|
XII. Mustahkamlash uchun metodlar
|
səhifə | 3/3 | tarix | 14.12.2023 | ölçüsü | 232,93 Kb. | | #177533 |
| 3-sinf Jismoniy tarbiya Futbol
XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “Darvozangni qo’riqla” metodi. Metodning o’tkazilish tartibi:
O’yin davomida o’qituvchi o’quvchilar jamoasini ikki guruhga ajratadi. 1-guruh “Paxtakor”, 2-guruh “Bunyodkor”.
o’yinda o’qituvchi “hujumchi” vazifasini bajaradi;
guruhdagi o’quvchilar orasidan liderlar tanlanadi va ular “darvozabon” vazifasini bajaradi;
qolgan o’quvchilar esa “himoyachi” va “yarim himoyachi” vazifasini bajaradilar;
mavzu bo’yicha savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab olinadi;
o’qituvchi savollar bilan darvozabonga hujum qiladi, himoyachi va yarim himoyachilar esa javobni to’ldiradilar;
agar savolga javob topilmasa, hisob hujumchi foydasiga hal bo’ladi. Tezkor savollar:
Futbol qanday o’yin?
Futbolning vatani qayer?
Har bir jamoada nechtadan o’yinchi bo’ladi?
O’yinchilar qanday vazifalarni bajaradilar?
Hujumchining vazifasi qanday?
Himoyachining vazifasi qanday?
Yarim himoyachi va darvozabonning vazifasi qanday?
Darvozabon o’yinining vositasi nima?
To’pni tashlash qanday amalgam oshiriladi?
Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish qanday amalga oshiriladi?
To’pga kalla bilan zarba berish qanday amalga oshiriladi?
Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash.
Dostları ilə paylaş: |
|
|