Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 – jadval. SHamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

4.3 – jadval. SHamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning 
hududlari. 
Geografik tumanlar 
Yillik o‘rtacha 
shamol tezligi,
m/s 
Shamol 
yo‘nalishi 
Kuchli 
shamol esish 
muddati, oy 
Kuchli shamol 
esuvchi kunlar, 
kunlar 
III - guru’. Zaif shamol aktivligi ta’sirida bo‘lgan tumanlar (5 m/s gacha ) 


73 
Chirchiq - Angren 
1.4 
Sh, ShG‘ 
II - V 

G‘arbiy Farg‘ona 
1,3 
G‘ 
III - VI 

Shimoliy Zarafshon 
1,4 
ShG‘, JG‘ 
III - V 

G‘arbiy Surxondaryo 
1,7 
Sh, ShG‘ 
II - VII 

 
Shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: 

ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining 
o‘zgarishiga bog‘liq emas; 

foydalanish xarajatlarining unchalik yuqori emasligi; 

zararli chiqindilar chiqarmaydi. 

shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi kamchiliklarga ega: 

mustaqil manba sifatida elektr energiyasi bilan ta’minlanish uchun 
zaxira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, chunki elektr energiyasini ishlab chiqarish 
shamolning esishiga va kuchiga bog‘liq; 

katta miqdorda boshlang‘ich kapital sarflash kerak bo‘ladi; 

shamol generatori ishlaganda shovqin chiqaradi, ko‘rish sohasini to‘sib 
qo‘yadi. 
4.3. Shamol qurilmalaridan samarali foydalanishda hududning iqlimi 
sharoitlari va metereologik xususiyatlarining ahamiyati 
 
Shamol qurilmalarini joylashish xarakteristikasining termatizatsiyasi uchun 
ularning aniq regionda effektiv energetik qo‘llash maqsadi bilan qoidaga ko‘ra 
shamol energetika kadastri ishlab chiqiladi, u o‘zi bilan shamolning aerologik va 
energetik xarakteristikalar majmuasini tashkil etadi. Bu esa uning energetik bahosini, 
hamda aniq parametrlarni va shamol qurilmalarining ishlash rejimini aniqlashda 
yordam beradi. 
Shamol energetikasi kadastrining asosiy xarakteristikasi bu: 

Shamolning o‘rtacha yillik tezligi, yillik va sutkali shamolning yo‘li; 


74 

Tezliklarning qaytarilishi, tezlik funksiyalarining taqsimlanish parametrlari 
va turlari;

Shamolning eng kata tezligi 

Shamol davrlarini va energetik tinchib qolish davrlari taqsimlanishi; 

Quvvat va solishtirma shamol energiyasi; 

Shamol energetik resurslari. 
Shamol hududi xaritalarida shamolning o‘rtacha yillik tezligi haqidagi meteo 
ma’lumotlar statistik qayta ishlash yordamida topiladi va ular anemometrlar 
yordamida standart balandlikka keltirib (yer sathidan 10 m balandda) eng yaxshi 
ochiq hududlar meteostansiyalar tomonidan hisoblanadi. 
Yo‘nalishlar bo‘yicha shamolning taqsimlanishi haqida hisobga olish, odatga 
ko‘ra o‘tkazilmaydi. 
Shuning uchun har bir aniq joyda shamol potensialini aniqlash uchun mahalliy 
samarani – orfografiyani hisobga olish, hududning g‘adur-budurligini, uning 
ochiqligi, daryo ustidagi sathini va boshqalarni, ya’ni shamolning kuchiga va 
yo‘nalishiga ta’sir etuvchi shamol energiyasini mavsumlarda o‘ziga xos ravishda 
notekisligi va aniq vaqtda davomiy emasligini hisobga olgan holda, bundan esa, 
haqiqiy shamol potensialini baholashga va shamol elektrostansiyasini montaj qilish 
hamda samarali maydon tanlash uchun maxsus ishlar olib borish maqsadga 
muvofiqligidan kelib chiqadi. 
Respublikamizning shamol energetik potensiali tahlili shuni ko‘rsatdiki, kichik 
iste’molchilar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda, yaxshi shamol mavjud emas. Bu 
joylarda shamol tezligi 3-4 m/s dan oshmaydi. Aksincha shamol potensialiga ega 
bo‘lgan hududlarda iste’molchilar mavjud bo‘lmagan joylarda, shamol potensiali 
tezligi 10-12 m/s bo‘lib asosan poyalar orasida, g‘orlarda hamda murakkab joylarda 
(borish yoki chiqish qiyin bo‘lgan) mavjud. Respublika hududida shamol potensiali 
uncha yuqori emas va uning tezligi 2-5 m/s oralig‘idadir.
O‘zbekistonda kichik quvvatli (1-5 kVt) shamol energetik qurilmalarini 
qo‘llash orqali, respublika shamol energetikasi istiqboli belgilanadi. 


75 
Shamol energiyasini o‘ziga xos xususiyati, bu vaqt bo‘yicha paydo bo‘lishini 
notekisligi, bu esa shamol agregat o‘rnatilgan hududi energiya ishlab chiqarishga 
ta’sir etadi. Bunday holatda energiya ishlab chiqarish va elektrik parametrlar bir 
maromdaligini hisobga oluvchi bundan tashqari bir maromlik katta talab 
etilmaydigan sodda hamda iqtisodiy ishlash imkoniga ega shamol qurilmalari 
ishlatiladi. 
Shamol agregati qo‘shimcha zaxira bilan turli sohalar bo’yicha mahsulot 
olinsa, shamol energiyasidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Shamol agregatini 
suv ko’tarishda, issiqlik ishlab chiqarishda, sovutishda va minerallangan suvlarni 
ichimlik suviga aylantirishda qo‘llash samarali hisoblanadi. 
Suv ko’tarishga mo’ljallangan istiqbolli shamol qurilmalari, shamol bo‘lmagan 
vaqtlarda 3-5 sutka mobaynida normal suv ta’minotini ta’minlovchi rezervuarlar 
bilan jihozlangan. Rezurvuar hajmini to‘g‘ri tanlash asosida shamol energiyasi 
hisobiga suv ta’minotini 80-90% ga ta’minlash mumkin. Yer osti sathini 
pasaytirishga mo‘ljallangan meliorativ tizimdagi quduqlardan suv chiqarishda 
shamoldan foydalanish samarali hisoblanadi. 
Shamol energiyasidan sho‘r suvlarni chuchuk suvga aylantirishda foydalanish 
maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda UVE-0,5 turdagi chuchuklashtiruvchi shamol 
energetik qurilmalari ishlab chiqariladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: bitta (suv 
ko‘taruvchi) nasos sho‘r suvni filtr orqali rezervuarga uzatadi, boshqasi esa 
rezervuardagi suvni chuchuklashtiruvchi apparatdan o‘tkazadi. Qurilma ishlashida 
generatorda katta oraliqlarda yuklanish va tok chastotasi o‘zgarishiga mo‘ljallangan. 
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ayova shtatining firmalaridan birida tayyorlangan 
hayvonlar ushlab turiladigan joyni isitishga mo‘ljallangan shamol energiyasidan 
mexanik foydalanishga mo‘ljallangan issiqlik qurilmalari tayyorlangan. 
U katta rezervuarda joylashgan qurilma jihoz ko‘rsatgichini aylanishiga majbur 
qiladi. Aylanishi natijasida rezervuardagi suv 45

C gacha isiydi. Suvli isitishning 
sig‘imi umumiy tizimi 2270 litrni tashkil etadi. Shamol energetik qurilmalari (SHEQ) 
32% quvvati isitgichlarni ta’minlaydi, qolganlari esa issiqlik almashinishi «suv-havo» 
turiga to‘g‘ri keladi. 


76 
Shamol energiyasi mikroklimatning muzlatkich kameralarida kerakli 
parametrlarni ushlab turish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tog‘ toshli trassalarga 
yuvish, trassaga o‘g‘itlarning olib kelinishi uchun va boshqa maqsadlar uchun 
ishlatish mumkin. 
Shamol qurilmasi yordamida (4.2-rasm) nam havodan ichimlik suvi olinadi.
Ishlab chiqarish salmog‘i katta emas (15...21 litr bir sutkada). Ammo past suvsiz 
hududlarda (masalan, orol oldi zonalarda) bunday qurilmalar ichimlik suvini avariyali 
holatda ishlatilishi mumkin. 
Qurilmaning dvigateli shamol turbinasi. U atmosfera shamolini 
changlanmaslik filtr bilan yutib oladi. Keyin havo er osti issiqlik almashinuvchiga 
tushadi, u erda namlik kondensatsiyalanadi. Issiqlik almashinuvchiga o‘zi bilan 
diametri 37 mm bo‘lgan alyuminli shamol o‘tkazgichni tashkil etadi. Har bir 
turbaning uzunligi 6 m. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin