Perseptiv qobiliyat, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, iste'dod.
Pedagogik qobiliyat tarixidan. Pedgogik qobiliyat adabayotda birinchi bo'lib XIX asr o'rtalarida paydo bo'ldi. Pedagogika nazariyasida o'qituvchilar tayyorlash va perqeptiv qobiliyatga A. Disterverg diqqat e'tibor berdi. Shunday qilib, Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat'iy erkinlikka ahamiyat berdi. So'ngra XIX asrning ikkinchi yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.
Disgerverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy «Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo'li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta'sir qilish mumkin»,-deydi.
L. N. Tolstoy: «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi.
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy rav*ishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigai Gorkiyni o'zning usgozi deb, uni asrlarini o'rganishga kirishgan. Makarenko o'z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o'qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedgogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlaitirsh uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo'yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya ishlariniig muvaffaqiyatli bo'lishini pedagog shaxsiga xos bo'lgan bir qancha sifatlar, shu jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlarini ham ta'minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Faqat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga ta'sir qilishi mumkin, faqat xarakter ta'siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin»,-deb yozgan edi.
Qobashyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir.
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha o'zgarmas irsiyat, nasldan-naslga o'tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J. Lokk va franquz materialistlari tomonidan tanqid qilingan. Qobiliyatni rivojlantirishi mumkin bo'lgan anatomik fiziologik xususiyatlar tug’ma bo'ladi.
Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish kobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq).
Perqeptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo'lib, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat o’qituvchining o’quvchilar ko’z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi.
Didaktik qobiliyat - o’quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim qonuniyatini hamda metodlarini o'rgangan holda, ta'lim bars olish va ibratli dars berish qobiliyatidir.
Konstruktiv qobiliyat - o'qituvchining o'z ishini rejalashtira olishidir.
Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bi:lan bo'ladigan muloqotni yaxishlaydigan va birgalikdagi faoliyatni psixologik ta'minlaydigan qobiliyatdir. O’quvchi bilai o'zaro muloqotda bo'lish. Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o'zlashtirishni ta'minlaydi.
Tekshirshi va o'z-o'zini nazorat qilish uchun savolllar:
1. Pedadogik qobiliyaga ta'rif bering?
2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari?
3. O’qituvchining ijodiy holatini tashkil etish deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
4.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
4-MAVZU. O’QITUVCHI PEDAGIGIK FAOLIYATIDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATNING O’RNI.
Reja:
1.Kommunikativ qobiliyat - o’qituvchi kasbiy faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqa o’matishning asosiy qonuniyatlaridan biri ekanligi.
2.O’zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog’liq bo’lgani kommunikativ qobiliyatning yo’nalishlari. 3.O’quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o’matish, ijobiy iqlim yarata olish, o’ziga ishontira olish va jalb qilish - o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining asosiy mohiyati ekanligi.
4.Muloqot orqah ta’sir etish. Muloqotga kirishish. Aloqa o’rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari.
5.O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublari.
6.Pedagogik ta’sir ko’rsatish o’qituvchining muhim kommunikativ qobiliyatlaridan biri ekanligi.
7.Ta’lim va tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari
Tayanch tushunchalar:
Ekstravert-umumiy faollik, introvert-ichki olamga berilgan, shaxs perseptiv xususiyati – kuzatuvchanlik, tezis-bu isbot qilish kerak bo’lgan fikr, argument- bu tezisni isbotlashda yordam beradi.
O'qituvchining bolalar bilan muomilasi muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligiga, mahoratiga bog’liq bo'ladi. Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o'qituvchi vazifasida bolalarni o’qitish va bolalarga ta'lim bsrishda yuksak natijalarni qo'lga kiritilganining sharti hisoblanadi. Malumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari etakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi rol o'ynaydi.
Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog’i kuzatunchanlikdir) etakchi rol o'ynaydi, o'qituvchiga o'quvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman snnf jamaosining ahvoliga to'g’ri baho berish imkonini beradi. O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiya, ya'ni o'quvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan muhabbatdir. Nihoyat, o'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlarning uchinchi tarkibiy qismi, deb ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin. U bilimlarni boshqalarga berishda, bolalar bilan muomala jarayonini tashkil etish istagida namoyon bo'ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'quvchilarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir o'quvchiga ta'sir ko'rsatish quroliga aylanishida, har bir o'quvchiga faoliyat, vaziyatni ta'minlab berishda namoyon bo'ladi. O'qituvchida ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan, unda mavjud bo'lgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi. Endi pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
Bu, avvalo, aql-idroknnng muayyon xislatari: hozirjavoblik, tanqid ko'zi bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir.
O'qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatlarining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyatiga ega bo'lishi (xayol, fantaziya ishlata bilish) ham o'quvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarniig aniq maqsadini ko'zlab tarkib topish va rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom xaqiqiy narsa ekanligini ko'rsatmoqa.
Masalan, shaxs persevtiv xususiyatlarning eng muhim elementi bo'lgan kuzatuvchanlik o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g’ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o'zining ijtimoiy-psixologik kuzatuvchanligini, ya'ni o'quvchilarda turli xarakter xususiyatlari, mayllarini payqab olish qobiliyatigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini rivojlantirishga qodirdir. O'qituvchi o'z o'quvchilarining, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lmasin, xuddi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim.
Bu esa osongina qo'lga kiritilmaydi. Gap shundaki, pedagogning idrok etishi har qanday kuzatuvchining idrok etishiga o'xshaydi, chunki pedagog hamisha o'quvchilarga iisbatan tashqi vaziyatda turadi, ma'lum darajada ulardan, ular faoliyatidan (uning tashkilotchisi bo'lsa ham) uzoqlashgan bo'ladi. Shu sababli pedagog o'zi ko’rayotgan narsalarga o'zining ijtimoiy rivojlanish jarayonida idrok qilgan normativ mulohazalarini ongli va ongsiz ravishda kelishi mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan hodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan normalar va tasavvurlar asosida an'anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror faktni o'tkazib yubormaslik uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Agar o'qituvchi bolalarniig xatti-harakatlarini faqat to'g’ri idrok etib, baho bersa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. O’qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning; fe'l-atvorlari, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini turli voqealarga, muammolarga va hokazolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi muhimdir. O’qituvchi bolalarni qanchalik bilib olsa, unda bolalar bilan munosabatda xushmuomala bo'lish imkoniyatlari shu qadar ko'proq bo'ladi. Lekiin o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yaqinroq bo'lishga harakat qilar ekan, ba'zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni eshitmasdan o'tib ketishi lozim. Bunga sabab zshitish odobsizlik bo'lishi mumkinligi, yoki vaziyat noaniq bo'lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo qilishdir. O'quvchilar bilan o'z muomalasini baqiriq va mayda chuyda narsalarga aralashishga aylantirib yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rgatish muhimdir.
Nihoyat, ba'zan biror narsani tushunmay qolish ham foydali bo'ladi. Bularning hammasi o'qituvchilarning o'quvchilar bilan bo'ladigan kichik ixtiloflarga barham beradi, unga o'kuvchilar bilan bo'ladigai kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuvga yordam beradi. V. A. Suxomlinskiy takidlab o'tganidek, pedagog bolalar, ayniqsa, katta yoshdagi o'quvchilar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo'lishi, hamma kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham jamoada muhokama qilish ob'ekti bo'lmasligi mumkin va lozim, deb hisoblagan edi.
Pedagogning tarbiyalanuvchilar idroki, hissiyoti va tarbiyasiga ta'sir etishning qanday imkoniyatlari bor?
Har bir endi ish boshlovchi pedagog ta'sir etish yo’llari, o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish va ularga ta'sir etish yo’llarini biladimi?
Ijtimoiy-psixologik tekshiruvchilar va pedagogik muloqot malakasiga asosan ikkita asosiy kommunikativ ta'sir etish turlarini ajratishi mumkin: ishonch hosil qilish va ishontirish.
Pedagogning har bir harakati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari, faoliyatlarini shakllantirishga, ya'ni ularning psixikasi va xulqiga har tomonlama ta'sir etishga qaratilgan. Lekin ishonch hosil qilish va ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta'sir etishning har bir yo’li o’z spesifik xarkteriga ega.
Pedagogik adabiyotda «Pedagogik ta'sir qilish» termini qabul qilingan. Bu tarbiyalanuvchilarning tarbiyasi bilan munosabatida uning passivligini anglatadi. Lekin bola kelajakda har tomonlama kamol topgan inson bo’lib etishishini istasak, pedagogik o’zaro ta'sir etishni qaysi yo’llar bilan amalga oshirishni o’ylashimiz kerak.
O’sayotgan bola ijtimoiy borliq tabiat bilan o’zaro ta'sirda bo’ladi. O’zaro ta'sir etishning natijasi sifatida uning ishonchi shakllanadi, ya'ni bilimlar sistemasi, qarashlari, munosabati va xulq ta'sir etish natijasi sifatida ko’rib chiqaylik. Ishonch hosil qilish haqiqiy va noto’g’ri bo’ladi. Haqiqiy ishonch hosil qilish real voqea-hodisalarga mos keladi. Noto’g’ri ishonch esa xavfli, noto’g’ri ishlarni va salbiy hayotiy masalalarning sintezi tarzida namoyon bo’ladi.
Pedagoglar juda ko’p o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlari bilan to’qnashadilar. Ba'zi o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlariga A.I.Kochetov quyidagilarni kiritadi.
- a'lo o’qish – me'yordan tashqari, faqat maqtanchoqlar a'lo o’qiydi;
- me'yordagi o’quvchi o’qituvchidan ogohlantirish olishi kerak, aks holda uni hech kim mensimaydi;
- o’qituvchini aldash – aql va topqirlik belgisi;
- mas'uliyat bilan mehnat qilish – ortiqcha kuch ishlatish.
Bunday ishonchlar mustahkamlanib, aqliy va jismoniy passivlikka o’tadi. Noto’g’ri ishonchni to’g’rilash pedagogda ko’p harakat talab qiladi. Buni 3 yo’nalishda amalga oshirish mumkin.
1. Sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrlarni shakllantirish.
2. Maxsus shaxsiy malakani ixtiro qilish.
3. Noto’g’ri ishonchni qabul qilmaslik, rad etish. Noto’g’ri ishonchda haqiqiy fikrlar va ustanovkalar almashinishi kerak.
Insonning ishonchi 3 ta komponentga yig’ilgan: bilim-hissiyot-xulq. Ishonch hosil qilish quyidagi formulasi bor: tushunarli-hayotda ortda qolmoq- qabul qilmoq-ishlab berdimlar.
Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto’g’ri qarashlar va munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi va noto’g’ri qarashlar, munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllari: disputlar, diskussiya, suhbat, o’qituvchi himoyasi, shaxsiy namuna.
Ishonch hosil qilishda o’zaro ta'sir qilish metodi sifatida maksimal ta'sirli bo’lishi uchun, u bir qancha shartlarga rioya qilish kerak:
- ishonchning mazmuni va formasi bolalarning yosh xususiyatlarining darajasiga yordam beradi;
- ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqarashiga mos kelishi kerak;
- tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda avvalo o’zi shu narsaga nisbatan ishonch hosil qilish kerak.
Ishonch hosil qilishning natijasi o’qituvchining so’zlari va harakatlariga ham bog’liq. Tarbiyachining ham so’zi bilan harakatlari bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl ustida bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki biror nima va'da qilib, o’z so’zining ustida turmaydi. Bolalar bunday pedagogning so’zlariga ahamiyat bermay qo’yadilar. Yanayam yomonki, agar o’qituvchi balandparvoz, to’g’ri so’zlarni gapirsa-yu, lekin kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday o’qituvchilar jamiyatga zarar etkazadilar.
Ishontirishning yuqori effekti o’quvchilarning olgan bilimlarining mustahkamlaydigan mashqlar (ruhini tetiklash, to’g’ri xulq hosil qilish)lari orqali hosil bo’ladi. Ishontirishning usulini boshqatdan tarbiyalash, ya'ni qarash va muomalarni hosil qilish maqsadida qo’llash mumkin, qachonki tarbiyalanuvchilar u yoki bu xususiyatlarini ko’rsata oladigan maxsus sharoitlar yaratilsa.
Isbotlash mantiqi. Shaxs dunyoqrashining etakchi struktura elementi bo’lib, ishontirishning o’zagi bo’lgan bilmilar hisoblanadi. Bilimlar ishontirishga oson ko’chadi. Agar ular argumentli isbot qilinadigan bo’lsa. Shunda ularni to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi. Isbot orqali bilim egallayotgan o’quvchida unga to’g’ri kelmaydign hamma ishontirishni qattiqqo’llik, argumentli isbotlash yo’li bilan qaytara olish qobiliyati rivojlanadi.
Isbotlash usuli. – tezis, argument va demokstraniyalardan tuzilgan. Tezis—bu isbot qilish kerak bo’lgan fikr. Argument - bu tezisni isbotlashga yordam beradi. Demonstrasiya davomida turini isbotlaydigan teokritik chiqishlar, hayotiy va eksperimental faktlariga tayanib qilinadigan fikr yuritishlar.
Isbotlash uchun to’g’riligiga o’quvchilar ishonadigan argumentlardan foylalaniladi.
Ishontirish - pedagogik ta'sir qilish usuli. Pedagogik ta'sir qilish usuli bo’lgan ishontirish bilan birga pedagogik jarayonda ta'sir etish ham o’ziga xos o’rniga ega. Ta'sir etish - odamlarning ish va muomala jarayonida bog’liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning asosiy o’ziga xosligi shundaki, u odamning psixikasiga va xarakteriga o’zi bilmagan holda ta'sir qiladi, shaxsning psixika strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida ko’rinadi. Bu paytda bajarayotgan insonning faol roli pasayadi. Pedagogik ta'sirning foydalanish sharoitlari bo’lib: ta'sir qilinayotganning yoshi, ta'sir qilayotgan va qilinayotganning bir-biriga munosabati va boshqalar xizmat qiladi.
Pedagogik ta'sirning shakllari va effektiv sharoitlari. Pedagogik praktikasida ko’p uchraydigan ta'sir formalariga to’xtaymiz. Maktab uchun eng qo’llash yaxshi bo’lgan ta'sir bu oldindan ko’zlangan ta'sir etishdir. U buyruq, komandalar orqali ko’riladi.
O’z-o’zini ishontirish. Shaxsning o’sishda o’ziga-o’zi ta'sir etish asosiy o’rin egallaydi. Odatda o’z-o’ziga ta'sir so’zini o’quvchi o’zining kamchiliklarini tushunib, ularni yo’qotishi deb bilishadi. «Samovnushenie» qiyinchiliklarni engishdagi qo’rquvni o’zining kuchiga ishonmasligini va ichki qarama-qarshiliklarni engishda juda foydalidir.
Tekshirish va o'z-o’zini nazorat qilish uchun savollar.
1. Pedagogik qobiliyatga tasnif boring?
2. Shaxsning o'zaro fikr almashinuv xususiyatlari qanday?
3. Pedagogik nazokatni psixologik asoslari qanday?
4. Pedagogning o’quvchi tarbiyasiga ta'sir etishning qanday imkoniyatlari bor?
5. Har bir pedagog o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish va ularga ta'sir etish yo’llarini biladilarmi?
6. Haqiqiy va noto’g’ri ishonch qanday namoyon bo’ladi?
7. Ishontirishning qanday usullari bor?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
3. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
4. Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
5. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
5-MAVZU. O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MULOQOT QONUNIYATLARINI PUXTA BILISHI, KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA KOMMUNIKATIV MADANIYATGA EGA BO’LISHI
Reja:
1.Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o’qituvchining o’z fikr va mulohazalarini, emotsional his-tuyg’ularini aniq ifoda eta olish mahorati.
2. O’qituvchining kommunikativ vazifalami bajarish jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo’ladigan qayg’urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qaratilgan o’qituvchi tashvishlarining yig’indisi.
3.O’qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik natijalarga erishishi uchun, ko’p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan pedagogik muloqotning asosiy yo’nalishlari.
4.Darsda o’quvchilar bilan muloqotni tashkil qilishda o’qituvchining tashabbuskorligini namoyon qiluvchi muhim vaziyatlar.
5.O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari
6. Pedagogik takt. Takt va taktika. Pedagogik taktni egallash shartlari.
Tayanch tushunchalar
Muomala, pedagogik muloqot, sharqona tarbiya, muosharat odobi, muloqot madaniyati, pedagogik takt, takt - bu to’qnashish- odamlarning o’zaro munosabatini tartibga keltiruvchi axloqiy kategoriyalar.
Muomala - axborot jarayonidir. Pedagog bevosita shaxslarga muomalada, o'z tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g’oyat xilma-xil axborotga ega bo'ladi va xokazo. Pedagog ham o'z navbatida muomala jarayonida o'z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma'lum qiladi.
Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o'quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Muomala shaxsni g’oyat xilma-xil sharoit va ko'rinishlarda o'rgatishga imkon beradi. Pedagog o'quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarni ham anglab olishga qodir bo'ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo'lmasada, shaxsda sodir bo'layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo'lgan zarur ichki jarayonlar ko'rinishlarining alomatlari bo'lishi ham mumkin, bunda pedagog shaxsi katta rol o'ynaydi. Ayni bir xil hodisaning turli kishilar tomonidan talqini, uning o'tmishdagi tajribasiga bog’liqligi bilan izohlanadi. Bu tajribaning uch jihati bor: umumiy hayotiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi va muayyan jamoa bilan, o'quvchilar bilan muomalada bo'lish tajribasi.
Nihoyat, pedagogniig o'quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o'quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma'no va xaqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o'zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o'quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi, o'rnini to'ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala o'zaro munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Boshqarish vositasi bo'lgan muomala o'quvchilarning faoliyatiga hamrohlik qiladi nihoyat, boshqarish vositasi bo'lgan muomala faoliyatidan keyin boradi.
Muomala - axloq ko'rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma'lum bo'ladi. Muomala - insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til - aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo'lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro'-e'tibor topadi. So'zga chechanlik, hech qachon kishiga obro' keltirmaydi. Shuning uchun ham o'tmishda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tilga, so'zga hurmat bilan yondashishlarini uqtirib o'tganlar. Ulug’ bobomiz Alisher Navoiy muomala madadiyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to'g’risida, shirinso'zlik haqida purhikmat fikrlar bayon qilganki, bugungi kunimiz uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. «Til shirinligi ko'ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa - foydali. Shirin so'z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy. Pedagog bolalarga bilim berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi.
Bolalar nutqini o'stirishda pedagog so'zi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, uning nutqi bolani o'qitish va tafakkurini rivojlashirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki pedagogning nutqi obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo'lmog’i, bola diqqatini o’ziga tortmog’i lozim. Zotan nutq pedagogning o'z mutaxassisligiga qay darajada loyiq ekanligini ifodalaydigai o'lchov, ko'rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun nutq ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir pedagogning eng asosiy ijtimoiy burchi va mas'uliyati hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya ichida nutqning ta'sir kuchi nihoyatda kattadir. O’qituvchining nutqi o'quvchilarning o'zlarini tuta bilishlariga, xulk-atvori va fikr yuritishlariga ham ta'sir etuvchi kuchli vositadir. O'qituvchining nutqida uning hissi, intilishlari, iroda va etiqodi aks etadi. U nutq yordami bilan o'quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, sadoqat, g’azablanish, nafratlanish hislarini tug’diradi. Xalq bilan birga turish, birga yashash muosharat deb ataladi.
Odamlarning bir-birlari bilan bo'lgan munosabatlarining go’zalligi, muloyimligiga «Muosharat odobi» deyiladi. Insonning eng ulug’, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya'ni jamiyatda o'z o'rnini topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko'pchilikka qo'shilish, ular bilan ahil bo'lib yashash uchun iisonda shunga yarasha muomala va munosabat bo'lishi kerak. Muomala va munosabati ko'pchilikning didiga to'g’ri kelmaydigan, qo'pol va dilozor odamni ko'pchilik yoqtirmaydi. Insonlar xushfe'l, shirinsuxan, mard, muomalasi shirin kishilarni dildan yoqtirishadi va hurmat-e'tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o'rin topish, inoq, ittifoq bo’lib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o'zining yutug’i bilan, boy-badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo'ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo'lmog’i zarur.
So'z iison qalbini ilitadi, so'z inson qalbini jarohatlaydi. «Tig’ yarasi ketar, so'z yarati ketmas» degan xalq maqoli bekorga aytilgan emas. Chunki so'zlash qudrati benihoya katta. Inson o'z so'ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo'lmog’i lozim.
Ayrim yoshlarimizda so'zga, tilga etibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga muomala madaniyatini, kattalar oldida mahmadonalik qilmaslikni, kattalar gapini bo'lmaslikni, yoshi ulug’larga gap qaytarmaslikni o'rgatishimiz zarur.
Muomala madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda… shuning uchun ham biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak. Insonning qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi muomala orqali namoyon bo'ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga so'z yordamida etkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so'zlashuv munosabatlari nihoyatda go'zal va muloyim bo'lishini hayot taqozo etadi. So'zga boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo'ladi. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. So'zlashuv xam o'ziga xos san'atdir. Bu san'atni mukammal o'rganish har bir iisonga zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o'rganmoq har bir insonning muqaddas burchidir. Tilni bilgach uni ishlata bilish san'atini egallamoq inson uchun zarurdir.
Shirinsuhanlik va go'zal nutq hech qachon, hech qaerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo'li bor, bu ham bo'lsa tinimsiz shirin so'zlashishni mashq qilmoqlikdir. Buni esa asosan ko'p kitob o'qish yo'li bilan amalga oshiriladi. Muomala insonning kimligini ko'rsatuvchi yuzidir.
O’qitish jarayonida o’quvchilar va o’qituvchi o’rtasida 2 xil emosional muloqot turlari sodir bo’ladi:
a) salbiy his-tuyg’ulara asoslangan muloqot;
b) ijobiy his-tuyg’ularga asoslangan muloqot.
Pedagogik takt o’qituvchiga bolalar bilan ijobiy emosional muloqotda bo’lishga yordam beradi. Psixologik talablariga rioya qilgan o’qituvchi o’zida muloqotning demokratik usulini ishlab chiqadi va haqiqiy muloqot madaniyatini egallaydi, madaniy aloqaga erishadi. Pedagogik takt o’qituvchiga bolalar bilan muloqot jarayonida har qanday nizolardan xoli bo’lishga va o’zaro munosabatlarni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi.
Takt so’zi «to’qnashish» ma'nosini bildiradi. Takt - bu odamlarning o’zaro munosabatini tartibga keltiruvchi axloqiy kategoriyadir. Xushmuomala nutq insonni hurmat qilishni talab qiladi. Pedagogik takt o’qituvchining prfessional sifati, uning pedagogik mahoratining bir qismidir. Pedagogik takt o’quvchilarga nisbatan to’g’ri munosabatni tanlash yo’llaridan biridir. O’qituvchining usuli va metodlaridan optimal tadbiq qilinishi kerak. Haddan tashqari talabchanlik itoatsizlikka, muruvvatlilik qo’pollikka olib kelishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarni hurmat qilib, o’zining bolalarga nisbatan bo’lgan hurmatini ko’rsata olishi kerak. Hurmatning paydo bo’lishi bilan bolalarda o’z qadr-qimmatini his qilish shakllanadi. Bolalarning yoshi o’sishi bilan o’qituvchining ularga nisbatan bo’lgan diqqat-e'tibori, g’amxo’rligi, muruvvatlilik hislari o’zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarga nisbatan, o’qituvchi ularni bag’riga bosishi, boshini silashi, erkalashi mumkin. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan o’qituvchi bu holatni faqat ayrim hollarda qo’llashi mumkin. O’spirinlarga nisbatan esa vazminlik va munosabatning soddaligi muhimdir.
Pedagogik takt o’qituvchining vazmin xulqida namoyon bo’ladi ya'ni chidamlilik, o’zini tuta olishda. U o’quvchiga nisbatan ishonchni belgilaydi. O’qituvchining o’quvchilarga nisbatan bo’lgan ishonchi ularni ishlashga rag’batlantirish kerak. O’qituvchining madaniy aloqasi, takti, uning o’quvchilar bilan bo’lgan o’zro munosabatining turli formalarida - darsda, darsdan tashqari ishlarda, dam olishda namoyon bo’ladi.
O’qituvchining takti darsning hamma etaplarida kerakdir. Ayniqsa, o’qituvchi o’quvchilarning xulqini va bilimini baholayotganida unga katta ahamiyat berishi kerak. Takt o’qituvchining javobini eshita olishda ifodalanadi. Hamma o’quvchilar ularning javoblarini qunt va hurmat bilan eshita oladigan o’qituvchiga javob berishni yaxshi ko’radilar. Ularning javoblarini jilmayish, imo-ishora bilan ma'qullash juda muhimdir. O’quvchilarning javoblarini baholash momenti ham juda katta ahamiyatga ega.
O’qituvchi o’quvchilar oldida aktyor singari o’z rolini ijro eta olishi kerak ya'ni, turli xil vaziyatlardan chiqa olishi kerak. Darsdan tashqari vaqtda esa - erkin, dilkash, samimiy bo’lishi kerak.
Muloqot jarayonidagi taktikani to’g’ri tanlay olish rolli vazyaitlarni qo’llay bilishga bog’liqdir. Rolli vaziyatlarning 4 turi mavjud:
1. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida o’qituvchi o’zining mustaqilligini, mas'uliyatni his eta olishni ko’rsatadi.
2. «Quyidan yondashish» vaziyatida o’ziga, o’z kuchiga ishonmagan o’qituvchi shaxsi namoyon bo’ladi.
3. «Yondan yondashish» vaziyatida esa xushmuomala, o’zini tuta oladigan, vaziyatni tushuna oladigan, atrofdagilarning qiziqishini tushuna oladigan va javobgarlikni o’quvchilar bilan birgalikda teng his qiladigan o’qituvchi shaxsi namoyon bo’ladi.
«Quyidan yondashish» vaziyati o’qituvchilarda mustaqillik tuyg’usining namoyon bo’lishiga mo’ljallangan. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida tarbiyalanuvchi o’zini har doim boladay his qiladi. Maslan: bu vaziyatdan bolalar bog’chasida foydalanamiz.
Demak, o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlashi, pedagogik taktning talablariga rioya qilishi va muloqot taktikasini egallangan bo’lishi kerak.
Pedagogik takt mahorat bilan birgalikda hosil bo’ladi. U - o’qituvchining ma'naviy etukligining, uning o’z ustida ishlab, orttirgan maxsus bilimlar va mahoratining natijasidir. Eng muhimi o’qituvchi bolalarning yosh psixologiyasini va individual xislatlarini bilishi kerak. Shu bilan birga o’qituvchining axloq asoslari va normalarini, bolalarning xatti-harakatlarida ma'naviy tomonni ko’ra bilishi ham juda muhimdir. O’qituvchi ziddiyatli vaziyatdan chiqishi uchun quyidagi qoidalarni hisobga olishi kerak:
avvalambor, o’qituvchi ziddiyatni bartaraf etishi kerak;
o’z xatti-harakati bilan sherigiga ta'sir qila olishi kerak (o’quvchiga, hamkasbiga);
suhbatdoshining xatti-harakati, yuz bergan vaziyatni tushunmasdan turib xulosa chiqarishga shoshilmasligi kerak;
o’quvchi bilan bog’liqlikni iloji boricha avvalroq anglab olish muhimdir;
xulosa to’g’ri chiqarilganligiga hammani ishontira olishi kerak.
Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Pedagogik muomala nima?
2. Muomala madaniyati nima?
3. O'qituvchining bu jarayondagi funksiyalari.
4. Milliy madaniyatning muloqotga ta'siri nimada?
5. Pedagogik taktga qanday talablar qo’yilgan?
6. Pedagogik takt o’qituvchining qaysi xislalarida namoyon bo’ladi?
7. Pedagog ziddiyatli vaziyatdan qanday chiqib keta oladi?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
3.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
4.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
5.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
6-MAVZU. O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MULOQOT MADAAIYATI VA PSIXOLOGIYASI. MULOQOTNI TASHKIL ETISHDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING USTUVORLIGI.
Reja:
1.Pedagogik faoliyatida o’qituvchi muloqot madaniyati va psixologiyasi.
2.Muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligi.
3.Muloqot madaniyati va psixologiyasi.
4. Muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligi, ulaming xilma-xilligi. Muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri ekanligi va uning falsafiy, ilmiy talqini. 5.Pedagogikada muloqot o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining o’zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatishi, uning mohiyati, o’zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o’tkazishida, o’zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo’ladiga xususiyatlari
Tayanch tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: |