Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Tarbiyaning davomiyligi tamoyili



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə28/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tarbiyaning davomiyligi tamoyili.




Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo davomiy va tugallanmaydigan jihatlar mavjud bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda bo’la turib, ular doimo innovatik xususiyatini saqlab qolishadi ( Masalan, L. Tolstoy hayoti davomida unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi). Tarbiyaning davomiyligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir Yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi ijtimoiy pedagogikada ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy xuquqlariga, konkret tabiiy, iktisodiy, ijtimoiy – tarixiy, milliy ma’naviy – madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to‘la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam-Shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam Shaxs sifatida ijtimoiy mavqega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir-biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko‘ra, mazmuniga ko‘ra va ish metodiga ko‘ra yuz beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Bu xavf-hatarini bartaraf etish uchun ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy istiqlol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish, differensiatsiyalashgan psixologik-pedagogik dasturni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘kitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda qo‘shish, ya’ni ma’naviy – mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishda xaqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika Universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan - bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik-psixologik, Sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo‘l qo‘yiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog - faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan Shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutahassis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin