Qarshi davlat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə42/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179796
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Qarshi davlat

Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bо‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bо‘lib qolgan yoki о‘zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin sо‘nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika – odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini о‘rganish.
Faoliyat – insonning voqeilikni, о‘zini о‘zi ijodiy о‘zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yо‘naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bо‘ladigan barqaror individual xususiyatlari yig‘indisi bо‘lib, unga xos bо‘lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bо‘lgan, standart vaziyatlarda qо‘llaniladigan, hayotiy vazifalarni qо‘yish va yechish usullari о‘z ifodasini topadi.
His-tuyg‘u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak о‘zaro madaniy bog‘langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik hodisalarning alohida toifasi bо‘lib, subyekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning о‘z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Xayol – insonning subyekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan obyektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jо‘rttaga paydo bо‘lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mо‘ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bо‘lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin