Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Reaksiya tezligiga temperaturaning ta'sirí



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə10/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
kimyo labaratoriya

3. Reaksiya tezligiga temperaturaning ta'sirí. Temperatura ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Reaksiya tezligiga temperaturaning ta’sirini o'rganish natijasida Vant-Goff quyidagi qonunni kashf etdi: temperatura har 10 oC ga oshganda reaksiyaning tezligi 2—4 marta ortib boradi. Demak, temperatura 10 oC ga ko‘tarilganda reaksiyaning tezligi kamida 1000 marta oshadi. Temperatura o'zgarganda, reaksiya tezligini quyidagi tenglama yordamida hisoblash mumkin:
t2- t1
Vt2 = Vt1 . γ 
10
bunda, Vt2 - reaksiyaning t2o temperaturadagi tezligi,
Vt1 - reaksiyaning t1o temperaturadagi tezligi,
y — temperatura 10° ko‘tarilganda reaksiyaning tezligi necha marta ortganligini ko‘rsatuvchi son (ya’ni, reaksiya tezligining temperatura koeffitsiyenti).
Masalan: Agar reaksiyaning xarorat koeffitsiyenti 4 ga teng bo’lsa, xarorat 10o dan 50o C ga ko’tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi?


50-10
V50 = V10  4  = 256 marta
10
Temperatura ko‘tarilganda molekulalaming o'zaro to‘qnashuvlari soni ham ortadi. Masalan, temperatura 100° ga ortganda molekulalarning o‘zaro to'qnashuvlari soni atigi 1,2 marta, reaksiyaning tezligi esa, eng kamida, 1000 marta ortadi. Bundan ma’lumki, qizdirish bilan reaksiyaning tezligi ortishini faqat molekulalar orasidagi to'qnashuvlar sonining ortishi bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Temperatura ortganda passiv (kam encrgiyali) molekulalar energiya olib aktivlashadi va sistemada aktiv molekulalaming soni ortadi. Sistemada aktiv molekulalar qancha ko'p bo’lsa, reaksiya shuncha tez boradi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalaming molekulalarini (zarrachalarini) aktiv molekulalariga aylantirish uchun ularga berish kerak bo'lgan energiya aktivlash energiyasi deyiladi. Agar aktivlash energiyasi kam bo*lsa, reaksiya borayotganda ma’lum vaqt oralig‘ida energetik g'ovni ko‘p sonli zarrachalar yengib o‘tadi va reaksiyaning tezligi yuqori bo'ladi. Lekin aktivlashgan eneigiya katta bo‘lsa, reaksiya ekin ketadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin