Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə21/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

3 – reja bayoni. Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari.
J A Y N I Z M - dinning asoschisi sifatida e'tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg'ambar – Jina nomi bilan atalgan bo'lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo'lgan. Jaynizm braxmanizmdagi kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo'lgan.
Uning ta'limotida 24 payg'ambarga, ayniqsa oxirgi payg'ambar – Vardxamana Maxavariga sig'inish talab etiladi. Jaynizmda jonning o'lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko'chib yurishiga ishonish markaziy o'rinni egallaydi.
Inson yer yuzida qiladigan har qanday xarakat va ish ana shu jon bilan tan birligida sodir bo'ladi deb qarash. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to'g'ri yo'lni tutmoq, ya'ni din targ'ib qiladigan barcha ta'limotlarga, talablarga so'zsiz itoat etish va e'tiqod qilish zarur. Jaynizmda digambarlar va shvetambarlar nomli yo'nalishi ham mavjud.
S I K X I Z M - (sikx – o'quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida ShimoliyG'arbiy Hindistonda hinduizmga qarshi yo'nalish sifatida paydo bo'lgan. U mayda xunarmand va savdogarlarningfeodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o'zida aks ettirgan.
Sikhizm — Hindistondagi monoteistik din; hinduiylikning diniy islohotchilik harakatining gʻoyaviy shakllaridan biri. 16-asr boshlarida Panjobda paydo boʻlgan. Sikhizm asoschisi — Nanak (1469—1539). Ilk Sikhizm shaharda yashovchi savdogar-hunarmandlar doiralari mafkurasini ifodalagan. Sikhizm barcha odamlarni xudo oldida teng hisoblaydi, tarkidunyochilik (asketizm), monaxlikni qoralaydi, maʼnaviy ustoz — guruga soʻzsiz tobelikni targʻib qiladi. 18-asr boshida zamindorlarga qarshi harakatning mafkurasi boʻlgan, biroq 18-asr 2-yarmiga kelib sof diniy oqimga aylandi. Hozirgi vaqtda sikhlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi bois ularning ichida turli oqimlar va siyosiy partiyalar vujudga kelgan. Sikhizmning diniy markazi Amritsar shahri hisoblanadi.


4 – reja bayoni. Konfutsiylik ta'limoti va uning Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar. Daochilik – falsafiy ta'limot. “Dao” tushunchasi tahlili

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin