Qayta ish mavzu: Kashandalik — kushandalik Bajardi: Qabul qildi: Kashandalik — kushandalik


SOG‘LOM FIKR SOG‘LOM TANAGA BOG‘LIQ



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə2/2
tarix19.04.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#100719
1   2
Kashandalik — kushandalik

SOG‘LOM FIKR SOG‘LOM TANAGA BOG‘LIQ


Mamlakatimizda kashandalikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab ezgu ishlar qilinmoqda. Xususan, 2012-yilning 5-aprelida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 7-noyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga binoan ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilib, unga rioya etmagan fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 561-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solinishi qat’iyan belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, har yili yurtimizda chekishning oldini olish, yoshlarni bu illatdan asrashga qaratilgan turli-tuman festivallar, tanlovlar, marafonlar o‘tkazimoqda, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir.
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilsak, chekish nafaqat umr zavoli, balki o‘zimiz o‘tirgan shoxga o‘zimiz bolta urishimiz bilan teng illatdir. Loaqal bir kun chekmasak ham qanchalar ulkan foyda keltirishimizni tasavvur qilib ko‘ring-a... Shunday ekan, undan qancha tez qutulsak, o‘z sog‘lig‘imiz va atrofimizdagilarning salomatligini yaxshilashga, tabiat musaffoligini ta’minlashga shuncha katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Buning uchun esa har bir chekuvchidan mustahkam iroda, qat’iy intilish talab etiladi, xolos.
Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin