Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi
4-kurs 63-guruh talabasi Xolmuradov Komil.
Bayon o‘qib berilgan namunaviy matnni, matn mazmunini ma’lum
tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir.
Namunaviy matn og‘zaki va yozma hikoya qilinadi. Bayon yozishga
tayyorgarlik o‘qish darslarida o‘qilgan asar matnnini qayta hikoyalash,
savollarga javob berish, rejatuzish, reja asosida qayta hikoyalash
jarayonida boshlanadi. Ona tili darslarida mashq ishlash jarayonida
tayyorgarlik yozma shalda oshiriladi. Har qanday qayta hikoyalash
asosida bayon yozish mumkin. Byon bu kikich hajmdagi tuzilishi sodda
matn tanlanadi. Keyin u murakkablashtirilib boriladi. Hikoya shaklidagi
matnda asta-sekin tasvir muhokama elementlari bor matn tanlanadi.
Qatnashuvchilari soni ko‘paytirib boriladi. Bayon asta-sekin ijodiy
xarakter kasb etib boradi. Boshlang‘ich sinf dasturiga ikkinchi sinfda
o‘ttiz bir so‘zli matn tanlanadi. So‘roqlar yordamida bayonlar yoziladi.
Uchinchi sinfda qirq oltmish so‘zli matn to‘rtinchi 70-90 so‘zli mustaqil
tuzilgan reja asosida bayon yoziladi. Bayonning ahamiyati: - bolalarda
adabiy nutq to‘g‘ri shakllanadi - nutq madaniyati egallanadi - badiiy
uslub singdiriladi - badiiy tilga sezgirlik oshiriladi Bayonning mavzulari:
- kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn - tabiat bilan
bog‘langan matn - fan-texnika madaniyat yutuqlarga oid matn Bayon
mavzusi o‘quvchilarni bilimini kengaytiradi. Dunyo qarashini
shakllantiradi. Qayta hikoyalashda til materiallaridan nutq aborotlaridan
sintaktik qurilishdan foydalani olish zarur. Qayta hikoyalashda maxsus
tayyorgarlikda quyidagi talablarga rioya qilinadi. 1) Qayta hikoyalash turi
haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi. Matnga yaqinlashtirilib, tanlab,
qisqartirilib, ijodiy qayta hikoyalanadi.
2) Suhbat, mtn mazmuni tahlil qilinadi. Tili oborotlari gaplari aniqlanadi 3)
Qayta hikoyalanishni puxtalash uchun ifodali o‘qish.
4) Matnni kompozitsiyali qismlarga bo‘lish sarlavha, reja tuzish.
5) Matnni qayta hikoyalash kamchiliklarni tuzatish.
6) Qayta hikoyalashni bolalar hayoti bilan bog‘lash.
To‘liq qayta hikoyalash uchun hikoya tanlanadi. Boshlang‘ich sinflarda
ko‘p o‘tkaziladi. Bir kishining hikoya tarzidagi matn bo‘ladi. Matnda
keyinchalik qahramonlarni tabiat tasvirini muhokama elementlarini
bo‘lishi zarur.
Qayta hikoyalash uchun tuzilgan savollar har bir gapga qaratilmasdan
umumlashtiruvchi harakterda bo‘lishi kerak. To‘liq bayonga tayyorgarlik:
2-sinf ona tili: 49,57,147,146,172,187 mashqlar.
To‘liq bayonda uchraydigan kamchiliklar:
a) hikoyani to‘g‘r boshlashni bilmaslik 172 mashq. O‘ktam qizchani
suvdan qutqarib oldi. (davom ettirishning endi iloji yo‘q) b) Matn
mazmunini davom ettira olmaslik:
v) Tushunmasdan noto‘g‘ri bayon qilish g) Bayon qilishda til kambag‘illigi
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun:
a) Matnni qismlarga bo‘lish b) Qismlarga sarlavha topish v) Reja tuzish g)
Reja asosida qayta hikoyalash Til kambag‘al bo‘lmasligi uchun til
materiallari ustida ishlash. Bayon yozish quyidagicha uyushtiriladi.
1) Bolalarga bir ikki marta o‘qib beriladi.
2) Suhbat: qislarga bo‘lish, mazmuniy bog‘lanishlarni aniqlab reja tuzish.
3) Lug‘at ishi (so‘z ma’nosi va imlosi) 4) Muhim til birliklariga diqqat
qilish.
5) Gaplar tuzdirish.
6) Qayta hikoyalash.
7) yozish.
Tanlab qayta hikoyalash matnning tor mavzusi, kichikroq so‘roqqa oid
qism tanlanadi.
Masalan: o‘qilgan matndagi qahramonlarning ko‘rinishi, ikki
qahramonning to‘qnashuvi, tabiat tasviri tanlanadi.
Tanlab hikoyalash turlari:
1) qahramonning tashqi ko‘rinishini tanlab qayta hikoyalash, masalan,
Odinaning qo‘y boqib kelgandan so‘ng boyning uni jazolashi;
2) tabiat tasvir. Matnning bir qismini unga chizilgan rasm asosida qayta
hikoyalash;
3) O‘qituvchining topshirig‘i bilan hikoyaning bir epizodini qayta
hikoyalash;
4) Berilgan mavzua asarning turli o‘rinlaridan parchalar olib qayta
hikoyalash.
5) Qisqartirib qayta hikoyalashda quyidagi savollardan foydalaniladi:
6) Har bir qimni bir gap bilan aytish, 1-qismdan asosiy gap qaysi?
7) Ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi bor:
1) shaxsni o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon;
2) hikoyadagi biror qahramon tilidan qayta hikoyalash va bayon;
3) matnni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalash va bayon;
4) so‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.
Bunda quyidagi topshriqlar bajariladi: “Siz shunday holatda o‘zingizni
qanday sezasiz?
Bular rasmlarda tasvirlangan deb o‘ylang. Shu voqealar ko‘z oldingizdan
o‘tayaptimi? Siz ko‘rgansiz, eshityapsiz o‘zingiz tasvirladim deb o‘ylang”.
Qahramonning tashqi ko‘rinishini o‘ylashingiz mumkin. Suhbat orqali
asosiy joylari ajratib olinadi. Reja tuziladi. Reja asosiy o‘rinlarni ifodalashi
zarur.
Dostları ilə paylaş: |