Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh elementlari quyidagi tipda bo‘lishi mumkin



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
Quyosh elementlari quyidagi tipda bo‘lishi mumkin:

monokristalli; 

polikristalli; 

amorf. 
Ushbu materiallarning farqi kremniy atomlarining kristallarda joylashuvi bilan 
bog‘liq. Quyosh elementi quyosh nurni o‘zgartirish bo‘yicha turlicha F.I.K. ga ega. 
Mono va polikristalli elementlarning F.I.K. bir –biriga o‘xshash bo‘lib, amorf 
materiallarga nisbatan biroz yuqoriroq 


137 
6.1 – rasm.
Quyosh elementining tuzilishi. 
Avvalo quyosh elementi orqa kontakt va turlicha o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan 
ikki qavatli kremniydan iborat bo‘ladi. Quyosh elementi ust tomonidan metall 
kontaktlardan tashkil topgan to‘rdan va nurning tovlanishi (jimirlashi) ga qarshi nur 
qaytaruvchi qoplamadan iborat bo‘ladi. Ushbu qoplama quyosh elementida o‘ziga 
xos havorang tusni hosil qiladi.
Oxirgi yillarda quyosh elementlari uchun yangi turdagi materiallar kashf etilgan. 
Masalan yupqa plenkali mis-indiy-diselenida va tellurid-kadmiy (CdTe) 
elementlarni misol qilish mumkin. Ushbu quyosh elementlari tijorat yo‘li bilan 
sotuvga kiritilmoqda. 
Quyosh elementlarining F.I.K. quyidagicha: 

monokristallilar – 12 … 15 %; 

polikristallilar – 11 … 14 %; 

amorf tuzilishli – 6 … 7 %; 

tellurid kadmiyli – 7 … 8 % 
Quyosh elementi yorug‘lik bilan yoritilganda elektr energiyasini ishlab 
chiqaradi. Nurning intensivligiga bog‘liq holda (Vt/m
2
) quyosh elementi ko‘p yoki oz 
miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqaradi: yorug‘ quyosh nuri.
Qorong‘i yoki bulutli paytga yoki elektr yoritgichdan taraluvchi nurga nisbatan 
yaxshiroq. Quyosh elementi yoki modullarni solishtirishda elementning yoki 
modulning nominal quvvatini bilish kerak bo‘ladi. Nominal quvvat pikovoy quvvat 


138 
W
p
dagi ko‘rsatkich bo‘lib, fotoelektrik modul optimal sharoitda qancha elektr 
energiyani ishlab chiqarishi mumkinligini ifodalaydi. 
Quyosh panellarining nominal quvvatini aniqlash va taqqoslash uchun chiqish 
quvvati standart test sharoitida o‘lchanadi. Ushbu testlar quyidagilardan tashkil 
topadi: 

yoritilganlik 1000 Vt/m2; 

quyosh spektri AM1,5 (u spektrning tipi va rangini aniqlaydi); 

elementning harorati 25 
0
S (ushbu ko‘rsatkich muhim, chunki harorat ortishi 
bilan ishlab chiqarish samaradoriligi pasayadi). 
 Masala:
o‘lchami 10 × 10 sm li kremniy kristalidan yasalgan quyosh elementi 
1,5 
W
p
quvvatga ega. Ko‘pchilik kremniy elementining kristallaridan yasalgan 
o‘lchami 1 m
2
li quyosh panellari 100 
Vt
pik
quvvatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin