Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 2 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-12-17 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 13 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal qilindi. Unda qishloq sanoatini tuzish tadbirlari tizimi ko„zda tutilgan edi. Shu qonun
asosida “Har bir qishloqda bitta tovar” harakati boshlandi. Uning mazmuni shuki, har
qaysi qishloqda raqobatbardosh sanoat mahsuloti ishlab chiqaradigan bitta korxona
bo„lishi shart. Qishloq sanoatining rivojlanishi munosabati bilan “Bitta qishloqda
yuzta tovar” shiorini ilgari surgan murakkab vazifa kun tartibiga qo„yildi.
AQSH iqtisodidagi kichik sektorning ulushi nafaqat yalpi ichki mahsulotda,
balki unda ishlovchilar sonida ham katta. Kichik biznesni rivojlantirishning 900 dan
ortiq markazlari kichik va o„rta firmalarga konsultatsiya beradilar, boshlovchi
tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, davlat tashkilotlaridan moliyaviy yordam
olishda ko„maklashadilar. 1,5 mingdan ko„proq kompaniyalarni birlashtirgan okrug
kengashlari seminarlar o„tkazadilar, tadbirkorlarni o„qitadilar, kichik firmalar
faoliyatini tashkil qilish bo„yicha ma‟lumotnoma-qo„llanmalar tuzadilar.
Yaponiyada ham kichik biznes sezilarli rol o„ynaydi. Bunga kichik va o„rta
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo„llab- quvvatlashning
rivojlangan tizimi yaratilganligi imkon berdi. Shu narsa diqqatga sazovorki,
Yaponiya qonunchiligi kichik va o„rta korxonalarni ular rivojining barcha
bosqichlarida imtiyozli qarz va kreditlar berish, turli soliq, imtiyozlaridan
foydalanish, texnika va maslahat yordami ko„rsatish, axborot xizmatini amalga
oshirish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish asosida rag„batlantirishni nazarda
tutadi. Yaponiya sanoatining bu sektorida kichik biznes shakllanishiga ta‟sir
ko„rsatuvchi muhim omil soliq, imtiyozlari va puxta moliya siyosati bilan bir qatorda
kichik korxonalarga kredit beruvchi xususiy banklarga beriladigan kafolatlar
tizimidir.
Janubiy Koreya, Singapur va Gonkongda kichik va o„rta korxonalarga zarur
kapitalning 50 foizgachasi davlat tomonidan berilgan, shuningdek davlat uzoq,
muddatli kreditlar bo„yicha foizlar summasining yarmini to„lashni ham o„z
zimmasiga olgan. Quyidagilar ham kichik korxonalarni qo„llab-quvvatlovchi muhim
tadbirlar turiga kiradi: xomashyo va asbob uskunalarni qat‟iy baholarda etkazib
berish kafolatlangan davlat xaridi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni turli
moliya-kredit muassasalari: Peruda Rivojlanish moliya korporatsiyasi, Boliviyada
Los va Andes Omonat kassasi va Birdamlik banki, Urugvayda Milliy rivojlanish
korporatsiyasi, Kolumbiyada milliy Kafolat fondi va boshqalar qo„llab-
quvvatlaydilar.
Kichik tadbirkorlik sektori turli mamlakatlar iqtisodiyotida
nihoyatda muhim vazifani bajarmoqda. Ushbu sektor iqtisodiyotni