Psixologik bilimlarni qо‘llashni talab etuvchi savollar – masalalar. Agarda talabalar psixik faoliyat va uning namoyon bо‘lishining alohida faktlari, umumiy qonuniyatlarini izlab, topa olishni о‘rganib olmasalar, ularning xotiralarida uzoq muddat saqlab qola olmaydilar, shuningdek psixologik bilimlar rasmiyligicha qoladi. Masalalarni tuzishda psixologiya о‘qituvchisi ularning pedagogik faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan savollardan foydalanishi kerak. Bu savollarni talabalar oldiga yangiliklarni tushuntirishda qо‘yish mumkin. Ular talabalarning mustaqil ishlari uchun berish mumkin. Ular jamoa bо‘lib muhokama qilib javoblar olgani yaxshi natija beradi. U holda ham bu holda savollarga javoblarni muhokama qilish va tо‘g‘ri xulosani izlash albatta, bajarilishi kerak. Masalan, moslashish kabi sezgi qonuniyatini tushuntirib, talabalar oldiga shunday savol qо‘yish mumkin: «Nima uchun og‘riqqa moslashish bо‘lmaydi?». Bu savolga javob berish uchun og‘riq hislarini signal sifatidagi ahamiyatini aniqlab olish kerak. Bu savolga javob talabalarga organizmning muhitga moslashishi jarayonida sezgilarning biologik ahamiyatini tushuntirishga yordam beradi.
Psixologik bilimlarning kengayishi va chuqurlashishiga psixologiya bо‘yicha auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar yordam beradi. Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar davomida talabalar kitob bilan jiddiy ishlash mahorati va kо‘nikmalarini egallaydilar, oddiy kuzatishlar va murakkab bо‘lmagan tajribalar о‘tkazishga о‘rganadilar. Auditoriyadan tashqari ishlar, jamiyat tomonidan qо‘yiladigan savollarga mustaqil javoblar izlash talabini kuchaytiradi.
Savol va javob kechalari. Ana shunday kechalar auditoriyadan tashqari ishlarni boshlashda foydali, chunki talabalar savollariga javob berib, psixologiya о‘qituvchisi shu bilan psixologiya sohasida chuqur ishlash kerakligini kо‘rsatadi va shu maqsadda tо‘garak tashkil etishni taklif etadi. Talabalarni yozma holda bergan savollarini oldindan guruhlariga ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Bu savollarning ba’zilariga о‘qituvchining topshirig‘i va yordami bilan talabalar о‘zlarini tayyorlashlari mumkin.