1.4 Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida Nizom talablarini o`rganish Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son boyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981 son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risada”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’rsida”gi qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343 - son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-son boyrug’i bilan Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tо‘g‘risida Nizom О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-son buyrug‘i bilan Nizomga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilgan hamda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 13 dekabrda 1981-2-son bilan davlat rо‘yxatidan qayta о‘tkazilgan. Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida” qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.
Nizom bo`yicha nazorat turlarini о‘tkazish muddatlari quyidagicha ifoda etilgan:
- oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat yoki fakultet tuzilmasi bо‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida о‘quv bо‘limi (о‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan tuzilgan baholash mezoni asosida о‘tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida о‘tkaziladi;
- talaba fan bо‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bо‘yicha yakuniy baholanguniga qadar topshirishi shart;
- joriy va oraliq nazoratlarda baholashdan va uzrli sabablarga kо‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, sо‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bо‘lgan muddat beriladi.