Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematik kafedrasi


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga,ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə3/9
tarix07.10.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#152936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ИҚТИСОДИЙ-МАТЕМАТИК УСУЛЛАР ВА МОДЕЛЛАР FAN Dasturi

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga,ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Fanni о‘zlashtirish natijasida talaba:

  • matematik modellashtirish, matritsa va determinantlar nazariyasini; algebraik tenglamalar sistemasini tahlil etish, uning yechimlarini topish; chiziqli fazo va operatorlar; qavariq tо‘plam va ularning xossalari; differensial va integral hisob hamda qatorlar tushunchalari haqida tasavvurga ega bо‘lishi;

  • statistik ma’lumotlarni tо‘plash, guruhlash va tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini prognoz qilish, iqtisodiy muammolarning matematik modellarini tuzish va optimallashtirish; iqtisodiy jarayonlarini dispersion va regression tahlil qilish; differensial va integral hisob formulalaridan iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish malakalariga ega bо‘lishi kerak.

  • chiziqli va Yevklid fazolarning mohiyatini va mazmunini, vektorlarning chiziqli bog‘liqligi va chiziqli erkliligini, fazoning bazisi va о‘lchovini; iqtisodiy muammolarning optimal yechimlarini topish va bu yechimlarni tahlil qilish; simpleks, Gomori, potensiallar, metodlarini qо‘llash kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak;

  • optimal yechimni topishda matematik programmalalashtirish metodlarini qo‘llash uchun iqtisodiy muammoni modellashtirish ob’ektlari va ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar xarakteristikalarini funksiya, tenglama, tengsizlik, raqam va shu kabilar ko‘rinishda yozish, ya’ni masalaning matematik modelini tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Talaba olgan nazariy bilimlarini misol va masalalar yechishga qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarga Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bo‘yicha ba’zi mavzular bo‘yicha darslar elektron vositalar yordamida tashkil qilinadi.
Talabalarning Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bo‘yicha o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallardan, ma’ruza va amaliy darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin