Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi. Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi. Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi. Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini topadi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.
Aktiv hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni aks ettiruvchi jadval
|
|
Debet
|
Summa
|
Kredit
|
Summa
|
1. Kun boshiga bo‘lgan
|
|
1. Mablag‘larning hisobdan
|
......
|
boshlang‘ich qoldiq (saldo)
|
.............
|
chiqarilishi
|
.............
|
2. Mablag‘larning kelishi
|
....
|
...........a)
|
|
a) .......
|
|
...........b)
|
......
|
b) .......
|
.............
|
............v)
|
.............
|
v) .......
|
....
|
5. Mablag‘larni hisobdan
|
|
3. Mablag‘larning kelishi
|
|
chiqarilish bo‘yicha
|
|
bo‘yicha aylanmalar summasi
|
|
aylanmalar summasi (a+b+v)
|
......
|
(a+b+v)
|
|
|
.............
|
|
.............
|
|
|
Kun oxiriga bo‘lgan qoldiq
|
....
|
|
|
(1+3-5)
|
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu jadvalda ko‘rib turganimizdek, hisobvaraq ikki qismdan iborat bo‘lib, uning debetida kun boshiga bo‘lgan qoldiq aks ettirilgan (1). Kun davomida turli operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar (2) jamlanib “debet” bo‘yicha aylanmalarni (3) hosil qiladi. Hisobvaraqdan tovarlar, xizmatlar va notovar operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar, ya’ni mablag‘larning hisobdan chiqarilishi (4) hamda shu barcha to‘lovlar bo‘yicha umumiy aylanmalar (5) hisobvaraqning kredit tomonida aks ettirildi. Endi kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) topish uchun boshlang‘ich qoldiq summasiga kun bo‘yi kelib tushgan mablag‘lar bo‘yicha aylanmalar summasini qo‘shib, kun bo‘yi hisobdan chiqarilgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini ayiramiz. Shunday qilib, aktiv hisobvaraq bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiq summasini hisoblab chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |