Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Sеzgi a`zolarining qanday ahamiyati bor?
2. Tеrida qanday rеtsеptorlar bo’ladi?
3. Tilda qanday ta'mlarni sеzuvchi rеtsеptorlar bo’ladi va ular tilning qaysi qismlarida ko’proq uchraydi?
4. Hid bilish analizatorining qanday ahamiyati bor?
5. Muskul va paylardagi sеzuvchanlikni qaysi olim chuqur o’rgangan?
6. Vissеrorеtsеptorlar dеb nimaga aytiladi?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO-BIOLOGIYA FAKULTETI
FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
ANATOMIYA
fanidan
AMALIY MASHG’ULOTLAR uchun
USLUBIY ISHLANMALAR
Qarshi – 2023 yil
AMALIY MASHG’ULOTLARI ISHLANMASI
Amaliy mashg’ulot- 1
Mavzu :Amaliy mashg’ulotlarda foydalanadigan asbob anjomlar bilan tanshish.
Mashg`ulot turi: Amaliy
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg’ulot o’tishga mo’ljallangan audatoriya .
Mashg`ulot maqsadi:
1.Amaliy mashg’ulotlarda faoydalaniladigan asbob anjomlar bilan tanishish .
2.Tanometr,fanendoskop,tana skeleti ,bosh miya yarim sharlari plakatlardan foydalanib rasmlarini chizish.
3.Hujayraning tuzilishini mikroskopda tayyor mikropreparatlardan o`rganish.
4.Hujayraning tarkibiy qismlarini daftarga chizish.
5.Talabalarga to`qimalarning turlari, tuzilishini tushuntirish.
6.A`zolar va a`zolar tizimi haqida tushuncha berish.
7.To`qimalarning tuzilishini jadval, plakatlardan foydalanib va tayyor mikropreparatlarni mikroskop ostida ko`rib o`rganish.
8.To`qimalarning rasmlarini daftarga chizish
Amaliy mashg’ulot uchun jihozlar.
Mikroskop, buyum oynasi, qoplag`ich oyna, skalpel, igna, pipetka, fiziologik eritma, spirt, paxta,hujayra va to`qimalarning tuzilishi tasvirlangan jadvallar.
tuzilishi tasvirlangan rasmlar, jadvallar, mikroskop, tayyor mikropreparatlar, tors, skelet, a`zolar tasvirlangan rasmlar, jadvallar.
Dostları ilə paylaş: |