O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida Asosiy bino, Geografiya va agronomiya fakulteti 133-xona
Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:
Haftaning Seshanba, Juma kunlari soat 8.30 dan 11.20 gacha
Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti
Ma’ruza 60 s
Amaliy mashg’ulot 60 s
Mustaqil ta’lim 150 s
Umumiy soat: 270 s
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad talabalar aholi xonodonidagi kichik yer maydonlaridan unumli foydalanish va yuqori daromad olishga erishishda zarur bo‘lgan sabzavot ekinlarini tanlash, urug‘ va ko’chatlari ekish muddatlari va usullari hamda yetishtirish texnologiyasini o‘rgatish, ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir.
Fanining vazifalari talabalarga tomarqa xo‘jaliklarining joylashgan geografik
o‘rniga bog‘iq holda ekin turlari, nav va duragaylarini tanlashda, sabzavot ekinlarini yetishtirishda sohaning yangiliklari va rivojlantirish istiqbollari hamda
yutuqlardan keng foydalanish bilimlariga ega bo‘lish; tomorqa xo‘jaligida sabzavot ekinlarini parvarishlash, o‘g‘itlash, sug‘orish va qator oralariga ishlov berish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fanning tarkibiga quydagi mavzular kiradi 1-mavzu. Kirish.Tomorqa sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Tomorqa sabzavotchilik fanining maqsadi va vazifalari. Sabzavotlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati va sabzavotchilikning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni, hozirgi holati. Tomorqa xo‘jaliklarida sabzavotchilikni rivojlantirish borasida olib
borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar. Sabzavotlarning yangi
turlarini ko‘paytirish va yetishtirilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish choralari.
2-mavzu.Sabzavot ekinlarining oziq-ovqat sifatidagi ahamiyati Respublikamizda keng tarqalgan sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi va oziq- ovqat sifatida ishlatilishi. Sabzavotlar tarkibidagi turli-xildagi moddalarni insonorganizmidagi o‘rni va shifobaxshlik xususiyatlari. Sabzavotlardagi vitaminlar, uglevodlar, karbon suvlar, oqsil, qand va boshqa moddalam ing xususiyatlari.
3-mavzu. Sabzavot ekinlarining tashqi muhit omillariga munosabati Sabzavot ekinlarini tashqi muxit omillariga munosabati. Asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari, o‘sish va rivojlanish bosqichlari. Sabzavot ekinlarining o‘suv
davri bo‘yicha guruhlanishi (Bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik).
4-mavzu. Tomorqa xo‘jaliklarining geografik joylashuviga bog‘liq holda ekin turini tanlash. Sovuqqa bardoshli, issiqsevar, mutadil iqlim sabzavotlarning turlari, haroratga, namlikka, yorug‘likka munosabatlari, sug‘oriladigan maydonlarda, lalmi va tog‘oldi hududlarda sabzavotlarni yetishtirish texnologiyasi va ushbu hududlar
uchun o‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga
kiritilgan nav va duragaylar hamda ularning qimmatli xo‘jalik belgilari.