Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni boshqarish



Yüklə 1 Mb.
səhifə17/20
tarix29.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#169838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
331 карор

5-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni boshqarish
26. Respublika bolalar kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonasi”ga direktor Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshlig‘ining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
27. Direktor:
Respublika bolalar kutubxonasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kutubxonaning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
kutubxona xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini to‘xtatadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kutubxona xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
belgilangan tartibda kutubxonaning mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi, kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
kutubxonaning moddiy-texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, axborot-kutubxona fondlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradi.
28. Respublika bolalar kutubxonasi har chorakda bir marta direktorlar kengashini tashkil etadi, ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilaydi va amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilib boradi.
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonasi” direktorlari tashabbuskor, fidokor va tajribali kutubxonachilarini turli mukofotlarga tavsiya qiladi va ularning ishini ommalashishiga ko‘maklashadi.
30. Respublika bolalar kutubxonasi “Bolalar kutubxonalari” faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya, “yo‘l xaritalari” va dasturlari ishlab chiqadi hamda ularning kutubxonalarda bajarilishini monitoring qilib boradi.
31. Bolalar kutubxonasi direktori Muassis bilan kelishgan holda direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi.
32. Respublika bolalar kutubxonasida kitoblarning mazmun va mohiyatini o‘rganish, milliy mentalitetga yot bo‘lgan kitoblarni ta’lim muassasalariga kirib borishining oldini olish va mazmunan boy, bolalarni vatanparvarlikka undaydigan va kitob o‘qishga qiziqtira oladigan asarlarni muhokama qilishga qaratilgan Ilmiy-metodik kengash tuziladi.
Ilmiy metodik kengash raisi Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Ilmiy metodik kengash a’zolari har chorakda bir marotaba yig‘iladi, ilmiy, uslubiy, badiiy va publitsistik kitoblarni amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin