Qarshi davlat universiteti


O’zbekistonning XX asr tasviriy san’ati haqida



Yüklə 452,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix08.06.2022
ölçüsü452,5 Kb.
#60963
1   2   3   4   5   6   7   8
1. O’zbekistonning XX asr tasviriy san’ati haqida.
Hozirgi О‘zbekiston hududida XV asrdan to XX asr boshlariga qadar qator xonliklar mavjud
bо‘lib, ulardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvol bir-birlaridan deyarli farq qilmasdi. Tasviriy
san’atning taraqqiyotiga islom dinining nisbatan cheklovchi ta’siri ham sezilib turardi. Shunga
qaramasdan, ayrim ma’rifatparvar, ilg’or adabiyot va san’at namoyandalari о‘ta ehtiyotkorlik
bilan bо‘lsada, о‘zlarining ijodiy ishlari bilan shug’ullanib kelganlar. Xususan shoir, faylasuf,
xattot, astronomlardan Axmad Donish, Ahmad Mahsum, Abdulxoliq Maxdum kabilar shular
jumlasidandir. Ular asosan Sharq miniatyura rangtasviri yо‘nalishida ijod kilib, tasviriy san’atda
о‘z о‘rni va yо‘nalishlarini topishga harakat qildilar. XX asr boshlarida O'zbekiston tasviriy
san'ati, ayniqsa, rangtasvir san'atining shakllanishida Yevropaning ilg'or tasviriy san'ati
an'analari, rus va boshqa xalqlar rassomlarining ta'siri katta edi. Yevropa davlatlarida ancha
ilg'orlab ketgan uch o'lchamlilik qonuniyatlari asosida rivojlangan tasviriy san'at aynan o'sha
davrlarda bizning o'lkamizda deyarli mavjud emas edi. Ajdodlarimizning san'atga ixlosmand
vakillari ko'proq xalq amaliy bezak san'ati bilan mashg'ul bo'lganlar.
XX asrning 20—30-yillariga kelib O'zbekiston tasviriy san'ati o'ziga xos shakl-shamoyiliga
ega bo'la boshladi. Bunda A. Volkov, P. Kuznetsov, M. Kurzin, S. Finkelshteyn, N. Karaxan, V.
Ufimsev, Usta Mo'min (A. Nikolayev), N. Kashina, O. Tatevosyan, P. Benkov, S. Kovalevskaya,
I. Ikromov, O'. Tansiqboyev, Ch. Ahmarov, L. Abdullayev kabi mo'yqalam ustalarining ijodiy
namunalari e'tiborga molik bo'ldi.
Toshkentda 1919-yilda o'lka badiiy maktabi — Turkiston xalq maktabi tashkil qilindi. Unda S.
Yudin, I. Kazakov, A. Isupov, I. Golovin, A. Volkov va boshqa rassomlar o'qituvchilik qildilar.
1921-yilda maktab tarqatildi; 1921—1923-yilIarda Toshkentda badiiy texnikum ishlab turdi.


5
1918—20 yillаrdа Tоshkеnt, Sаmаrqаnd shаhаrlаridа bаdiiy mаktаblаr оchildi. Ulаrgа
ko’plаb mаhаlliy yoshlаr jаlb etiddi. Rеvоlyusiyadаn kеyingi dаstlаbki yillаrdа rus vа bоshqа
millаt rаssоmlаri аktivlik ko’rsаtdilаr. Ulаr yosh milliy kаdrlаrni tаrbiyalаsh, хаlq оrаsidа
sаn’аtni tаrg’ib etishdа fаоllik ko’rsаtdilаr. SHu bilаn birgа o’zbеk хаlq sаn’аtini o’rgаnish оrqаli
hаqiqiy milliy sаn’аt nаmunаsini yarаtishgа, o’z аsаrlаridа dаvrning muhim vоqеаlаrini аks
ettirishgа hаrаkаt qildilаr. SHundаy rаssоmlаrdаn biri О.K.Tаtеvоsyan bo’ldi. Mаshhur rus
rаssоmi V.Kоrоvinning shоgirdi bo’lgаn bu rаssоm 1915 yili birinchi bоr O’zbеkistоngа kеldi.
Uning sеrjilо tаbiаti, bоy mе’mоrlik yodgоrliklаri yosh rаssоmni o’zigа mахliyo etdi.
O’zbеkistоndа o’z ijоdiy izlаnishlаri uchun kаttа imkоniyatlаr bоrligini his qilgаn rаssоm
o’qishni bitirgаch, butunlаy O’zbеkistоngа ko’chib kеldi vа o’zining sеrmаhsul ijоdini bоshlаdi,
yosh rаssоmlаrgа murаbbiylik qildi. Uning inqоlаbgаchа bo’lgаn dаvrdаgi ijоdi аsоsаn
Sаmаrqаndgа bаg’ishlаngаn. Gаvjum ko’chаlаr, nоz-nе’mаtgа to’lib tоshgаn bоzоr ko’rinishlаri,
chоyхоnаlаr rаssоmning ko’pginа аsаrlаrining mаzmunini tаshkil etdi.
XX asrning birinchi choragida tasviriy san’atning dastgohli rangtasvir, grafika turlarining rivoji
bevosita toshkentlik, samarqandlik va buxorolik rus millatiga mansub rassomlar ijodi bilan
bog‘langan. Ular Rossiyadan Toshkentga kо‘chib kelgan I.Kazakov, V.Razvodovskiy,
P.Nikifirov, shuningdek, samarqandlik L.Bure, farg‘onalik AVolkovlar edilar. Bu rassomlarning
harakati bilan 1915 yshgda Toshkent о‘lkashunoslik muzeyida "Nafis san’at va hunarmand-
chshgik san’ati jamiyati" ippirokida badiiy kо‘rgazma tashkil etildi. Unda I.Kazakov, S.Yudin,
L.Bure, R.Zommer, V.Razvodovskiylar о‘zlarining ijodiy ishlari bilan katnashdilar.
1917 yiddagi Rossiyadaga davlat tо‘ntarishining О‘zbekistonga ta’siri sezitarli bо‘dsi. Bu
davrda badiiy ta’limga e’tibor kuchaydi. Natijada 1918—1919 yillarda Toshkent, Samarkand,
Andijon shahar-larida bir qator badiiy maktab, badiiy studiyalar ochila boshladi. Mazkur
maktablarda mahalliy yoshlardan A.Siddiqiy va ARо‘ziboyevlar ta’lim oldilar. 1921 yilda esa
Samarqandda rassomlar tayyorlovchi maxsus badiiy bilim yurti tashkil etildi.
1918 yilda Toshkentda chor Rossiyasining Toshkent general gubernatori tomonidan musodara
kdlingan san’at asarlaridan iborat tasviriy san’at muzeyi tashkil etildi.
Rossiyadagi oktyabr davlat tо‘ntarishidan sо‘ng yurtimizda dastgoh rangtasvirga qaraganda
grafika tezroq rivoj toddi. Bu yо‘nalishda 1923—1924 yillarda L.Bure, APatrashin, M.Solodov,
V.Rojdestvenskiy, M.Kurzin, Usto Mо‘min (ANikolayev), S.Maltkabi rassomlar samarali ijod
qilddlar. Keyinchalik ularning qatoriga A Volkov, V.Yeremyanlar ham qо‘shildi.
XX asr uzbek rassomchiligidagi mashhur asarlardan yana biri P.P.Benkovning 1931 yilda
yaratilgan "Xivalik qiz" nomli suratidir .
1934 yilga kelib, birinchi bor Moskvada о‘zbekistonlik rassom-larning ijodiy ishlari
kо‘rgazmasi tashkil etildi. Unda yosh rassomtardan О‘.Tansiqboyev, NKaraxan, AVolkov, Usto


6
Mо‘min, P.Benkov, CH.Ahmarov, B.Hamdamiy, L.Abdullayev, ASiddi-qiylarning asarlari
namoyish etildi. Shu yili О‘.Tansiqboyev, A.Volkov, P.Benkov, NKaraxan, PShcheglov-larning
asarlari Filadelfiyada bо‘lib о‘tgan xalqaro kо‘rgazmaga yuborildi. P.Benkovning "Xivalik qiz"
nomli asari Moskvadagi Tretyakov galereyasi tomonidan, LAbdullayevning "Multa Tо‘ychi
Toshmuhamedov portryoti" asari Toshkent san’at muzeyi tomonidan sotib olindi .
1938 yilda О‘zbekistoi rassomlarining birinchi qurul toyi о‘tkazilib, unda О‘zbekistoi rassomlar
uyushmasi tashkil etilganligi e’lon qilipdi. О‘zbekistonda


7

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin