Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Seni quchog’imga olsam deyman



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

10 
Seni quchog’imga olsam deyman...
Dostu,
senga 
yozgan 
nomalarimning 
orasida 
jo’natishga 
jazm 
qilolmaydiganlarim ham bor. Ular ham boshqalari kabi oq qog’ozga 
yozilgan, xatjildga solingan, ammo tamoman o’zgacha. Umidsizlik 
iskanjasida qolganini yashirolmay yozilgan so’zlardan bitilgan xatlar. 
Men bu xatlarimdan uyalmayman, ammo... otang ham ayrim paytlarda 
umidsizlikka tushganligi haqida bilishingni istamayman.
Umidsizlik iblisning so’nggi va muhim quroli deb aytishadi. Bu 
quroli kibr, rashk nafrat kabi qurollari e’tiqodi o’ta mustahkamlarga 
ta’sir qilmaganda ishlatar ekan.
Balki, shunday hamdir, ammo vaqt-vaqti bilan umidsizlikka 
tushmagan odamning o’zi bo’lmasa kerak. Biroq, hayot qayg’usiz, 
yo’qotishlarsiz bitmasligi va ular o’tkinchiligini his qilganda umidsizlik 
ham chekinadi.
Mana shunday holatlarga tushgan paytim, ishxonada qolaman va 
pishiriqlar uchun xamir qoraman. Uyga qaytgan paytimda Mariya 
ulayotgan bo’ladi. Kiyimlarimni almashtirib, Marsni sayrga olib 
chiqaman, tong otishini kutaman va issiqqina kulchalarni yaqindagi 
bolalar uyiga eltib berish uchun novvoyxonaga qaytaman. 
Bu ziyoratlarim bekorchi o’tgan kunlarim haqidagi afsuslarimni 
tarqatishga yordam beradi. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Yoshlik paytlarimda umidsizligimni aroqxo’rlik bilan o’chirishga, 
sershovqin ulfatchiliklarning tamaki tutini panasiga yashirishga 
urinardik. Ammo sira engillik his qilmasdim. Shunda tanholikni istab 
qolardim. Shu yordam berardi. 
Seni yo’qotganimdan keyin umidsizlik tez-tez keladigan va uzoq 
qoladigan bo’ldi. Ammo, uning o’zi ham bu ayriliqqa dosh berish uchun 
tirishayotganligini sezib qolardim. 
Mening umidsizligim nima haqida? Ular ko’p va turlicha. Ota-
onamni tortib olgan urish alamimni keltiradi. Beg’ubor va beayb 
go’daklarning o’limi va ochlikka giriftonligi-chi? Bir lahzada katta 
bo’lib qolgan bolalar. O’zi uchun emas, uni kutayotganlar uchun jonini 
asrab jang qilgan kattalar.... 
Oila deb atalmish qo’rg’onning ne-ne imoratlari yondi. Ularga 
qo’shilib yonib ketgan kitoblarni aytmay qo’ya qolay. Kitob emas
adabiyot, tarix yondi.
Eh, o’z xatolaridan xulosa chiqara olmagan insoniyat... 
O’z taftini boshqalar bilan baham ko’rishni bas qilgancha o’zlarini 
tanholikka band etgan odamlar haqida o’ylayman. Urishning asrlar 
davomida tiklanmas asoratlari haqida... 
Mening umidsizligim seni quchog’imga ola bilmasligimdadir, 
qizim. 
Bila turib o’z-o’zimni aldaganday, seni o’z xotiralarimda 
quchog’imga ola bilaman. Moddiyat dunyosi bir-birini sevadiganlar 
uchun to’siq bo’la olmaydi, deya o’zimni ovutaman. Oying sening 
suratingga tikilgancha yig’layotganini ko’rib qolganimda unga shularni 
aytib berib taskin beraman. 
Ammo, xozir hech narsaga ishonmayman, bu og’riq va 
norozichilikni ko’kragimda olib yuribman. Sohil bo’ylab tez-tez 
qadamlab ketaman... Non yopaman... 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu, menga xamir qorish bilan bandlik ko’proq yoqadi. Uning 
issiq taftini, xushbo’y iforini, qobig’i qisirlab sinishini-yu mag’zidan 
bug’ sizib chiqishini, bir so’z bilan aytganda, nonni his qilishni yaxshi 
ko’raman. Ularni bolalar mazza qilib eyishlari ko’z oldimga keladi. 
Xuddi sendek yuziga sepkil toshgan qizaloqlar. Bunday hayollar uyga 
qaytishim va yashashda davom etishimga kuch beradi. 
Seni sog’ingandan sog’ingan, 
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin