Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan (



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə118/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan (2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son)
MILLIY STRATEGIYASI
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ekstremizm va terrorizm xavfi hamda tahdidlariga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasi uchun birinchi navbatdagi vazifalardan biri bo‘lib, mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi har tomonlama o‘ylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan norma va tamoyillarini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yo‘nalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retrospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasida (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ekstremizm va terrorizmning mintaqada tarqalishi uchun asosiy sabab va shart-sharoitlar ham, ekstremist va terrorchilar o‘z buzg‘unchi faoliyatida foydalanadigan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ham inobatga olingan.
Strategiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining umume’tirof etilgan tamoyil va normalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlarining qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin