9
Kirish
Hozirgi kunda Resublikamiz uchun avtomobil transporti oldiga qo‘yilgan
vazifalar va maqsadlarni amalga oshirish dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Jumladan yuk va yo‘lovchilarni tashish ishlarini tashkil etish masalalari transport
vositalarini texnik tayyorgarligi omillariga bog‘liq. Ularni soz va belgilangan
topshiriqlarni bajarishga shayligini ta’minlash esa ko‘p jihatdan kadrlar muammosi
bilan bog‘liq.
Kasb hunar maktabi talabalarini zamonaviy bilim va malakalarga ega
bo‘lishlari uchun ularda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni xosil qilish
zarur.
Yuqorida qayd qilingan masalalarni inobatga olib yuqori malakali kadrlar
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan talabalarga o‘qitilayotgan
chilangarlik fani oldiga ham bir qator masalalar qo‘yilgan. Fanni o‘qitishda
talabalargi quyidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratiladi:
- talabalarga chilangarlik kasbi va ishi turlari, mehnatni ilmiy tashkil etish, ish
joyidagi jixozlar, ish joyini tashkil etish, chilangarlik ishlarida sanitariya va gigiena
sharoitlari va xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida bilim berish;
- rejalash va o‘lchash asboblari, rejarlash usullari xaqida ko‘nikmalar xosil qilish;
- metallarni to‘g‘rilash, to‘g‘rilash usullari, kesish asboblari, ularni charxlash va
tekshirish usullarini o‘rgatish;
- kesish jarayoni va usullari, kesish ishlarini mexanizatsiyalash operatsiyalarini
tushuntirish;
- list va metal plastina va quvurlarni egish usulida detallar tayyorlash
ko‘nikmalarini xosil qilish;
- metallarni egish ishlarini mexanizatsiyalishtirishni tashkil etish;
- metallarni parmalash va zenkerlash, zenkovkalash, teshiklarni kengaytirish ishlari
haqida bilim berish;
- metallarda rezba kesish, parchilash, kavsharlash, qalaylash va yelimlab biriktirish
ishlarini o‘rgatish;
- fazoviy rejalash usullarini o‘rgatish; va turli avtomobil transportiga oid fanlar
bilan aloqadorlikda o‘rganilgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni amaliyotda
qo‘llashni tashkil etishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: