Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti


FALSAFIY ATAMALAR (GLOSSARIY)



Yüklə 286,3 Kb.
səhifə45/52
tarix27.04.2023
ölçüsü286,3 Kb.
#103221
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Ijtimoiy fanlar

FALSAFIY ATAMALAR (GLOSSARIY)
Agnostisizm – inson ob'ektiv borliqni to'liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta'limot.
Antissiensizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Antropogen – inson faoliyati bilan bog'liq.
Antroposentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo'yuvchi falsafiy yondashuv.
Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko'rilgunga qadar, tajribadan qat'iy nazar paydo bo'lgan obraz, g'oya, tushuncha.
Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Atribut – xossa.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya'ni hali amalda mavjud bo'lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ko'rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo'lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim.
Belgi boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o'zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o'zga individuallikni tushunish san'ati.
Gipotetikehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Gnoseologiya – bilish nazariyasi.
Deduksiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo'lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo'l bilan keltirib chiqariladi.
Dezintegrasiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
DeizmXudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.

Yüklə 286,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin