2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga majbur:
|
servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab manfaatdorga ushbu kelishuvning 1.2-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkasining ushbu kelishuvning 1.4-bandida ko‘rsatilgan maydonidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini taqdim etish;
|
ushbu kelishuvning 1.5-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlarga rioya qilish;
|
manfaatdor shaxsga servitutdan maqsadli foydalanishga to‘sqinlik qilmaslik;
|
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan uni yig‘ishtirish, qo‘riqlash, ta’mirlash va unga boshqacha tarzda xizmat ko‘rsatish;
|
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash to‘g‘risida kelishuv tuziladig?n taqdirda, ushbu masalani manfaatdor shaxs bilan yozma shaklda kelishish
|
2.2. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga haqli:
|
manfaatdor tomonidan servitutdan muntazam ravishda ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda, ushbu kelishuvni bekor qilishni talab qilish;
|
servitut tashkil etilgan asoslar bekor qilingan taqdirda, manfaatdor shaxsni bu haqda yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
|
o‘z vaqtida to‘lanmagan servitut uchun to‘lovni undirish uchun sudga murojaat qilish;
|
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanganlik (servitut) uchun mazkur kelishuvning 1.9-bandida ko‘rsatilgan miqdor va muddatlarda haq to‘lamasa, manfaatdor shaxsni shartnomani bekor qilish haqida ogohlantirish, manfaatdor tomondan rad javobini olganda yoki qonunda yoxud shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin talabni sudga taqdim etish.
|
2.3. Manfaatdor quyidagilarga majbur:
|
yer uchastkasining huquq egasi bilan birgalikda servitutni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar�i davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
|
servitutdan faqat ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanish;
|
servitut o‘rnatilgan yer uchastkasidan foydalanishda, ushbu kelishuvning 1.4-bandida ko‘rsatilganidan tashqari, huquq egasiga qo‘shimcha cheklovlar yaratmaslik;
|
servitut o‘rnatilishiga asos bo‘lgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, yer uchastkasi huquq egasining birinchi talabiga ko‘ra servitutdan foydalanishni to‘xtatish;
|
uchinchi shaxslar bilan ushbu yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash to‘g‘risida kelishuv tuzish masalasini kelishish yuzasidan yer uchastkasining huquq egasidan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan boshlab ____________ kun ichida yozma ravishda javob berish.
|
2.4. Manfaatdor shaxs quyidagi huquqlarga ega:
|
ushbu shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan servitut maqsadlaridagi harakatlarni amalga oshirish;
|
servitut o‘rnatilishiga asos bo‘lgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, shartnoma talablarini to‘liq bajargan tartibda, shartnomada bunday talablar keltirilmagan taqdirda, taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida servitutdan foydalanishni to‘xtatish.
|
|