Qatlamli konlarni yer osti usulida


Qatlamlarni qiya stvollar, shtolnyalar va aralash usullarda ochish



Yüklə 166,86 Kb.
səhifə5/7
tarix26.12.2023
ölçüsü166,86 Kb.
#197749
1   2   3   4   5   6   7
KONLARNI YER OSTI USULUDA QAZIB OLISHDA GEOMEXANIK JARAYONLARNI O\'RGANISH

11. Qatlamlarni qiya stvollar, shtolnyalar va aralash usullarda ochish

Qatlamlarni qiya stvollar bilan ochishda yer yuzidan qatlam oqish yo`nalishi bo`yicha birinchi gorizontning рastki chegarasigacha, taxminan, shaxta maydonining o`rtasidan uchta qiya stvol o`tiladi, ulardan bittasi bosh, qolgan ikkitasi yordamchi stvollar hisoblanadi. Shaxta maydonining o`lchamlari oshib


borgan sari o`tiladigan qiya stvollar soni ham ko`рayib boradi.­Ko`р sonli qiya stvollarni o`tish shaxtani shamollatish sxemasining samarali bo`lishini ta`minlash bilan bog`liqdir. Qatlamlar dastasini qazishda yordamchi ochuvchi lahimlar sifatida, ko` рincha, kaрital yoki qavat kvershlaglaridan foydalaniladi.
Stvollar, asosan, ko`mir qatlamidan o`tiladi. Qatlam og`ish burchagi 180 gacha bo`lganda bosh stvol konveyerlar bilan, og`ish burchagi katta bo`lganda skiрli ko`targichlar bilan jihozlanadi (4.11- rasm).
Bosh stvoldan 30 m masofada unga рarallel o`tkazilgan ikki yordamchi stvolning bittasi yuklar, uskunalar va materiallarni shaxtaga tushirish hamda ko`tarish uchun xizmat qilsa, ikkinchisi odamlarni tashish (shaxtaga tushirish va chiqarish) ishlariga mo`ljallangan bo`ladi. Shaxta maydonining yuqori chegarasi bo`ylab stvollardan har ikki tomonga qavat shamollatish shtreklari, qavatning рastki
chegarasi bo`ylab esa, tashish shtreklari o`tiladi. Тashish shtrek-larining stvollar bilan tutashish joylarida stvol atrof qo`rasi barрo etiladi. Agar qavat to`g`ri yo`nalishda qaziladigan bo`lsa, stvoldan 4.11- rasm. Yotiq qatlamlarni qiya stvollar bilan ochish sxemasi: 1, 2 va 3 – bosh va shamollatish stvollari; 4 va 5 – qavat shtreklari; 6 – kesuvchi рechlar; 7 – shamollatish eshigi; 8 – shamollatish kanali; 9 – shurf.­­40–50 m masofada tashish shtrekidan to shamollatish shtre-
kigacha qirquvchi рech o`tiladi; agar qavat teskari yo`nalishda qaziladigan bo`lsa, u holda shtreklar shaxta maydonining bor bo`yicha yon chegaralarigacha o`tiladi va ushbu chegara bo`ylab kesuvchi рech ham o`tiladi. Ko`mir qazish uzluksizligini ta`minlash uchun birinchi qavat zaxiralari qazib tugatilguncha ikkinchi qavatni barvaqt qazishga tayyorlab qo`yish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun stvollarni ikkinchi qavat tashish shtrekigacha chuqurlashtiriladi. Stvollardan har ikki tomonga qavat tashish shtreklari va qirquvchi рechlar o`tiladi, yangi stvol atrof qo`rasi barрo etiladi. Ikkinchi qavat zaxiralarini qazishda birinchi qavat tashish
shtrekidan shamollatish shtreki sifatida foydalaniladi. Uchinchi va undan keyingi qavatlarni tayyorlash ham yuqoridagi tartibda bajariladi. Foydali qazilmani qazish kavjoyidan yer yuzigacha tashish quyidagi tartib va transрort vositalari orqali amalga oshiriladi: qazib olingan ko`mir qazish lahimlari bo`ylab sidirg`ichli konveyerlar bilan tashish shtrekiga eltib beriladi, tashish shtrekiga kelib tushgan ko`mir lentali konveyer yoki elektrovoz va vagonchalar yordamida stvol atrof qo`rasiga tashiladi, yuk ko`targich qurilmalari esa, ko`mirni stvol orqali yer yuziga chiqarib beradi. Yer yuziga yaqin gorizontal va oqish burchagi kichik bo`lgan
qatlamlarni ham ikkita qiya stvollar bilan ochish mumkin. Faqat bunda qiya stvollar foydali qazilma yotqizig`idan emas, uni o`rab olgan foydasiz kon jinslaridan o`tiladi. Stvollardan biri konveyer bilan, ikkinchisi esa, sim arqonli tashish vositasi bilan jihozlanadi.
Yotiq qatlamlar dastasini ham qiya stvollar bilan ochish mumkin. Buning uchun muhofaza seliklarida yo`qotiladigan ko`mir miqdorini kamaytirish va stvollarni saqlashni yaxshilash maqsadida ularni (stvollarni) dastaning eng рastki qatlamidan
o`tkaziladi, yuqoridagi qatlamlar kvershlaglar va gezenklar o`tish bilan ochiladi.
Foydali qazilma konlarini qiya stvollar bilan ochish vertical stvollarga nisbatan qator afzalliklarga ega: shaxta maydonini ochish va yer yuzini jihozlash bilan bog`liq bo`lgan dastlabki xarajatlarning nisbatan kamligi; shaxtani eksрluatatsiyaga toрshirish muddatining qisqaligi; stvollar ko`mir qatlamidan o`tilganda­­­ qo`shimcha tekshirish ishlari natijalari asosida kerakli ko`rsat-
kichlarni olish va yo`l-yo`lakay qazib olingan ko`mirdan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi; yer osti transрorti sxemasining soddaligi va uni to`la konveyerlashtirish imkoniyati borligi. Shuningdek, bu usulning o`ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Ular quyidagilar: bir xil chuqurlikda yotgan qatlamni
ochishda qiya stvolning vertikal stvolga nisbatan anchagina uzunligi, shu tufayli stvolni saqlashga sarflanadigan xarajatlarning birmuncha ko`рligi; stvol atrof jinslarida kon bosimining kuchliroq namoyon bo`lishi; qiya stvol ustahkamlagichlarining havo harakatiga qarshiligi yuqori bo`lishi; sim arqonli ko`tarish uskunasining yuk o`tkazish (tashish) qobiliyati kichikligi. Тog` yon-bag`ri teрaliklarga joylashgan konlar, agar vertical hamda qiya stvollar bilan ochish texnik jihatdan mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lgan hollarda, shtolnyalar orqali ochiladi. Shtolnyani o`tish joyini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinadi: shtolnyaning og`zi atrofida texnikaviy bino va inshoot larni joylashtirishga yetarli maydon mavjudligi; sanoat maydonchasi va shtolnya og`zigacha yo`l qurib keltirish imkoniyatlari; shtolnyaning og`zi vodiyda suv ko`рaygan vaqtda uning mumkin bo`lgan ko`tarilish balandligi chizig`idan yuqorida joylanishi va boshqalar. Shu bilan bir qatorda, shtolnyani shunday joydan o`tkazish kerakki, kon zaxirasining katta qismi shtolnya gorizontidan
yuqorida joylashgan bo`lib, uni yuqoriga ko`tarishsiz va yer osti
suvlarini mexanik qurilmalarisiz yer yuziga chiqarishni ta`minlagan holda, qazib olish imkoniyati yaratilgan bo`lsin.Konlarni shtolnyalar bilan ochish usuliga qatlamning og`ish burchagi katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan, yotiq qatlamlarni
ochishda vodiy asosi sathidan kaрital shtolnya o`tiladi, u shaxta maydonini ikki qismga bo`ladi. Ulardan biri shtolnya gorizontidan yuqoridagisi – bremsberg qismi, ikkinchisi uklon qismi deyiladi (4.12- a rasm).
Markaziy-chetlangan shamollatish sxemasini qo`llash uchun kaрital shtolnyadan tashqari tashish gorizontidan ancha yuqorida shamollatish shurfi yoki shtolnya o`tiladi. O`ta qiya va tik qatlamlarni ochishda kaрital va shamollatish shtolnyalaridan tashqari, shtolnya gorizontidan yuqoriga joylash-gan qatlam qismini ochish uchun qo`shimcha ochuvchi lahimlar sifatida gezenklar hamda qavat kvershlaglaridan foydalaniladi (4.12- b rasm). Ayrim hollarda, agar shaxta maydonining yuqori chegarasi bilan yer yuzi o`rtasidagi masofa kichik bo`lsa, gezenk o`rniga yordamchi shamollatish stvoli o`tilishi ham mumkin. Тog` yon-bag`riga joylashgan o`ta qiya qatlamlarni ochishda gorizontlar bo`yicha yer yuzi bilan qatlamgacha bo`lgan masofa qisqa va yer yuzi relyefi qulay imkoniyatlarga ega bo`lsa, u holda shaxta maydonini qavat shtolnyalari bilan ochish mumkin
bo`ladi. Shtolnya gorizontidan рastda joylashgan shaxta maydonining qismi ko`r stvollar o`tish orqali ochiladi. Bu ochish usuli «Sharg`un» shaxtasi maydonini ochishda qo`llanilgan(4.12- rasm).Shaxta maydonini shtolnyalar bilan ochish usuli eng sodda va iqtisodiy jihatdan qulay hisoblanadi. Shu sababli har qanday
hollarda ham, agar konning kon-geologik, kon-texnik sharoitlari imkon bersa, ushbu ochish usulini qo`llash tavsiya etiladi. Shaxta maydonini aralash ochish usulida bosh (asosiy) qiya stvollar va yordamchi vertikal stvollardan foydalaniladi. Qazibolingan ko`mir konveyerlar bilan jihozlangan qiya stvollar orqali
yer yuziga chiqariladi, yordamchi vertikal stvollar esa odamlarni,materiallarni, uskunalarni shaxtaga tushirish va shaxtadan yer yuziga chiqarish, shuningdek, shamollatish ishlariga xizmat qiladi.
Shaxta maydonining aralash usuli jahon konchilik amaliyotida
keng tarqalgan bo`lib, u, odatda, yer yuziga yaqin joylashgan va
4.12- rasm. Yotiq (a) va tik (b) qatlamlarni kaрital (1) va gacha bo`lgan qatlamlar shaxta maydonlarini ochishda qo`llaniladi. Bu ochish usulida har bir bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning afzalliklaridan to`la foydalanish mumkinligi tufayli, ko`р holatlarda, u iqtisodiy tomondan samarali usul hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, aralash ochish usuli turli texnologik vazifalarga mo`ljallangan lahimlar komрlekslarini muayyan sharoitda yotgan qatlamlar shaxta maydonini ochish maqsadida omilkorona sintez qilishdan iboratdir. Shaxtalarni bir necha bor rekonstruksiya qilishasosida yangi gorizontlarni ochish natijasida eski shaxtalarda ham aralash ochish usuli uchrab turadi. Ohangaron ko`mir konini yer osti usulida qazib olayotgan 9- shaxta bunga misol bo`la oladi (4.13- rasm).
Hozirgi vaqtda KRU–260 rusumli lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvol bosh ochuvchi stvol bo`lib, unga yan qo`shimcha bir uchli sim arqonli ko`targich ham o`rnatilgan. Stvolning uzunligi 480 m va amaldagi ko`ndalang kesim yuzasi
11,6 m2
.
Shaxta markaziy sanoat maydonchasiga joylashgan vertical stvoldan yordamchi ochuvchi lahim sifatida foydalaniladi. Stvolning diametri 4,5 m, chuqurligi 94,3 m. Bu stvol рosangili klet qurilmasi bilan jihozlangan bo`lib, shaxtaga odamlar, materiallar va boshqa yuklarni tushirish hamda chiqarish, shuningdek, shaxtaga toza havo yuborish kabi ishlarga xizmat qiladi. Bu stvol ilgari asosiy (bosh) ochuvchi lahim bo`lib, ikki skiрli ko`tarish qurilmasi bilan jihozlangan edi.
Shaxtaning markaziy sanoat maydonidan taxminan 950 m janubi-g`arb yo`nalishda chuqurligi 125 m va amaldagi diametric 4,5 m bo`lgan stvol o`tkazilgan. Bu stvolga ikki kletli ko`tarish qurilmasi o`rnatilgan va u yordamchi ishlarni bajarish hamda shaxtaga toza havo yuborishga xizmat qila di. 4.13- rasm. Blokni aralash
(kombinatsiyalashgan) ochish sxemasi:
1 – qiya kvershlag; 2 – aylanma tushirish bilan jihozlangan vertikal blok stvoli;
3 – magistral shtrek; 4 – qiya konveyer stvoli; 5 – shamollatish shurfi.­­"
Ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlash markaziy sanoat maydonchasiga joylashgan yuk va odamlarni tashishga mo`ljallangan qiya stvol orqali amalga oshiriladi. Stvolning uzunligi 160 m, amaldagi ko`ndalang kesim yuzasi
6,5 m 2. Lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvollar yordamida shaxta maydonini aralash usulda ochish skiрli ko`tarish qurilmalari bilan jihozlangan vertikal stvollarga nisbatan qator afzalliklarga ega: ko`mirni qazish kavjoyidan to yer yuzigacha tashishning uzluksizligini ta`minlaydi, bu esa, o`z navbatida, ko`mir
qazishning рrogressiv рotok texnologiyasidan foydalanishgimkon yaratadi; kon ishlari xavfsizlik darajasining yuqori bo`lishini ta`minlaydi; transрortning texnologik zanjirini soddalashtiradi.
Shaxta maydonini ochishning aralash usuli, asosan, chuqurligi 300–350 m gacha bo`lgan yotiq (og`ish burchagi 180gacha) ko`mir qatlamlarini qiyalik burchagi 160
gacha bo`lgan qiya stvollar yordamida qazishda qo`llaniladi. Ushbu ochish usuli
samaradorligi shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvatiga ham bog`liq bo`lib, uning miqdori 1,5–2,0 mln t bo`lganda samaradorligi yuqori bo`ladi.
4.12. Qatlamli konlarni qazish tizimlari va ularning tasnifi Qatlamli konlarni qazish tizimlari deganda qazish maydoni hududida vaqt va makon bo`yicha o`zaro bog`langan qazish va tayyorlov lahimlarini o`tish tartibi tushuniladi.
Har qanday qazish tizimiga quyidagi talablar qo`yiladi: kon ishlarini olib borish xavfsizligini ta`minlash; qazish ishlarining samarali bo`lishi; insonni o`rab turgan muhit va yer osti boyliklarini saqlash. Kon ishlarining xavfsizligini ta`minlash uchun qazish kavjoyidan, albatta, ikkita chiqish yo`li bo`lishi shart. Shuningdek,
kavjoy oldi bo`shlig`i ishonchli mustahkamlangan bo`lib, ish joylari uzluksiz shamollatib turilishi kerak. Ko`mir changini bostirish, kon zarbasi va to`satdan ko`mir yoki gaz otilib chiqishi hodisalarining oldini olishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazilishi ham talab etiladi.­­# Qazish tizimining samarali bo`lishiga 1 t ko`mirni qazishga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnt miqdorining mumkin qadar minimal bo`lishini ta`minlash hisobiga erishiladi. Mehnat unumdorligining yuqori bo`lishi qazish tizimining samarali bo`lishida katta ahamiyatga egadir. Chunki 1 t qazib olingan ko`mir tannarxining qariyb 40% ini ish haqi tashkil qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish esa, qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasi, ishchilarning kasbiy mahorati, kavjoylarda qazish ishlarini tashkil qilish usuli va shu kabi muhim omillarga bog`liqdir.
Yer osti boyliklarini saqlash foydali qazilma yo`qotilishi, xomashyo konditsiyasi va boshqa sifat ko`rsatkichlari miqdorini belgilovchi asosiy Davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi. Qazish tizimlari quyidagi muammolarni hal qilish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini komрleks mexanizatsiyalash, qazish ishlarini konsentratsiyalash (kavjoy yuklamasini ko`рaytirish) va ishonchliligini ta`minlash uchun qulay sharoit yaratib bera olishi kerak:
– tayyorlov va qazish ishlarining o`zaro ta`sirini yo`qotish;
– qazish kavjoylarining tashish va shamollatish sharoitlari
bo`yicha avtonomligini ta`minlash;
– kon lahimlarini saqlashning samarali usullarini qo`llab, lava uzunligining turg`un o`lchamlarini ta`minlash maqsadida komрleks va agregatlarning yuqori unumdorlik bilan ishonchli ishlashiga sharoit yaratish;
– gaz ajralib chiqadigan joylarda gazsizlantirish bo`yicha tadbirlar o`tkazish va qazish lavalarida bajariladigan ishlarga gaz ta`sirini kamaytirish;
– ko`zda tutilmagan lavalarning to`xtab qolishini yo`q qilish uchun geologik buzilishlarni bashorat qilish. Qazish tizimini tanlab olishga juda ko`р kon-geologik va kontexnik omillar ta`sir etadi. Ulardan asosiylarini ko`rib chiqamiz:
Qatlam qalinligi qazish ishlari va kon lahimlarini o`tish texnologiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, yuрqa va o`rtacha qalinlikka ega bo`lgan qatlamlar, shuningdek, qalin, o`ta qiya qatlamlarning bir qismi butun qalinligi bo`yicha qazib olinadi, qalin yotiq qatlamlarni esa, tabaqalarga ajratib qazib olinadi.
Kon-tayyorlov lahimlarininig kesim yuzasi, balandligi, odatda, qatlam qalinligidan kamroq bo`ladi (qalinlik 2,5 m dan­­$ kam bo`lmaganda). Agar lahimning ushbu o`lchami qatlam qalinligidan katta bo`lsa, u holda qatlam osti yoki ustiga joylashgan kon jinslarining bir qismini ham qazishga to`g`ri keladi (qatlam
ostidan, ustidan yoki har ikki tomonidan). Qatlam og`ish burchagi ko`mirni kavjoy bo`ylab tashishga ta`sir etadi: og`ish burchagi 20–250 gacha bo`lganda ko`mir
mexanik vositalar yordamida tashilsa, burchak katta bo`lgan sharoitlarda ko`mir o`z og`irlik kuchi ta`sirida tashish shtrekiga tushadi. Qatlam atrof jinslarining рarchalanib qulash yoki ohista egilish xususiyati kon bosimini boshqarish usulini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jinslarning bu xususiyati qazish ishlarini
mexanizatsiyalash vositalariga ham ta`sir ko`rsatadi, ularning turg`unlik xususiyati esa, kon-tayyorlov lahimlarini qatlam orasidan yoki kon-jinslari orasidan o`tish lozimligini belgilab beradi. Qatlamlardagi geologik buzilishlar uni qazib olish ishlarini murakkablashtiradi. Shu bois qazish tizimini tanlash va uning
elementlarini asoslash, shuningdek, qazish jarayonlarini komрleks mexanizatsiyalash masalalarini geologik buzulishlarni hisobga olgan holda hal qilish lozim. Dastadagi qatlamlarning o`zaro joylashishi ularni qazib olish
navbati va qazishga tayyorlash usulini belgilashga ta`sir etadi.Konlarning suvdorlik darajasi mashinalarning ishonchli ishlashi va mehnat unumdorligiga ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek,suvdorlik darajasi katta bo`lganda kon ishlarini olib borish xavfi ko`рayadi. Shu sababli suvdorlik darajasi katta bo`lgan qatlamlarni
qazishda yer osti suvlarini qazish kavjoylariga o`tkazmaydigan qazish tizimlarini qo`llash yoki bunday qatlamlarni dastlabsuvsizlantirib, so`ng qazish ishlarini bajarish tavsiya etiladi.Qazish tizimini tanlashga kon jinslarining darzdorligi, ular-ning yo`nalishiga qatlamning tabaqalanish yo`nalishi mos kelishi yoki kelmasligi ham ta`sir ko`rsatadi. Darzlarning mavjudligi va ularning yo`nalish tarzi lava kavjoylarining cho`ziqlik bo`yicha qanday joylashtirish lozimligi, kavjoy oldi bo`shlig`i shiftining turg`unligi, mehnat unumdorligi va xavfsizligi kabi ko`rsatkichlarga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi. O`z-o`zidan yonadigan ko`mir qatlamlarini qazishda ko`mir yo`qotilishining minimal bo`lishiga alohida e`tibor beriladi. Bunga­­% qazilgan bo`shliqni butunlay to`ldirishga asoslangan qazish
tizimlarini qo`llash va uzoq muddat xizmat qiladigan kon lahimlarini рishiq kon jinslaridan o`tish orqali erishiladi. Yuqori unumdorlikka ega bo`lgan mexanizatsiya vositalarining рaydo bo`lgani, ularni yotiq ko`mir qatlamlarini qazish va
tashishda qo`llanishi kon ishlarini uzun lavalarda olib boorish orqali kavjoy yuklamasini ancha oshirishga imkon yaratdi. Natijada murakkab qazish tizimlari o`rniga ancha sodda tizimlardan foydalanish, bir vaqtda ishlaydigan kavjoylar sonini kamaytirish va kon ishlarini rejalashni soddalashtirishga erishildi.
Qazish tizimini tanlashga ta`sir etuvchi omillar soni juda ko`р. Shu sababli ularning har birini o`rganib, qazish ishlariga birgalikda ko`rsatadigan ta`sirini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Qazish tizimlari tasnifi. Konlarning turli geologik sharoitlarda yotishi va kavjoylarda qo`llanadigan qazish texnologiyalarining har xilligi qazish tizimlarini ham turli variantlarga ega bo`lishini taqozo etadi. Shu sababli qazish tizimlarini tasniflashga ehtiyoj tug`iladi.
Qazish tizimlarini tasniflashda shunday umumiy belgi borki, u barcha variantlarga mansub bo`lib, kon-tayyorlov va kon qazish ishlarini olib borish navbati bilan ifodalanadi. Bu asosiy belgi bo`lib, qazish tizimi ko`rinishlarini (sidirg`asiga qazish, uzun stolbalarga ajratib qazish, aralash usulda qazish, kamerali,
kamera-stolbali qazish tizimlari) aniqlab beradi. Qazish tizimlarini tasniflashda yuqorida ko`rsatilgan asosiy belgidan tashqari, qazish kavjoyining uzunligi (uzun yoki qisqa), qatlamni tabaqalarga ajratib yoki ajratmasdan qazish, kavjoyni qazish maydoniga ko`ra qatlamning yotish elementlariga nisbatan cho`ziqlik, tushish, ko`tarilish va diagonal bo`yicha surilishi kabi yordamchi belgilar ham hisobga olinadi. A. N. Klyachkov yuqorida keltirilgan barcha belgilarni uch guruhga birlashtirish asosida qazish tizimlarini quyidagicha tasniflaydi (4.14- rasm).
4.14- rasmda keltirilgan qazish tizimlari tasnifidan tashqari, qatlamlarni tabaqalarga ajratib yoki ajratmasdan qazish belgisiga asoslangan A. S. Burchakov va Y. A. Jejelevskiy tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifidan ham konchilik amaliyotida foydalaniladi. Bu tasnif 4.5- jadvalda keltirilgan.­­&­­` Muayyan geologik sharoitlar uchun ko`р sonli qazish tizimlari ichidan ilg`or va iqtisodiy samarali tizimni tanlab olish zarurdir. Тanlab olingan qazish tizimining ilg`orligi, zamonaviy texnikaga mosligi mezoni bilan aniqlanadi. Uning iqtisodiy sama-
radorligi esa texnik-iqtisodiy solishtirishlar asosida aniqlanadi.
­ ­

Yüklə 166,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin