32-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati.
33-mavzu. Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari.
Jismoniy tarbiyaning tarixiy xususiyatlari: jismoniy tarbiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablari: jismoniy madaniyat tizimi ma’lum ijtimoiy tashkilot sifatida. Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti uchun davlat direkktiv hujjatlarining ahamiyati; jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari (sog‘lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy masalalari). Jismoniy
madaniyat tizimining qonun-qoidalari: sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi; shaxsning har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi. Jismoniy tarbiyadagi yo‘nalishlari: sport mashg‘ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlikning etakchi vazifalari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
34-mavzu. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi.
Jismoniy mashqlar. jismoniy mashqlarning vujudga kelishi, Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi. Jismoniy mashqlarning tarixiy klassifikatsiyasi. Harakatli o‘yinlar. Sport o‘yinlari. Gimnastika va uning turlari. Turizm jismoniy tarbiya vositasi sifatida.
35-mavzu. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida. Jismoniy tarbiyaning belgilovchi omillari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
36-mavzu. Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari. Qonun-qoidalarini turkumlarga ajratish: harakatlarga o‘rgatish
jarayonining xususiyatlari, qonun-qoidalarining o‘zaro bog‘liqligi. “Onglilik va faollik” prinsipi, “Ko‘rgazmalilik” prinsipi, “Muntazamlilik” prinsipi, “Tushunarli va individuallashtirish” prinsipi, “Talablarni asta sekin va tobora oshirib borish” prinsiplariga tavsif hamda ularni o‘quvchi-yoshlar va bolalarni o‘qitishda amalga oshirishning o‘ziga xosliklari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Dostları ilə paylaş: |