Qazib olishdagi asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, rudani shpurlar orqali qazib olish



Yüklə 350,04 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü350,04 Kb.
#160831
  1   2
7(1)


7 AMALIY ISH


QAZIB OLISHDAGI ASOSIY ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI, RUDANI SHPURLAR ORQALI QAZIB OLISH

Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishda rudani massivdan ajratib olish asosan portlovchi moddalarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Portlovchi moddalarning samaradorligi foydali qazilma konining geologik va kon-texnik sharoiti, foydali qazilmaning fizik-mexanik xossalari hamda burg‘ilash ishlarining parametrlariga bog‘liq.


Rudani qulatib massivdan ajratib olish 2 xil tuzilishdagi zaryadlarni portlatish orqali amalga oshiriladi: uzaytirilgan (shpur va skvajinadagi zaryadlar) va jamlangan (kameradagi) zaryadlar.
Ruda olinadigan kov joyda shpurlarni burg‘ilash perforatorlar va o‘zi yurar burg‘ilovchi qurilmalar vositasida amalga oshiriladi. Burg‘ilashda qo‘l perforatorlari, kolonkali, teleskopli turlarini odatda kov joy o‘lchamlari katta bo‘lmagan, ruda tanasining qalinligi kichik o‘lchamda bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi. Burg‘ilovchilarning mehnat unumdorligi qo‘l perforatorlaridan foydalanganida past bo‘lganligi va ko‘p miqdorda chang ajralishi sababli qo‘l perforatorlari o‘rniga yuqori unumdorli burg‘ilovchi qurilmalar yordamida burg‘ilash zarurligini taqazo etadi.
Hozirgi vaqtda rudali kov joylarni burg‘ilash uchun yuqori unumdorli bir necha xil o‘lchamdagi ikki yoki uch marta yuqori quvvatli pnevmatik PK-45, PK-75 va gidravlik perforatorlardan foydalanilmoqda. Bu rusmli perforatorlar, pnevmatik, g‘ildirakda harakatlanadigan, dizel yuritkichli burg‘ilovchi qurilmalarga o‘rnatib ishlab chiqarilgan. Qurilmalar diametri 40-60 mm, chuqurligi 3-4 metr bo‘lgan shpurlarni burg‘ilashga mo‘ljallangan.
Rudani konditsiya darajasida maydalanishi uni miqdor yo‘qotilishi va sifatsizlanish darajasi eng kam miqdorda bo‘lishi, ruda konturini burg‘ilaganda uning aniq yo‘nalishini kuzatib borish mumkinligi, seysmik ta’sirning kichikligi, shpurli qulatish usulining asosiy afzalliklaridir.
Nogabarit bo‘laklarning yo‘qligi, ikkilamchi portlatish ishlarisiz lahimni o‘tishga qulay sharoit yaratadi va blokni tayyorlash ishi soddalashadi.
Ruda tanasining qalinligi 6-10 metr bo‘lganida, bir vaqtning o‘zida katta miqdordagi portlovchi modda zaryadini portlatish, rudali seliklarga yoki mustahkamlagichlar turg‘unligiga xavf solishi va qazilgan bo‘shliqda ishchilar bo‘lish zarurligi mavjud bo‘lganida shpurli qulatish qo‘llaniladi.
Rudaning mustahkamlik koeffitsienti, ruda tanasininng qalinligi, shpurlar diametri va chuqurligi bog‘liq holda tog‘ jinslari massasining chiqish o‘lchami, portlovchi moddaning solishtirma sarfini tegishlicha 0,3 dan 2,5 kg/m3 gacha o‘zgartiradi.
Shpurlarni burg‘ilash uchun gidravlik perforatorlar qo‘llaniladi, bu perforatorlar burg‘ilashda yuqori tezlikni taminlaydi, energiya sarflanishini kamaytiradi va ishchi burg‘ilovchilar uchun changsiz, shovqin darajasi past bo‘lgan qulay sanitariya-gigiena sharoitini yaratish imkonini beradi.
Shpurlarni kov joyda joylashtirish sxemalari va o‘lchamlarini hisoblash qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan qazib olish tizimlari o‘rganilayotgan vaqtda ko‘riladi.
Unumdorligi katta bo‘lmagan, yupqa tanali ruda konlarni qazib olishda massivni shpurlarni portlatib qazib olish keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda qimmatbaho qalin qatlamli ruda konlarini qazib olishda qazish natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirib qazib olish tizimining o‘rni ortib bormoqda.
Foydali qazilmani shpurlardan portlatib qazib olish texnalogiyasi quyidagilarga asoslangan: kov joyda ko‘p holatlarda ikki va undan ortiq ochiq yuza hosil qilinadi. Bunda shpurlar chuqurligi 2-3 m , joylashishi gorizontal, qiya va vertikal holatda bo‘ladi.
7.1 rasm kov joyda shpurlarning joylashish sxemasi Foydali qazilmani qazish natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqni mustahkamlagich bilan yoki to‘ldiruvchi materiallar bilan to‘ldirib mustahkamlab qazib olish tizimida shpurlarning chuqurligi mustahkamlash qadamiga bog‘liq holda belgilanadi.
Kov joyda burg‘ilangan bir seriyadagi shpurlarni portlatishdan qulatib olingan foydali qazilma miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.


[t]

Bunda; – kov joy yuzasi m2;


– shpur chuqurligi m;
–shpurdan foydalanish koeffitsienti ;
– foydali qazilmani qazib olish koeffitsienti ;
– foydali qazilmani sifatsizlanish koeffitsienti ;
– foydali qazilmaning hajmiy og‘irligi, t/m3;
Masala: Quyidagi holatlar uchun foydali qazilmani qazish natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldiruvchi materiallar bilan to‘ldirib qazib olish tizimida foydali qazilmani shpurlarni portlatib qazib olish parametrlari va burg‘ilab portlatish ishlari ko‘rsatkichlari hisoblansin:
Foydali qazilmaning mustahkamlik koeffitsienti f=6÷8; foydali qazilmaning hajmiy og‘irligi, γ=3,8 t/m3; foydali qazilma tanasining qalinligi m=2,5 m; qulatiladigan qatlam qalinligi h=2 m; shpur diametri d=42 mm; shpur chuqurligi lsh=2 m; portlatish ishlarida ammonit № 6 jv portlovchi moddasi qo‘llaniladi; 1m uzunlikdagi shpurdagi zaryad miqdori q=1,5 kg; burg‘ilash ishlari PT-29 perforatorida amalga oshiriladi; foydali qazilmani qazib olish koeffitsienti η=0,97; foydali qazilmani sifatsizlanish koeffitsienti ρ=0,03; shpurdan foydalanish koeffitsienti η=1.



Yüklə 350,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin