Foydalanilgan adabiyotlar: 1.K.A. Tursunmetov va b. Fizika. Ma’lumotnoma. – T.: “O‘zbekistonˮ. 2016. – 202 b.
2. K. Suyarov, Sh. Usmonov, J. Usarov. Fizika (Mexanika). 1-kitob. O‘qituvchiga yordamchi qo‘llanma: T.: “Yangi nashr” nashriyoti, – 2010.
3. A. G. Ganiyev, A. K. Avliyoqulov, G. A. Alimardonova. Fizika. I gism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchiˮ 2012. – 400 b.
4. A. G. Ganiyev, A. K. Avliyoqulov, G. A. Alimardonova. Fizika. II gism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchiˮ 2013. – 208 b.
5. L. Xudoyberdiyev, A. Husanov, A. Yunusov, J. Usarov. Fizika. Elektrodinamika. Elektromagnit tebranishlar 2-kitob. – T.: “O‘qituvchiˮ NMIU.– 2004.
Erkin o`qlar giroskoplar
Aylanma harakatda quyidagi fizik kattaliklar mavjud
Burchak teklik,burchakli tezlanish,inersiya momenti,impuls momenti,kuch momenti,chastasa,davr kabi bir necha kattaliklar mavjud bo’labi.Biz hozir bir necha aylanma harakatda doir holatlar va kattaliklar bilan tanishib chiqamiz.
KUCH MOMENTI
Kuch momenti – bu jismni biror oʻq atrofida aylantiruvchi kuchning oʻlchovi. Chiziqli kinematikada kuch jismning tezlanishi sababchisi boʻlsa, aylanma harakatda kuch momenti burchak tezlanishning sababchisi hisoblanadi.
Kuch momenti vektor kattalikdir. Kuch momentining yoʻnalishi taʼsir etuvchi kuchning yoʻnalishiga bogʻliq.
INERSIYA MOMENTI
Jism massasini aylanish o’qigacha bo’lgan masofaning kvadratiga ko'paytmasiga aytiladi.
Inersiya momenti I harfi bilan belgilanadi. r radiusli aylana boʻylab harakatlanayotgan m massali jismning inersiya momenti quyidagi formula orqali topiladi:
I = mr^2
shu bilan birga, inersiya momentining SI dagi birligi : kg*m^2
IMPULS MOMENTI
O’qqa nisbatan impuls momеnti skalyar kattalik bo’lib, nuqtaga nisbatan impuls momеnti esa vеktor kattalikdir. Moddiy nuqtalar tizimining biror nuqtaning O nuqtaga nisbatanimpuls momеnti dеb mazkur tizimdagi ayrim moddiy nuqtalarning o’sha O nuqtaga nisbatan impuls momеntlarining vеktor yig’indisiga aytiladi: