7.Shartsiz reflekslar Tug`ma bo‘lib, bosh miyaning stvol qismi
va orqa miya ishtirok etadi. Shartsiz reflekslar doimiy ularning soni va
turi barcha kishilarda bir xil bo‘ladi. Nafas oish, qon aylanish, ko‘rish,
eshitish, gapirish.
8. Xolerik tipiga ta’rif Kuchli qo‘ zg`alish, tormozlanishdan
ustun bo‘lgan temperament tipi hisoblanadi..
9. Analizator qismlari3 qismdan iborat 1) pereferik qism 2)
o‘tkazuvchi qism 3) markaziy qism.
10. Bosh miya katta yarim sharlari - O‘ng va chap
yarimsharlardan tashkil topgan. 2 qavatdan ustki kulrang – nerv
hujayralari, ichki oq – nerv tolalardan iborat.
11.Parasimpatik nerv sistemasi - Bosh miyaning o‘rta va
uzunchoq miyasi hamda orqa miyaning dumg`aza sigmentidan
chiqadi.
12.Shartli reflekslar - Markazi bosh miya katta yarimsharlar
po‘stlog`ida joylashgan.Insonnog hayoti davomida hosil bo‘ladigan
reflekslar.Kitob o‘qish, maktabga borish, televizor ko‘rish, qo‘shiq
eshitish,
29
13. Sangvinik tipiga ta’rif - Kuchli, muvozanatlashgan
harakatchan temperament tipi hisoblanadi.
14.Uyqu va uning turlari - Odamning normal fiziologik holati
bo‘lib,tabii`y uyqu, gipnotik, narmotik uyqu turlariga bo‘linadi,
15.Nerv sistemasi kasalliklari – menengit, ensefalet, miyelit ,
poliomiyelit, ganglionit, nevrit.
NAZORAT ISHI . NI –8
Mavzu: Sezgi organlari. Ko‘payish va rivojlanish.
Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. Bola nutqining normal rivojlanishi qaysi a’zoning faoliyatiga
bog‘liq?
A. Ko‘rish B. Sezish C. Harakat D. Eshitish
2. Nog‘ora parda quloqning qaysi bo‘limida joylashgan va qanday
to‘qimadan tashkil topgan?
A. Ichki quloqda, epiteliy to‘qima
B. Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida, biriktiruvchi to‘qima
C. O‘rta quloqda, biriktiruvchi to‘qima
D.O‘rta va ichki quloq o‘rtasida, silliq muskul to‘qima
3. Eshitish retseptorlari qayerda joylashgan?
A. Suyak labirintining dahlizida
B. Suyak labirintining yarim doira kanalchalarida
C. Suyak labirintining chig‘anog‘ida
D. Suyak labirintining xaltasimon tuzilmalarida
4. Quloq suprasi qanday vazifani bajaradi?
A. Tovush to‘lqinlarini ichki quloqqa yo‘naltirish
B. Tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga
yo‘naltirish
C. Tovush to‘lqinlarini tarqatish
D. Nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni o‘rta quloq yo‘liga
yo‘naltirish
30
5. Endolimfa suyuqligi odam eshitish a’zosining qaysi qismida
joylashgan?
A. Parda labirinti ichida
B. Suyak labirintining ichida
C. Ichki quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida
D. Suyak va parda labirinti orasida
6. Muvozanat analizatorini aniqlang.
A.Teri B. Harakat C. Eshitish D. Vestibular
7. Vestibular apparat ichki quloqning qaysi qismida joylashgan?
A. Dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida
B. Chig‘anoqda
C. Perilimfa suyuqligida.
D. Parda labirinti va suyak labirinti orasida
8. Muvozanat organining refleks yoyi qismlari ketma - ketligini
ko‘rsating.
1) retseptor 2) bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining
muvozanat markazi
3) vestibular nerv 4) miya ko‘prigidagi po‘stloqosti muvozanat
markazi 5) miyacha
A. 1, 5, 4, 2, 3 B. 1, 3, 4, 5, 2
C. 3, 1, 5, 4, 2 D. 1, 4, 5, 3, 2
9. Sechenov qaysi a’zolardagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb
atagan?
A. Hid bilish a`zosidagi B. Muvozanat organidagi
C. Muskul va paydagi D. Burun bo‘shlig‘idagi
10. Qaysi olim bundan 200 yil oldin “Og‘riq barcha xavf – xatarda
odamning eng ishonchli qo‘riqchisidir, u doim ehtiyot bo‘ling,
hayotingizni asrang va avaylang” deb uqtiradi, deb yozgan?
A. Mechnikov B. Volter
C. Pavlov D. Sechenov
11. Teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar miqdorini aniqlang.
A. 1 mln B. 30 ming C. 300 ming D. 500 ming
12. Embrion qavatlari nomini to‘g‘ri belgilang.
31
A. Tashqi qavat – endoderma, o‘rta qavat – ektoderma, ichki
qavat – mezoderma
B. Tashqi qavat – epiderma, o‘rta qavat – periderma, ichki qavat –
endoderma
C. Tashqi qavat – mezoderma, o‘rta qavat –endoderma, ichki
qavat – ektoderma
D. Tashqi qavat – ektoderma, o‘rta qavat – mezoderma, ichki
qavat – endoderma
13.Yetti oylik homilaning bo‘yi uzunligi va tanasining vazni
qanday bo‘ladi?
A. Bo‘yi uzunligi 45 sm, tanasining vazni 1500 – 2000 g
B. Bo‘yi uzunligi 25 – 30 sm, tanasining vazni 700 – 1000g
C. Bo‘yi uzunligi 35 sm, tanasining vazni 1000 – 1300 g
D. Bo‘yi uzunligi 50 sm, tanasining vazni 2500 – 3000 g
14. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi nima bilan
belgilanadi?
A. Yurak qon – tomir faoliyati
B. Muskullarining rivojlanishi
C. Sut tishlari chiqishi
D. Ovqat hazm qilish organlari faoliyati
15. Akseleratsiya jarayoni to‘g‘ri izohlangan qatorni tanlang.
A. Odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining
tezlashuvi
B. Odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining
sekinlashuvi
C. Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan
moddalarning hujayralar tomonidan o‘zlashtirilishi.
D. Muskullarning qisqarib bo‘shasha olmay qolishi.
16.Ko‘z bajaradigan vazifasiga ko‘ra qanday qismlardan tashkil
topgan?
A.retseptor, tomirli B.optik sistema, retseptor
C.retseptor, sclera D.to‘rsimon, tomirli
17.Akkomadatsiya nima?
32
A.ko‘zning uzoq va yaqinni k`orish qobiliyati
B.ko‘zning optic sistemasi
C.ko‘z gavharining yorug`likni sindirib o‘tkazish qobiliyati
D.ko‘z gavharining shaklining o‘zgarib turishi
18.Ko‘rish maydoni deb nimaga aytiladi?
A.ko‘zni harakatlantirmay turib, atrofdagi buyumlarni ko‘rish
B.ko‘zni harakatlantirmay turib, buyumlarni rangini ajratish
C.ko‘zni harakatlantirmay turib, buyumlarni ko‘rish va rangini
ajratish
D.2 ta buyumni bir-biriga qo‘shilmagan holda, alohida-alohida
ko‘rish qobiliyati
19.Quloqdagi eshitish suyakchalari qanday vazifa bajarishini
belgilang.
A.nog`ora pardani tarang qilib turadi
B.nog`ora pardaning tebranishini ichki quloqqa o‘tkazadi
C.ichki quloqdadi suyaklarning tebranishini kuchaytiradi
D.eshitish nervlari faoliyatini boshqaradi
20.Yevstaxiy nayi tananing qaysi qismida joylashgan?
A.o‘rta quloq bilan burun-halqum bo‘shlig`I o‘rtasida
B.o‘rta quloq bilan ichki quloq o‘rtasida
C.nog`ora parda orqasida
D.burun-halqum bo‘shlig`ida
21.Parda labirint qayerda joylashgan?
A.endolimfa suyuqligida
B.o‘rta quloqda
C.suyak labirintda
D.perilimfada
22.Eshitish retseptorlaridagi qo‘g`alish eshitish mrkaziga qanday
izchillikda boradi?
1.retseptor 2.o‘rta miya 3.yarim sharlar po‘stlog`ining chakka
qismi 4.miya ko‘prigi
A.1,2,3,4 B.2,4,3,1 C.4,3,2,1 D.1,4,2,3
33
23.Muskul, pay v abo‘g`imlarda joylashgan retseptorlar qanday
ataladi?
A.taktil B.propioretseptorlar C.vestibular
D.visseroretseptorlar
24.Bola necha oyligidan boshlab buyumlarni ushlab o‘rnidan
tura boshlaydi?
A.5 oyligidan B.7 oyligidan C.8 oyligidan D.11 oyligidan
25.Bola boshining katta liqildog`I (1) va kichik liqildog`i(2)
qayerda joylashgan?
A.1-ensa va tepa suyaklari o‘rtsida, 2-peshona va tepa suyaklari
o‘rtasida
B.1-chakka va ensa suyaklari o‘rtasida, 2-tepa va chakka
suyaklari o‘rtasida
C.1-peshona va tepa suyaklari o‘rtasida, 2-ensa va tepa suyaklari
o‘rtasida
D.1-orqa va bosh miya o‘rtasida, 2-uzunchoq va oraliq miya
o‘rtasida
Dostları ilə paylaş: |