Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari



Yüklə 18,07 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#174034
Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari


Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari


R e j a:


1. Aholi soni, ko’payishi, zichligi.
2. Aholining joylanishi va migratsiyasi
3. Mehnat resurslari.
4. Aholining tarkibi.
5. Aholi manzilgohlari.

Qashqadaryo viloyati o’zining aholi soni bo’yicha O’zbekistonda Samarqand, Farg’ona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan oldingi 5-o’rinni egallaydi. U ayni vaqtda, aholi sonining o’sishi jihatidan Surxondaryo viloyati bilan birgalikda mamlakat demograqik vaziyatida yetakchilik qiladi. Jumladan, agar O’zbekiston aholisi 1989-2000 yillarda 123,8 % ga o’sgan bo’lsa, Surxondaryoda bu ko’rsatkich 139,2 va Qashqadaryoda 136,0 % ga teng bo’ldi. Birigina 2000 yilda aholi ko’payish sur‘ati 2,1 % ni tashkil qildi.


Viloyat tabiiy geografik muhitiga mos holda aholi uning hududida bir tekis joylashmagan. O’rtacha zichlik 1 km2 ga 77,4 kishi bo’lib, bu raqam Respublika o’rtacha ko’rsatkichidan deyarli 1,5 marta yuqori. Aholi xususan yuqori mintaqada ancha zich o’rnashgan. Masalan, zichlik Yakkabog’da 164, Shahrisabz tumanida 158 va Kitobda 102 kishiga teng. Vaholanki bu ko’rsatkich Mirishkor tumanida 27, Dehqonobodda 25 kishini tashkil etadi, xolos.
Aholi soni bo’yicha viloyatda Chiroqchi tumani oldida turadi (257 ming, 2001 yil:) Shahrisabz tumanida ham, Shahrisabz shahrini qo’shib hisoblaganda, aholi 200 mingdan ziyod. Ayni vaqtda Mirishkor tumanining demografik sig’imi ancha past;
Maydoniga ko’ra esa eng katta Dehqonobod tumani uning hududi 4,0 ming km2 yoki viloyat maydonining 1/7 qismi. Shuningdek, Muborak va Chiroqchi tumanlari ham nisbatan katta, eng kichigi, Kasbi tumani (0.65 ming km2).
Umuman olganda, qori mintaqa (SHahrisabz, Yakkabog’ va Kitob tumanlari) ko’p jihatdan Respublikamizning aholisi zich voha va vodiylariga o’xshab ketadi. Ammo ta‘kidlash joizki, zichlik, qo’yi mintaqaning ayrim tumanlarida (Kasbi, Qarshi) ham ancha yuqori, ya‘ni 190-200 kishiga teng.
Viloyatda tabiiy harakat ko’rsatkichlari boshqa hududlarga qaraganda (Surxondaryodan tashqari) sezilarli darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug’ilish koeffitsienti har 1000 kishi aholiga 24,5 kishini tashkil etadi (2001 y.). Eng yuqori daraja Chiroqchi tumanida bo’lib, u bu yerda yaqin 30 kishiga barobar. (O’zbekistonda oldingi o’rinlarda). Ayni vaqtda umumiy tug’ilish koeffitsienti Shahrisabz va Mirishkor tumanlarida pastroq, Qarshi shahrida esa u 16,7 promille.
Qayd qilish lozimki, Qashqadaryoda ham tug’ilish kamayib bormoqda, biroq bu jarayon mamlakatning boshqa viloyatlariga nisbatan asta-sekinlik bilan sodir bo’lmoqda. Surxondaryoda ham xuddi shunga o’xshash demografik vaziyat. Demak, ularning bir iqtisodiy rayonga birlashtirilishi geodemografik omil bo’yicha ham asoslangan.
2004 yil ma‘lumotlariga ko’ra Qashqadaryo viloyati aholining tabiiy o’sishiga ko’ra (18.7 promillelar viloyatlar orasida 1-o’rinni egallab kelgan Surxondaryo viloyatini 18.1 promillelar ham ortda qoldirib va hozirgi paytda tug’ilish darajasiga ko’ra birinchi o’rinni egallab turibdi)
Qashqadaryo viloyatida ham mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi kabi tug’ilish darajasi qishloqlarda shaharlardagiga nisbatan yuqori. 2003 yilda Qashqadaryo viloyatida aholining tabiiy o’sishi qishloqlarda 20.9, shaharlarda esa 14.9 promilleni tashkil etadi. Aholi takror barpo bo’lishiga o’lim ko’rsatkichlari ma‘lum darajada ta‘sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda o’lim ko’rsatkichi mintaqalar bo’yicha turlicha. Buning o’ziga xos sabablari bor. Jumladan, mamlakatda 1989 yilda o’lim koeffitsienti 6.3 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatkich 5.0% ga tushdi, ya‘ni o’lim holati bu davrda 1.3 promillega qisqardi.
O’zbekiston viloyatlari darajasida qaralganda deyarli viloyatlarda o’lim koeffitsienti kamayish tendentsiyasiga ega.
Qashqadaryo viloyatida ham o’lim koeffitsienti 1997 yilda 4.63% dan 2004 yilda 4.0% ga kamaygan. O’lim darajasiga ko’ra Qashqadaryo viloyatida o’lim holati past bo’lgan hududlarga (5.0 %dan kam) kiradi.
Statistik ma‘lumotlarning tahlili Qashqadaryo viloyatida keyingi 80 yil mobaynida aholining tabiiy o’sishi ancha jadal kechganligini ko’rsatadi. Aholi sonining bunday tez sur‘atlar bilan o’sishiga tabiiy ko’payish bilan bir qatorda chetdan aholining ko’chib kelishi (mexanik ko’payish) ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli 1959-1970 yillarda Qashqadaryo viloyatida aholining o’rtacha yillik ko’payishi O’zbekiston aholisining o’rtacha yillik ko’payishi ko’rsatkichidan yuqori bo’ldi.
1970-1990 yillarda Qashqadaryo viloyati aholisi 2.1 marta ko’paydi. Viloyat aholisining mamlakatdagiga nisbatan tez o’sishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bog’liq holda 70-yillarda boshlandi. 20 yil davomida viloyatda qariyib 240 mingga yangi yerlar o’zlashtirildi, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat va yonilg’i-energetika sanoati korxonalari ishga tushirildi. Shuningdek, sug’orish inshootlari, transport yo’llari, madaniy maishiy binolar hamda turar joylar bunyod etildi. Viloyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi O’zbekistondagi va qo’shni respublikalarning ko’pgina tumanlaridan aholining ko’chib kelishiga sabab bo’ldi. Bu davr uchun, shuningdek, yangi shaharlarning vujudga kelishi va shahar aholisi salmog’ining ortishi ham xarakterlidir. Ma‘lumotlarga ko’ra, 1970 yilda viloyat aholisining 16.5% ini shahar aholisi tashkil etgan. 1990 yilda esa bu ko’rsatkich 26% ga yetgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli mamlakat aholisining etnik xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda demografik siyosat yuritish imkoniyatlari vujudga keldi.
Qashqadaryo viloyatida 1991 – 2005 yillarda aholi sonining ko’payishi tabiiy ko’payish hisobiga sodir bo’lmoqda. Viloyat aholi soni 1999 yilda 1989 yilga nisbatan deyarli 1,4 marta ko’paydi. 1999 yilda viloyat aholisining soni 2123,0 ming kishini, 2001 yilda 2257,0 ming kishini, 2002 yilda 2298,0 ming kishi, 2003 yilda 2339,7 ming kishi, 2004 yilda 2381,8 ming kishi va 2006 yilning boshida 2420,4 ming kishiga yetdi. Shunday qilib, Qashqadaryo viloyati aholisining o’rtacha yillik 1999 yillarda 58,0 ming kishi, 1996 – 2006 yillarda 46,7 ming kishini tashkil qildi.
Qashqadaryo viloyati aholisi asosan tabiiy ko’payish hisobiga o’smoqda. 1995-2005 yillarda viloyatda aholi soni 1917,9 ming kishidan 2640,7 ming kishiga yetdi yoki tabiiy ko’payish hisobiga bu yillarda qariyib 722,8 ming kishiga o’sdi.
Tabiiy o’sish 1991 yilda har 1000 kishiga 37,7 kishini tashkil etgan bo’lsa, 1999 yilda 17,7 kishini, 2001 yilda 19,1 kishi, 2002 yilda 18,7 kishini, 2003 yilda 18,8 kishi, 2004 yilga kelib 18,4 kishini tashkil etdi.
Tabiiy ko’payish darajasi bo’yicha Qashqadaryo viloyati tabiiy ko’payish koeffitsienti yuqori bo’lgan viloyatlar guruhiga (Jizzax, Surxandaryo, Xorazm, Samarqand, Qor-n Res-si) mansub bo’lib, ularda aholining tabiiy ko’payish koef-ti 17,2 promilledan ortiq.
Ta‘kidlash joizki, aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari shahar va qishloq joylarda farq qiladi; qishloq joylarda tug’ilish shaharlarga nisbatan birmuncha yuqori. Buning bir qancha ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari mavjud. Jumladan, qishloqlarda ayollarning ijtimoiy hayotda bandligini past darajada bo’lishi, qo’l mehnati ko’p talab qilinadigan qishloq xo’jaligida ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi, milliy an‘analar davrlar davomida tug’ilishning yuqori bo’lishiga olib kelgan. Shahar aholisi tarkibida esa turli millat vakillarining ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga bog’liq holda uy-joy muammosi va boshqa sabablari tug’ilish darajasining biroz past bo’lishiga olib keladi.
Aholining makondagi xududiy harakati ham ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Aholining xududlarda joylashuvi va ko’chib yurishiga migratsiya deyiladi. Bu jarayon migratsion oqimlarni yuzaga keltirib, ayrim xududlarda aholining ko’payishiga va aksincha ayrim xududlarda kamayishiga olib keladi.
Migratsiyaning aholi soni o’sishiga ta‘siri unga kuchli bo’lmasdan, u salbiy. Masalan, 1997 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1440, 1998 yilda 1765 kishini tashkil etgan. Qishloq joylarda bu ko’rsatkich yuqoridagilarga mos holda, minus 2910 va 2205 kishidan iborat bo’lgan.
Viloyatning umumiy urbanizatsiya darajasi 25,4% bu Respublika ko’rsatkichidan ancha past (37,4%). Viloyatda hammasi bo’lib 12 ta shahar va 4 shaharcha bor. Ulardan Qarshi O’zbekistonning 17 katta shaharlari qatoriga kiradi. Shahrisabzda 87 ming, Kosonda 54 ming aholi yashaydi, Qamashi va Kitob shaharlarida 30-34 mingdan aholi bor. Qolgan shahar va shaharchalarda aholi soni bundan kam.
1 yanvar 2006 yil ma‘lumotlariga ko’ra, Qashqadaryoda mehnatga layoqatli aholi soni 1 million kishiga yaqin. Shundan 725 ming kishi iqtisodiy faol hisoblanadi, ya‘ni ish o’rinlari bilan band, umumiy bandlik darajasi 72,5%, 2000 yil yakunlari bo’yicha bir yilda qishloq xo’jaligidan 19,1 ming kishi bo’shagan va shu davrda 25,6 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan. Biroq shunga qaramasdan, viloyatda xususan uning aholisi zich tumanlarida mehnat resurslaridan to’laroq foydalanish va mehnat bozori faoliyatini yaxshilash muhim muammodir.
Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin