O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: Filologiya Magistratura talabasi:
Kafedra: Adabiyotshunoslik Berdiyeva Zulayxo Ochilovna
O‘quv yili: 2020-2022 Ilmiy rahbar:
f.f.d.prof.B.Y.Yuldoshev
Mutaxasisligi: 5A101201
“Boshlang‘ich ta’lim jarayonida iqtidorlilikni tashhislash va rivojlantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tadqiqotning dolzarbligi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining” 4.5. bandida iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar mavzusidagi yo‘nalish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bunda: Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida ana shunday umumiy ta’lim maktablarida kichik maktab yoshidan boshlaboq o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun xizmat qiladigan iqtidorlilikka oid layoqatni aniqlash yo‘llari tadqiq etiladi. Shuningdek, iqtidorlilikni aniqlash asosida ta’lim sifatini oshirishga doir metodikalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqot ishining maqsadi – boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilardagi iqtidorni aniqlash va uni rivojlantirish va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishimiz zarur:
-mazkur mavzu yuzasidan muhim adabiyotlarni tahlil qilish;
- o‘quvchilardagi layoqatni aniqlashga doir metodikalarini hamda ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rganish;
- iqtidorli o‘quvchilar bilan mustaqil ishlash asosida ularni ma’lum bir sohaga yo‘naltirish metodikasini ishab chiqish;
- tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodikani tajriba-sinov davomida samaradorligini aniqlash.
- ilmiy-amaliy izlanishlar natijasida tegishli tavsilar ishlab chiqish.
Ilmiy rahbar: dots. SH.O‘.Nurullayeva
Dostları ilə paylaş: |