Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi


Tabiiy gazning asosiy xossalari



Yüklə 305,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix22.12.2023
ölçüsü305,93 Kb.
#189905
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
5.5 Tabiiy gazning asosiy xossalari 
Uglevodorodli gazlar o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra oddiy haroratlarda yetarli 
darajada inert hisoblanadi. Ularning amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan 
muhim xossalaridan biri, havo bilan birgalikda yonish xususiyatidir. Uchqun va olov natijasida 
yuqori haroratlarda uglevodorod gazlar havo bilan birga yonadi. Bunda uglevodorod va havo 
kislorodi o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya katta miqdorda issiqlik ajralishi bilan kuzatiladi, ya’ni 
reaksiya ekzotermik (issiqlik ajralish) xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Tabiatda uchraydigan torf, qo‘ng‘ir ko‘mir va toshko‘mir, antratsit va boshqa bir qator 
tog‘ jinslari ham shunday xossalarga ega bo‘lib, bunday jismlar kaustobiolitlar (kaustobiolit so‘zi 
grekcha «kaustos» - yonadigan, «bios» - hayot, «litos» - tosh, ya‘ni yonuvchi organik tosh) 
oilasiga kiradi. Kaustobiolitlar orasida ko‘mir qatorli va neft qatorli kaustobiolitlar mavjud 
bo‘lib, neft qatorli kaustobiolitlar bitum deyiladi. Bitumlarga neft va gaz ham kiradi. 
Gaz tutunsiz va qurumsiz yonishi, yongandan keyin kul qolmasligi, iste’molchiga 
yetkazishning arzonligi va osonligi, shuningdek suyultirilgan va siqilgan holatda saqlash 
mumkinligi, zararli moddalarning yo‘qligi, yoqish va yonish jarayonlarini boshqarish osonligi 
yonilg‘i foydalaniladigan qurilmalarning foydali ish koeffitsientining kattaligi bilan ajralib 
turadi. Gazni qazib olish boshqa turdagi yonilg‘ilarni qazib olishga qaraganda ancha arzon. 
Masalan, ko‘mirni qazib olishda ketadigan sarf xarajatlarni yonilg‘ining shartli 1 tonnasi uchun 
100% deb olsak, gazni qazib olishda unga nisbatan sarf xarajatlar 10% ni tashkil etadi. 
Barcha turdagi energo-tashuvchilardan neft va gazning farqi shundaki, ularning 
yonganida katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Neftning yonish issiqligi – 41 MJ/kg, eng 
yaxshi navli toshko‘mirning yonish issiqligi 31 MJ/kg, benzinniki 42 MJ/kg, dizel yoqilg‘isiniki 
42,7 MJ/kg, etan, propan va butanniki mos ravishda 64,5; 93,4 va 124 MJ/m
3
ga teng. 
Uglevodorod gazlar bir biridan qaynash harorati bo‘yicha keskin farq qiladi. Metan juda 
past haroratlarda suyuq holatga o‘tishi mumkin. Suyuq metan minus 161
0
S da qaynaydi va gaz 
holatiga o‘tadi. Metannning kritik nuqtasi minus 82
0
S, shuning uchun yer osti tog‘ jinslari 
qatlamlarida harorat 0
0
S dan yuqori bo‘lganligi uchun hech qanday bosimda metan suyuqlik 
xolatga o‘tmaydi. Etan minus 88
o
S da qaynaydi, uning kritik harorati 32
0
S dan past va yuqori 
bosimda etan suyuq holatga o‘tishi mumkin.
Yonuvchi gazlarning nisbiy zichligi amaliyotda havoga qarab aniqlanadi. Bu zichlik qiymati 
0,054 dan (toza metan) 1,0 gacha va undan ham yuqori bo‘lgan keng oraliqda o‘zgarishi 
mumkin. 
Neft va gaz konlaridagi gazlar kimyoviy tabiati jihatidan neftli gazlarga o‘xshash. Neft 
bilan birga qazib olinadigan gazga neftli (yo‘ldosh) gazlar, gaz konlaridan qazib olinadigan 


gazlar esa tabiiy gazlar deyiladi. Har ikkala guruxdagi: tabiiy va yo‘ldosh gazlar bir xil 
chegeraviy uglevodorodlardan tarkib topgan. 
Propan, butan va izobutanlar suyuq holatga tezda o‘tadi. Masalan, bu uglevodorod 
gazlarni xona haroratida suyuq holatga o‘tkazish zarur bo‘lsa, propan uchun 7-8 atm, izobutan 
uchun 3 atm atrofida va butan uchun 2 atm atrofida bosim yetarlidir. Benzinning qaynash 
harorati 80,1
0
S, metil spirtiniki 64,6
0
S va pentanning qaynash harorati 36,1
0
S ga teng. Yengil 
neftlar 50-100
0
S dan yuqori haroratlarda va og‘irlari 100
0
S dan yuqori haroratda qaynay 
boshlaydi. Uglevodorod va boshqa ba’zi bir gazlarning asosiy fizik xossalari 2-jadvalda 
keltirilgan.
5.2 - jadval
Tabiiy gazlarning fizik xossalari 
№ 
Gaz turi 
Havoga 
nisbatan 
zichligi 
Erish 
harorati, 
o


Yüklə 305,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin