Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti kengashining №9-son yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
Qarshi shahri 2023 -yil 6-sentabr
KUN TARTIBI: 5. Turli masalalar
5.2. Fiziologiya kafedrasi o’qituvchisi Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” monografiyasini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida
Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan Fakultet dekani so’zga chiqib, Fiziologiya kafedrasi o’qituvchisi Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” nomli monografiyasi bilan tanishtirdi.
Mazkur monografiya aynan mana shu masalaga bag‘ishlanganligi bois dolzarb hisoblanadi. Monografiya 2 bob, 8 ta bo‘lim, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, har bir bob ma’lumotlari sodda va ravon tilda yozilgan va tugallangan fikrga ega. Monografiyaga Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Eshqorayeva Norxol Guzarovna (Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dekani) va Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent Yuldoshev Ismoil Abriyevich (Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani) lar tomonidan ijobiy taqriz berilgan.
Shu munosabat bilan ushbu monografiyani nashr etishni taklif qilaman. Kengash raisining taklifini kengash a’zolari bir ovozdan qo’llab-quvvatlashdi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib,
QAROR QILINDI:
Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” monografiyasini nashrga tavsiya etilsin.
Ushbu qarorni tasdiqlash uchun O’quv-uslubiy kengashga taqdim etilsin.
Kengash raisi L.Kamolov Kengash kotibi N.Pirnazarova