Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
"Jan, sening ham kuning gʻalati oʻtyaptimi? Bir koʻtarilib, bir
pasaymoqdami? "
Jan bir daqiqa sukut saqlagancha sigaretni qor uyumiga tiqib
oʻchiradi.
"Shu kunning oʻzi hayotdir... "
Janning mijozlari koʻpaygan hozir.
Psixolog kishilarning dardu
hissiyotlarini oʻzining qalbidan oʻtqaza olmasa, uning taniga ham,
ruhiga ham shifo berolmaydi. Buncha yukni koʻtarib yurish uni juda
toliqtirgan. Boshqalarga sezdirmaslikka
harakat qilsalarda hasta
bolakayni tarbiyalash bu hamkasb juftliklar uchun osonmas.
"Mijizlarimning ongu shuurida qanday hayollar borligini anglashga
harakat qilyapman, ishimning bosh mazmuni ham shundan. Ammo
bugun birdan buyuk noaniqlik qarshisida barcha aytganlarimizning kuli
koʻkka sovrildi. Aqlimiz yetmaydigan sinoatlar hamma vaqt boʻladi.
Balki bu yaxshlikkadir. Hech boʻlmasa ikki kun dam olishim kerak.
Darʼya bilan mashinada ummonning narigi sohiliga borib kelmoqchimiz.
Leonni sizlarnikida qoldirsak maylimi? U olis yoʻlni koʻtara olmaydi..."
Biz oying bilan bundan xursandman boʻldik. Mayli,
ular dam
olishsin, bu ularga foyfali.
Baʼzan nimaki boʻlishi kerak boʻlsa, oʻz-oʻzidan boʻlaveradi,
degan ishonch bilan barcha ishlarni oʻz holiga tashlab qoʻyadigan
masʼuliyatsiz odamning rolini oʻynash foydadan xoli emas.
Qizim, bilasanmi, nima haqda oʻylayapman? Nuqsonlarning
orasidan ham baxtga qarashni oʻrgangan holda unga ega boʻlish
mumkin.
Mavridi kelganda mukammallikni
egallashdan voz kechish
ushalmas orzular ---- saroblardan xalos qiladi. Oʻz nomukammalligini
toʻldiradigan odamni umr boʻyi izlaydigan odamlar juda koʻp. Darvoqe,
aynan mana shunday odamlarni sevib qolishadi!
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Toʻgʻri, kimdir izlash yoʻlida vaqtinchalikka ovunchoq topadi ham.
Lekin biror xatoga yoʻl qoʻydimi, bas, mukammallik izlovchining
nigohida ilinjlari
bir zumda shohsupadan qulaydi, xafsalasi ham pir
boʻladi.
Bizning oʻzimiz mukammallikdan yiroqmiz va boshqalardan ham
benuqsonlikni kutmasligimiz shart.
Harbiy asirlarni otishganidan soʻng insoniyatga boʻlgan ishonchini
yoʻqotgan va daxshatli "nima uchun" degan
savol tinchlik bermagan
Pʼer Bezuxovni eslayman. Xalqdan chiqqan odamni uchratganidan soʻng
u ruhdan qayta tugʻiladi.
"Demak yashash kerak, demak sevish va ishonish kerak! "
Dostu, bolalikda hayotdan shunchaki lazzatlana bilsak, voyaga
yetgandan soʻng
baxtni kamalakdek rang-barang, afsonaviy chizgilar
bilan bejab-chirmab tashlaymizki, uning asl qiyofasini hayotda tanimay
ham qolamiz.
Abadiy va oʻzgarmas baxtning oʻzi azob emasmi?...
Seni sogʻinib,
Dadang
Dostları ilə paylaş: