107
Uning diametri 864950 mil; agar siz metrli standardda ishlaydigan bo‘lsangiz u
1392 million km ga teng bo‘ladi.
Quyosh nurlanish energiyasining miqdori yillik global energiya sarfidan 10000
marta katta. Yiliga bir kvadrat metrga o‘rtacha 1700 kVt·soat
Quyosh energiyasi
tushadi.
Yer sirtini bir mil qalinlikda qora suyuqlik qatlam bilan isitish uchun qoplasak,
biz Yer sirtiga tushayotgan energiyani to‘plovchi manbaga ega bo‘lamiz degan g‘oya
endi bema’ni emasdek tuyuladi.
Quyosh energiyasi Yergacha yetib kelganida uni o‘rab turgan atmosferada 19
% yutiladi va yana 35 % bulutlarda yutiladi.
Quyosh energiyasi Yerni faqat davomiy ravishda qizdiradi, bu sarflanishlar
behuda yo‘qotilayotgan energiyani foydali energiyaga
aylantiruvchi texnologiyani
talab qiladi, ya’ni bunda biz biror foydali ish bajara olishimiz zarur.
Quyosh samarali katta termo-yadro reaktori ham hisoblanadi. Siz nima deb
o‘ylaysiz, biz allaqachon ulkan katta termo-yadro reaktoriga egamiz,
lekin ayrim
odamlar esa undan ham kattarog‘ini qurishni xohlashi kulguli!
Quyoshda har soniyada, minutlar almashinishi bilan doimiy ravishda vodorod
geliyga aylanadi.
Quyoshni katta miqdordagi termoyadro reaksiyasi ta’siridan
portlab
ketmasligiga nima to‘sqinlik qiladi? – Oddiy gravitatsiya kuchlari! Quyosh ichida
kechayotgan kompleks reaksiyalar natijasida tarqatuvchi kuchlar va g‘oyatda katta
o‘lchamdagi modda miqdori tufayli hosil bo‘ladigan gravitatsiya
kuchlari orasidagi
doimiy jang natijasida turg‘un bo‘ladi.
Quyosh ichidagi barcha atomlar katta miqdordagi ichkariga “siqilishi”
natijasida bir-biriga tortilgan bo‘ladi. Ayni paytda yadro reaksiyasi ta’sirida hosil
bo‘lgan issiqlik va energiya barcha narsalarni tashqariga chiqarishga harakat qiladi.
Bizning baxtimizga ular muvozanatda bo‘ladi va natijada Quyosh doimiy qoladi!
Quyoshning tuzilishi 5.2- rasmda keltirilgan – unda nimalar borligini
tushuntirib o‘tamiz. Quyosh
markazidan boshlab yadro, radioaktiv zona, konvektiv
zona, fotosfera, xromosfera va tojlar bor.
108
Quyoshning
yadrosi ikkita xossaga ega, birinchidan yadro reaksiyasi uchun
qulay sharoit yaratadi – ishonib bo‘lmaydigan 15 million gradus selsiy haroratga ega
(men u yerda termometr ushlab turishni xohlamagan bo‘lardim), ikkinchidan ishonib
bo‘lmaydgan katta bosim. Shuning uchun u yerda termo-yadro reaksiyasi amalga
oshadi.
5.2- rasm.
Dostları ilə paylaş: