Qarori xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 94,58 Kb.
səhifə3/16
tarix17.05.2023
ölçüsü94,58 Kb.
#115456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2022-yil 17-yanvar 25-son Vazirlar Mahkamasi qarori

malaka talablari — kasbiy rivojlanish kursi (o‘quv moduli) bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
mutaxassislar — xalq ta’limi tashkilotlarida metodist, defektolog, logoped, psixolog, kutubxonachi va mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar;
pedagog xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o‘qituvchi va tarbiyachilar;
rahbar xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari;
tinglovchi — ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotiga qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilingan xalq ta’limi xodimi;
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (keyingi o‘rinlarda — uzluksiz kasbiy rivojlantirish) — shaxs kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda hayot davomida o‘sishi jarayoni;
qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi — qayta tayyorlash (malaka oshirish)ning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;
o‘quv moduli — nisbatan mustaqil, mazmunan yaxlit o‘quv kursi yoki ta’lim texnologiyasining minimal hajmdagi tarkibiy birligi;
Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) — o‘quv modullari kontentlarini yaratish, saqlash va ularni ta’lim oluvchilarga taqdim etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarni ro‘yxatga olish va ularga o‘quv modullarini onlayn tarzda o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron dasturiy tizim;
Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron axborot tizimi.

Yüklə 94,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin