Deviant xulq – atvor – ijtimoiy deviantlikni keltirib chiqaruvchi xulq – atvor
Dadillik – kishining xayot va omonligi uchun omon bо‘lgan kishilarni yengishda kо‘rinadigan iroda kuchidir.
Dо‘stlik – о‘zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson о‘rtasida yuzaga keluvchi emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar о‘rtasida amal qiladigan kо‘plab munosabatlar majmuasidir.
Individ –odamzodning vakili, о‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.
Innovatsiya – ijtimoiy amaliyotda sezilarli о‘zgarishlar tug‘diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok – subyekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan ba’zi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson о‘z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning о‘z tanasining sog‘ligi yoki nosog‘lomligi tо‘g‘risidagi ichki a’zolardan kelayotgan signal natijasida shakllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Kо‘pincha esa idrok deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni in’ikos ettirish tushuniladi. Obyekt bо‘lsa tashqi muhitda tayyor holda bо‘ladi-yu, u insonga ta’sir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik tо‘g‘ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi obyektlarni ajratib oladi va bu bilan gо‘yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning о‘ziga bog‘liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg‘unlashmaganlik (dissonans) va uyg‘unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg‘u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular gо‘yoki yо‘qdek «zо‘r berib eshitmaslik va kо‘rmaslik» payida bо‘ladi.
Iroda – insonning о‘z psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bо‘ladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda о‘z oldiga qо‘ygan maqsadiga erishishi yо‘lida rо‘y beradigan tо‘siqlarni yengib о‘tish davomida namoyon bо‘ladi. Uni о‘z-о‘zini zо‘rlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham о‘z-о‘zini majburlash bilan bog‘liq emas. Bu baribir о‘z maqsadiga erishishishi yо‘lida ishonch, kelishish, ayyorlik, о‘rgatish, о‘z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reaksiyalar, zaifliklardan) bо‘lishi mumkin.