Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə15/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
маъруза матни Менежмент

3-Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo menejmenti. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari. To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa. Teskari aloqa. Menejment tizimining tuzilishi. Menejmentga nisbatan yondoshuvlar. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari. Boshqaruv usullari. Ma’muriy yondashuv. Qayta ishlab chiqaruvchi yondashuv. Dinamik yondashuv. Integratsiyali yondashuv. Majmuaviy yondashuv. Marketingli yondashuv. Meyoriy yondashuv. Axloqiy yondashuv. Jarayonli yondashuv. Tizimli yondashuv. Vaziyatli yondashuv. Vazifaviy yondashuv. Boshqaruv usullari. Ma’muriy yondashuv. Qayta ishlab chiqaruvchi yondashuv. Dinamik yondashuv. Integratsiyali yondashuv. Majmuaviy yondashuv. Marketingli yondashuv. Meyoriy yondashuv. Axloqiy yondashuv. Jarayonli yondashuv. Tizimli yondashuv. Vaziyatli yondashuv. Vazifaviy yondashuv. Menejment tamoyillari. Mehnat taqsimoti tamoyili. Vakolatlar va javobgarlik tamoyili. Intizom tamoyili. Yakka hukmronlik tamoyili. Harakatlar birligi tamoyili. Shaxsiy manfaatlarni bo‘ysindirilishi tamoyili. Xodimlarni mukofatlash tamoyili. Markazlashtirish tamoyili. Qoyali zanjir tamoyili. Tartib tamoyili. Adolat tamoyili. Xodimlarning barqarorligi tamoyili. Tashabbus tamoyili. Korporativ ruh tamoyili. Boshqaruv usullari. Boisharuvning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning ma’muriy usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Tayanch iboralar:
Sistema, vaziyat. egiluvchi sistema, boshqarishga yondoshish, sistemali yondoshish, vaziyatli yondoshish, strategik yondoshish, ishlab chiqarish vaziyatlari, axborotaviy sistema, sistema konsepsiyalari.
Qonun, prinsip, qonuniyat, sistemaning birligi, proporsiya, markazlashtirish. nomarkazlashtirish, optimallik, rejalashtirish.


Tizimlar to‘g‘risida tushuncha va ular xususiyatlari.
Moddiy dunyo juda ko‘p tizimdan tashkil topgan. Tizim - «sistema» so‘zi grekcha bo‘lib qonuniy jihatdan bir-biriga bog‘langan ko‘plab unsurlarning ma’lum bir yaxlitligini ifodalaydi. Unsurlar - murakkab yaxlit narsaning tarkibiy qismidir.
Tizim nuqtai nazaridan qaralganda ishlab chiqarish axborot aloqalari bilan birlashsa kibernetika tizimini tashkil etadi. Tizim unga kiruvchi va narsalarda ifodalanuvchi moddalar sifati va holati bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir natijasida mavjud bo‘ladi, ya’ni doimo harakatchan, o‘zgaruvchan xususiyatga egadir.
Harakat - bu materiyaning mavjud bo‘lish usulidir. Dunyoda harakatsiz materiya va materiyasiz harakat mavjud emas. Harakat faoliyat, energiyani ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan tabiat ma’lum tizimni yoki birikmani, jismlar bog‘liqligini tashkil etadi, bu yerda jism deyilganda barcha moddiy haqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushuniladi.
Demak tizim - bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat.
Bog‘liqlik - obektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bog‘liq mavjudligi tufayli dunyo hodisalarining betartib yig‘indisi emas, balki qonuniy harakat jarayonidan iboratdir.
Tizimlar turli shakllarga ega bo‘ladi. Turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy, texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar.
Tizimning har bir turi o‘zining aniq vazifalariga ega:

  • texnikaviy tizim, uskunalar majmuining o‘zaro bog‘liq yig‘indisidan, shu jumladan orgtexnika, EHMdan iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish kuvvatlaridir);

  • texnologik tizim qonun-qoida, meyor, standartlar yig‘indisi, marketing xizmatidan iborat;

  • tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonni amalga oshirish, mehnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, boshqaruv tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi;

Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi.

  • Xalq xo‘jaligining iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo‘jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim boshqaruv tizimini qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. (masalan, ijtimoiy tizim).

  • ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsadlarini belgilaydi, boshqaruvning tamoyil va uslublarini shakllantiradi, ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ifodalaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshishi, boshqaruvda demokratiyaning asoslari kengayishi, hamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga o‘tilishi, butun xalq xo‘jaligi tarkibi qayta qurilishi bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy tizim ahamiyati ortib bormokda.

Har bir tizim unsurlari doimo o‘zaro ta’sir ostida bo‘lib, bu jarayon tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik vositasida ifodalanadi. Shunday qilib, unsr- bu har bir tizim tarkibini tashkil etuvchi qismdir. Texnikaviy tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik moddiydir, masalan, avtomobil dvigatelining krivoshin-shatunli mexanizmi moddiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq turli qismlardan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik axborot aloqalaridir. Axborot tizimi sifatida o‘rganiluvchi ishlab chiqarish murakkab ijtimoi-iqtisodiy tizimdir.
Inson eng muhim va faol unsur bulgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim asosini ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, mehnat manfaatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimi ikki mustaqil kichik tizim - boshqariladigan va boshqariluvchi tizimlardan tashkil topgan. Kichik tizim - bu umumiy tizimning aniq belgilari bo‘yicha ajralib turuvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, tizimning boshqa unsurlari bilan bog‘liq qismdir. Kichik tizimni butun tizim ko‘lami va tarkibiga bog‘liq ravishda mustaqil tizim sifatida ham o‘rganish mumkin.
Agar korxonani yaxlit tizim sifatida tahlil etsak, u kichik tizimlar va unsurlari yig‘indisidan iboratligini ko‘ramiz:

Концерн, кушма корхоналар
кичик тизим

Корхона

унсур

Ассосация ёки вазирлик

тизими




Булинма

унсур


Цех

кичик тизим



Корхона

тизим








Demak, boshqariladigan tizim bir vaqtning o‘zida boshqaruvchi tizim ham bo‘lishi mumkin.


Boshqaruvchi tizimga korxona, konsernlarning boshqaruv jarayonini, ya’ni kishilar jamoasida ochiq maqsadda qaratilgan ta’sir etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi. Boshqariladigan tizimga korxona konsernlarning bevosita moddiy boyliklar yaratish va xizmat ko‘rsatish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi.
Moddiy tizim sifatida o‘rganiladigan ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari, shuningdek, mehnat predmetlarini tayyor maxsulotga aylantiruvchi ishlab chiqarish jarayonlari yig‘indisidan iborat.
Iqtisodiyotni boshqarish boshqaruv obekti va subektdan iborat yaxlit tizimni ifodalaydi.



Ташқи муҳит




Бошқарув

объекти


Бошқарув

субъекти


Boshqaruvchi
ta’siri
aks ta’sir
Subekt boshqaruv maqsadlarini aniqlaydi va boshqaruv obektiga bir maqsadga yunaltirilgan ta’sir qiladi, shuningdek, o‘zaro ta’sir natijalariga baxo beradi (boshqaruvchi ta’sir). Obekt o‘ziga utkazilgan boshqaruvchi ta’sirini qabul qiladi va boshqaruv subektiga natijalar haqida axborot beradi (aks ta’sir).
Iqtisodiyotni boshqarishda boshqaruv obektlari - bevosita ishlab chiqarish jamoalari va alohida ishlovchilardir. Ular mehnat faoliyati natijasida ishlab chiqarish moddiy unsurlari, mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin