Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi


predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan soʻzlarni bilib oladilar



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.09.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#142528
1   2   3   4   5   6
3 amaliy javobi

predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan soʻzlarni bilib oladilar.
Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini
o'rganish jarayonida guruhlanadi, soʻz tarkibi, soʻz yasalishi, so'zlaming
o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular


o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada
lug'atlari faollashadi. O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy
mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Bulardan tashqari,
kinofilm va tele koʻrsatuv matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda
maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o'quvchilar
lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qoʻllanmadir. Boshlang'ich
sinf o'quvchilari uchun ,,Imlo lug'ati" mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun
ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek tilining
sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik
lug'atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi.
So'z ma'nosini tushuntirish Soʻzlarning ma'nosini tushuntirish oʻquvchilar
lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi. Boshlang'ich sinflarda oʻqitiladigan
fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim boʻlgan so'zlar qatoriga
kiritiladi. Atamalarning ma'nosini tushuntirish mazkur soʻz anglatgan
tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet
atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o'quvchilar predmet keng
ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar
predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez
fahmlab olishda ularga yordam beradi. mavzusidan oʻquvchilar diqqatini

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin