmasdan, uning shahsiy xatida ham о‘zining tula tasdigini topgan. Yoshi yetmish oltiga chiqqan bо‘lishiga qaramay, Najmiddin Kubro Xorazm himoyasi uchun mug‘ullarga qarshi jangga kiradi va shahid bо‘ladi. Ular paytida u bir mug‘ul askarining kokilini shunday maxkam tо‘tib oladiki, vafotidan keyin un kishi ham uning qulidan kokilni ayirib ololmaydi. Oxiri usha kokilni kesishib, quldan ajratadilar.
Tasavvuf falsafasi XIV asrda naqshbandiya ta’limotida yanada rivojlandi.
XIV asrda Markaziy Osiyo xududida tasavvuf falsafasining Baxovuddin Naqshband (1318—1389 yy.) nomi bilan mashxur «Naqshbandiya» tahlimoti shakllandi. Buxoro shahri yaqinidagi Hinduyon qishlog‘ida tug‘ilgan Baxovuddin dastlabki ilmni mutasavvuf olimi Xoja Muhammad Samosidan olgan. U hazrat vafotidan (1354 y.) keyin, usha davrning mutasavvuf olimi Sayid Amir Kulolga shogird bо‘lgan. Sayid Amir Kulol va Abduholik G‘ijduvoniylar Buxoroi Sharifda turk elining shayxul islomi tabarruk zot Axmad Yassaviydan tahlim olgan edilar.
Nakshbandiya tariqati mehnat qilish va о‘zining halol mehnati bilan kun kurish vazifasini yuklaydi: «Dil Olloh yodi bilan, qul mehnat bilan band bulsin» («Dil va yeru dast ba kor») degan sо‘zlar naqshban­diya tariqatining bosh naqlidir. Insonni mehnatsevarlikka chorlash har bir jamiyatda ham, tabiiyki, umum taraqqiyotga ijobiy tahsir etgan.
Nakshbandiya tariqatining buyuk qudrati shundaki, bu tahlimot inson qadr-qimmatini yuksaltirishga, in­sonni uning ruhiy dunyosini boyitish evaziga ham ozod, ham mashg‘ul qilishdek ulug‘vor vazifani amalga oshirishga xizmat qildi. Ayrim mutaassiblashgan diniy doktrinalarda Inson din va ehtiqodning qо‘liga, muteh ijrochisiga, zanjirband qilingan mahbusiga aylantirilgan edi.
Nakshbandiya tahlimoti esa, islom dinining ilk yо‘l yuriqlariga tayangan holda «inson—koinotning gultoji, yer yuzidagi jamiki mavjudotlarning sardori, xudoning sevimli bandasi» degan g‘oyani tiklashga erishdi. Bu g‘oya bir tomondan insonni eng erkin, ozod va yaratuvchan vujud sifatida ulug‘lasa, ikkinchi tomondan uning zimmasiga о‘lkan mashuliyatlarni ham yuklaydi.
Nakshbandiya tahlimoti bо‘yicha, insonga nafaqat erkinlik balki, shu bilan bir qatorda, boshqa mavjudotlarda bulmagan aql idrok berilganki, u insonning о‘zini о‘zi anglashiga, о‘zini о‘zi boshqarishiga imkon berish barobarida uning zimmasiga buyuk mashuliyatni, yahni butun yer yuzidagi tartib va osoyishtalikka javobgarlik vazifasini ham yuklaydi. Zero, inson akl idrok egasi sifatida boshqa aqlsiz mavjudotlarning takdiri uchun ham javobgardir. Inson yer yuzini gullab-yashnagan chamanzorga aylantiradi-mi yoki qahragan chо‘l-biyobonga aylantiradimi, bu uning faoliyatiga va ixtiyoryga bog‘lik. Ana shu faoliyati uchun uni kelajakda shon- shuhrat va mukofot yoki muxdojlik va jazo kutadi. Inson yer yuzidagi tartib uchun mashul ekanligini bir zum bо‘lsa-da unutmasligi, uni yashna etish uchun tinimsiz mehnat qilishi va bu mehnatning samarasidan bahramand bо‘lishi lozim.
Inson xudoning eng erka va erkin bandasidir. Bu g‘oyalar nakshbandiya tariqatiniig olamshumul obrо‘ topishiga va xalq orasida keng yoyilishiga imkon berdi. Bundan tashqari nakshbandiya tariqatidagi murshid (pir) va muridlik anhanalari murshid (pir)lar zimmasiga о‘z miridlarining mahnaviy va axloqiy kamolotiga kumak berishdek ulug‘vor vazifalarni yuklagan. Oliyjanob pirining ortidan ergashgan muridlar ham yaxshi axloqiy va insoniy sifatlarni о‘zida mujassamlashtirishga intilishgan. Bu holat umumjamiyat miqyosida xalqning ax­loqiy va mahnaviy poklanishiga, xalollik va insoniylikning tantana qilishiga, razolat va yovuzlikning chekinishiga sharoit yaratgan.

Otashnafas о‘zbek shoiri Boboraxim Mashrab (1653— 1711 yy.) Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy falsafiy fikrlari rivoji tarixida muhim о‘rin tutadi. Tо‘xtovsiz davom etgan urushlar, ichki nizolar tinka madorni quritadigan soliqlardan adoi tamom bо‘lgan mehnatkash halqni qо‘llab-quvvatlash Mashrabning asosiy maqsadi, hayotining mazmunini tashkil etadi. Mashrab qashshoq va huquqsiz mehnatkashlar axvoliga doimo achinib umrbod ularni ximoya qilish tashvishi bilan yashadi. Buni biz uning «Devoni Mashrab»idagi dard-alam bi­lan tо‘lib toshgan shehrlaridan kо‘rishimiz mumkin. Bu xaqida u «Tani dardu alamdan yora bо‘lgan, dili tig‘i sitamdan pora bо‘lgan halqni kurdim» deb yozgan edi.


Mashrab xalq boshiga tushayotgan jabru sitamlar, ijtimoiy adolatsizliklardan dod-faryod chekdi-yu, lekin ularning negizi, manbai nimadaligini chuqur ochib berishga ojizlik qildi. Ijtimoiy adolatsizlik haqsizlik tengsizlikning bosh va asosiy sababi zо‘ravonlikda deb bilgan Mashrab о‘zining utkir qalam kuchi bilan xukmron tabaqalarni shayxlar va mullalarni tanqid ostiga oldi.
Xurfikrlik ruhida yozilgan shehrlarida Mashrab Makkani ziyorat qilish, rо‘za tutish, u dunyodagi jannat uzra dо‘zaxlarga ishonishni rad qilgan. Mashrab tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ming marta Makkaga borgandan kо‘ra hech bо‘lmasa bir kishiga yordam kо‘rsatsang yaxshi ish qilgan bо‘lasan, mardum xalqqa zulm qilma, uni ezma, undan yordamingni ayama deydi. Boborahim Mashrabning bu otashin insonparvarlik sо‘zlari, isyonkor shehrlari о‘sha davrdagi xukmdorlarga, shariat peshvolariga mutlaqo yoqmadi.
Mashrab qattiq tazyiq ostiga olindi. Ashtorxoniylar sulolasining xukmdorlaridan bо‘lgan Mahmudbiy qatag‘oniyning farmoni bilan Mashrab 1711 yilda Qudо‘z shahrida dorga osib о‘ldirildi. Mutafakkir shoirning qatl etilishi о‘sha davrning katta fojiasi bо‘ldi.
О‘rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos katta о‘rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abulqodir Bedil (1644—1721 yy.)dir. О‘z davrining atoqli faylasufi va shoiri hisoblangan Bedil Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va falsafasi rivojiga salmoqli hissa qо‘shgan zot sifatida yuksak extiromga sazovor bо‘ldi.
Bedil adabiyot va falsafa sohasida о‘zidan qimmatbaxo meros qoldirdi. Uning asarlari 125 ming misra shehr va 50 bosma taboqdan ortiq nasrni tashkil qiladi. Mirzo Bedil falsafasi negizini obhektiv olam mavjudligini ehtirof etish tashkil etadi. Uning tahlimotiga kо‘ra, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar о‘zaro bog‘liq, dunyo esa hamisha о‘zgarish, rivojlanish holatida turadi. U о‘zining «Chor unsur» «Tо‘rt unsur») kitobida tabiat abadiy haqiqatdir, yag‘ni abadiy bordir, uning navlari (shakllari) xilma-xilligi ham о‘zidandir. Bizlar ~ insonlar esa bu olamga kelib ketuvchi, ish buluvchilarmiz, deydi.
«Olam, - deb tahkidlaydi Bedil, - son jihatdan ham sifat jihatidan ham bir laxza bо‘lsa-da bir holatda turmaydi, uning gо‘dakligida yigitlikdan, yigitlikda esa qarilikdan asar yо‘q».
Bedil abadiy ravishda mavjud bо‘lgan materiyani bilan birgalikda olib qaraydi. Buni uning «shakllarsiz materiya mundarijasi kо‘rinmaydi, materiya pardani ochmasa shakllar jahonda yashirindir, shakllar materiyada imkoniyat holatidadir», degan sо‘zlaridan bilib olishimiz mumkin. Materiya shaklsiz bо‘lsa, shakl kasrdan paydo bо‘ladi, deb savol tashlaydi. Bedil shakl bilan materiyaning dialektik birligi xususida fikr yuritib, avval materiya, keyin shakl, surat, shu suratdan tashqari man yо‘q, bо‘la olmaydi, deb tahkidlaydi.
Bedilning falsafiy qarashlari uning «Vaxdat ul-mavjud» («Mavjudot birligi») degan tahlimotida chuqur ifodalangan. Unda aytilishicha, modda bilan pyh, tan bilan jon bir biriga bog‘liq.
Jismlardan tashqari ruhlar olami bor, deyish notо‘g‘ridir, degan edi Bedil. Jismlar olamini ruhlarsiz tushunish qam tо‘g‘ri emas. Tan quvvati tan salomatligidadir. Agar tan quvvatiga zarar yetsa, ruhdshng kuvvati ham zarar kо‘radi.
Bedil inson о‘z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat qobiliyatini albatta yо‘qotadi, degan edi. U о‘z fikrini davom ettirib, tarki dunyo qilganlar, gadoylar о‘zlarini azob ukubat chekishga majbur qiladilar, о‘z tanalarini murdaga aylantirib, bu dunyodagi hamma noz-nehmatlardan voz kechadilar, ana shular natijasida ularning ruhlari sо‘nadi, bunday kishilarning kо‘z oldilarida parilar, jinlar gavdalanadi, natijada ular aqldan ozib, jinni bо‘lib qoladilar, xuddi yog‘i ozayib borib, birdan yalt etib, sо‘ngra qochib qoluvchi sham singari sо‘ladilar, deb ogohlantirgandi.
Bedilning tushuntirishicha, jism, narsalar tarkibida zarrachalar о‘zgarib turadi, natijada yangi narsalar kelib chiqadi, bu xayratga soluvchi sirli hodisa zaruriyat xukmi bilan bо‘ladi, bu zaruriyat narsalarning о‘zida va ularning о‘zaro munosabatlarida mavjuddir.
Yog‘, pilik va olov birlashib, zaruriyat xukmi bilan yorug‘lik beradi. Uzoq vaqt yashash va ovqatlanish nati­jasida hayvonlar qornida toshchalar tо‘planadi. Bu ham zaruriyat orqasidandir.
Bedilning tahlimoticha, Odam sezgi organlari yordami bilan tashqi dunyo tahsirini idrok qiladi, tafakkuri bilan esa buyumlarning mohiyatini bilib oladi.
Inson atrofidagi narsa va hodisalarni, moddiy dunyoni fan yordami bilan biladi, degan g‘oya Bedil falsafiy tahlimotining asosini tashkil etadi. U fanni rivojlantirish zarurligini yoqlab, umrini ilm shamlari bilan yoritgan zotning umri boqiydir, deydi. Fanni ishlab chiqarish, hayot bilan bog‘lab olib borish masalasiga ham Bedil katta ehtibor bergan edi: amaliyot, tajriba bilan bog‘lab olib borilmaydigan ilm-fan insonning yuragiga yetib bormaydi.
Mirzo Bedilning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bedil ijodiyotida insonga hurmat va ehtirom bilan qarash, uning kelajagini о‘ylash ustuvorlik qiladi. U о‘zining asarlarida insonlarni halol yashashga, tahmagirlik qilmaslikka, dahvat etadi. U odamlarga qarata, mehnat qilib ter tо‘kishdan rahmat bо‘lib tuproqda qil, deydi. Ish qilmasdan mukofot istash, uningcha, uyatdir.
Bedil dangasalik yolg‘onchilik kekkayish, ochkо‘zlik makr va xiyonatni tanqid qilib, kamtarlik saxiylikni, mehnatsevarlik odob-axloq, iymon ehtiqodni yuksak darajada tutgan yaxshilardan begona bulmayman, ajralmayman desang, yomon sо‘zlovchilar, g‘iybatchilar bi­lan oshnolik qilma, о‘zingni tо‘g‘ri kо‘rmoqchi bо‘lsang, oynaning orqasiga boqma, degan falsafiy axloqiy fikrlari hozirgi davr uchun katta ahamiyatga ega. Ochkо‘zlikni qoralab, qayerdaki xirs о‘ti alangalasa, о‘sha joyda odamgarchilik о‘tin о‘rnida yonib kul bо‘ladi, degan edi. U yana bir shehrida xunar egallamagan kishi yuziga iqbol eshigi ochilmaydi, deydikim, bu har bir inson uchun juda katta falsafiy о‘git, pandnomadir.
Shunday qilib, Mirzo Abulqodir Bedilning falsa­fiy tahlimoti Markaziy Osiyo halqlarining madaniy-mahnaaviy taraqqiyotiga salmoqli tahsir kо‘rsatdi.

Yüklə 354,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin