Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Menejmentning asosiy tamoyillari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə22/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
маъруза матни Менежмент

Menejmentning asosiy tamoyillari.
Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo’l-yo’riq, xulq meyorlari tushuniladi. Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog‘liq xodisalar mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
qonunlar tamoyillar usullar uslublar.
Boshqaruv tamoyillari o‘zaro bog‘lik va birgalikda qo‘llanilishi lozim.
Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:

  1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy buysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bug‘in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti xar bir ijrochining xuquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab quyishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkaraligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasigasuzsiz buysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o‘z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.

  2. Ilmiylik tamoyili. tamoyili o‘zaklarning o‘zagidir. Amalda bu tamoyil, avvalo jamiyat rivojlanishining obektiv qonunlari va fan-texnika yutuqlaridan xabardor bo‘lishni talab qiladi. Uning yordami bilan ishlab chiqarish va boshqaruvning zaruriy mutanosibligi ta’minlanadi, boshqaruv qarorlaridagi xatolar kamaytiriladi, og‘irlik markazi eng katta sifat va miqdor yutuqlariga erishishga o‘tkaziladi.

Ilmiylik tamoyili ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanish, boshqaruvning maqsadli-dasturiy usullarini amalga kiritish, zamonaviy elektron-hisoblash texnikasi va boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.


  1. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin