Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


O`rta Osiyada menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə13/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
маъруза матни Менежмент

O`rta Osiyada menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari.
O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy prinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko`rinishda mavjud bo`lgan. Ammo ular amir Temur hukmronligi davrida kelib ma`lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo`la oladi.
“Temur tuzuklari ” jahonga mashhur asardir. Uning qo`lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamalakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston,O`zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o`z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo`shin tuzish borasida tadbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo`lib, unda hatto qo`shinning jangovor sarflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko`rsatib berilgan.
Asarning o`n uch qism (kengash) dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo`shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirirgan ishlari o`z ifodasini topgan.
“ Tuzuklari” muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyat ma`lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni idora qilishda vazirlar. Amirlari va viloyatlarda o`tirgan noiblarning roli benihoya katta bo`lgan. Shuning uchun ham amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayanish ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo`lishi kerak. “Tuzuklar” muallifning fikriga ko`ra, masalan, vazirlar to`rt sifatga ega bo`lishlari shart.

  1. Asillik, toza nastlik va ulug`vorlik.

  2. Aqlu farosatlik.

  3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g`amhurlik ko`rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo`lish.

  4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.

“Tuzuklar” da keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra Amir Temur o`z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo`lgan ulkan malakatni bor yug`i etti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular 6-jadvalda berilgan.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin