Qatnashdi: M. M. I. B. D. O’: X. Mallayeva: Maktab psixologi s xamidov Amaliyotchi psixolog: a fayziyev Maktab pedagogik jamoasi va mahalla xotin-qizlar qumita raisi hamda o’quvchilar
Bulungʻur tuman XTBga qarashli 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, erta turmush va erta tug’riq holatlarini oldini olish” bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI
Sana: 10.10.2022.
Qatnashdi: M.M.I.B.D.O’: X.Mallayeva: Maktab psixologi S Xamidov Amaliyotchi psixolog: A Fayziyev Maktab pedagogik jamoasi va mahalla xotin-qizlar qumita raisi hamda o’quvchilar.
Kun tartibi
1.Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, erta turmush va erta tug’riq holatlarini oldini olish.
Birinchi masala yuzasidan M.M.I.B.D.O’: X.Mallayeva so’zga chiqdi. Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari. Yosh qizlarning ham erta (16-17 yoshda) turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy holatlarga olib kelmoqda. Birirnchidan, milliy udumga ko'ra, ko'pincha erta tumushga chiqishi va o’quvsizligi oiladagi mavqieyini yo’qotishiga olib keladi va ular ko'proq har xil oilaviy ishlarda bajarishda qiyinchiliklarga duch keladi. Tabiiyki 16-17 yoshli qizning jismi hali bunday og'ir ishlarni bajarishga tayyor bo'lmaydi. Ikkinchidan, qizlar bu yoshda ma'naviy jihatdan ham oila munosabatlariga tayyor bo'lmaydi. Uchinchidan, yosh turmushga chiqqan kelinlarning shu yoshda homilador bo'lishi tos suyaklari kichkina bo'lganligi uchun xavflidir degan fikrlarini bildirdi.
Ikkinchi masala yuzasidan maktab ruhshunosi: S Xamidov ham o’z fikrlarini bayon qilib o’tdi. Qizlarning oilaviy hayotga jismonan, ma'nan va ruhan, reproduktiv va jinsiy hayot madaniyatiga tayyor bo'lmagan holda erta turmushga chiqishlari quyidagi oqibatlarga olib kelmoqda: 1. Yosh oilalar orasida ajralishlarning ko'payishi ajralishlar dastlabki besh yil davomida ro'y beradi; 2. Tug'ish vaqtidagi murakkabliklar; tug'ish va homiladorlik o'rtasidagi oraliq muddatining qisqarishi; 3. Birinchi bor tug’ayotgan va 20 yoshgacha bo'lgan yosh ayollar o'rtasida o'limning ko'payishi. Bu holatlarni tahlil qilish uchun raqamlarga murojaat qilamiz. Respublikamizda o'tkazilgan sosiologik tadqiqotlarga ko'ra 45, 1% qizlar 20 yoshgacha turmushga chiqishadi. Turmushga chiqqan ayollarning 37,4% 20 yoshgacha farzand ko'rishadi. Ulardan 20% 20 yoshgacha farzand ko'rsa, 15% ikkitadan, 1,4% uchtadan farzandli bo'lishadi degan fikrlarni bildirdi.
Yig’ilish qaror qiladi:
Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, erta turmush va erta tug’riq holatlarini oldini olishga qaratilgan-chora tadbirlar kuchaytirilsin.
Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, erta turmush va erta tug’riq holatlarini oldini olish uchun mahalla, oila va maktab hamkorligi amalga oshirilsin.
Maktab direktori: Y Joʻrayev
Maktab ruhshunosi: S Xamidov
Amaliyotchi psixolog: A Fayziyev