Yashil
:
sunniy
mintaqalar,
Qizil
:
shiya
mintaqalar,
Koʻk
:
Ibodiylar
(Ummon)
Islom 7-asrda
Hijoz
(Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi
Muhammad
sanaladi.
Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy
hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun
Alloh
taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb
hisoblanadi. Islom talqinida dastlab
yahudiy
va
xristianlar
ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan
xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan. Ammo
insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib
Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi —
Qurʼon
nozil qildi. Muhammad oldin oʻz
hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va
yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu
dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi.
Qurʼonga
koʻra,
arablar
va
yahudiylarning
umumiy
bobokaloni
Ibrohim
Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod
emas, balki Ibrohim ga nozil boʻlgan dinidir.
Muhammadga
, 40 yoshida(milodiy 610-yil)
vahiy
(ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir
necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda,
Makkaning
koʻpchilik aholisi, ayniqsa,
quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.
Muhammadni
yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar
Habashistonga
hijrat
qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-
yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish,
Muhammadni
paygʻambar va Allohni yagona deb
tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar
muhojirlar
(koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar
ansorlar
(tarafdorlar) deb
ataldilar.
Madina
va
Makka
oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang
Badr jangi
,
Uxud jangi
,
Xandaq jangi
va boshqa). 628-yilda
Makka
zodagonlari
Muhammad
bilan kelishishga
majbur boʻldilar (qarang
Hudaybiya sulhi
). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday
qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va
Muhammadni
Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga,
Kaʼba
musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan.
Muhammad
vafot etgan 632-yilda
Islomning
turli tarmoqlari
Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi.
Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil
boʻlib xizmat qildi.
Muhammad
vafotidan soʻng,
Abu Bakr
,
Umar ibn Xattob
,
Usmon Ibn Affon
va
Ali ibn Abu Tolib
paygʻambarning oʻrinbosari (
xalifa
) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi
xalifalar
7-
8 asrlarda
Iroq
,
Falastin
,
Suriya
,
Eron
,
Movarounnahr
,
Misr
, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli,
Shimoliy Hindistonni
fath
qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan
Ispaniyagacha,
Kavkazortidan
Hind okeanigacha
boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom
dinini yoydilar (qarang
Arab xalifaligi
).
Islomning muqaddas kitobi
Qurʼondir
. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni
Allohning
vahiy
qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy
meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida,
hadis
toʻplamlari va
shariat
qoʻllanmalarida, shuningdek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini
topgan.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom
ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, 8-asrda
Arab xalifaligida
vujudga kelgan. Mutakallimlar
Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:
1)
Kalimai shahodat
;
2)
Namoz
oʻqish;
3)
Roʻza
tutish;
4)
Zakot
berish;
5) imkoniyat topilsa
haj
qilish.
Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning
farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va
yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi.
Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va
bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-
odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham
Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa,
Markaziy Osiyo
musulmonlari
orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra joylarga sigʻinish, shaxslarga
sigʻinish, fol ochish va fol ochdirish, harom qilingan, yaʼni Alloh taolodan oʻzgasidan koʻmak
soʻrash taʼqiqlangan.
Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga
paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi.
Ali
tarafdorlari
„shia“
nomini olib,
Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa
Usmon
aynan shu boʻlinishning
qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf —
sunniylik
va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida
xorijiylar
deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo Islom tarixi uzra
sunniylik(90 %dan ziyod) asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan
abbosiylar
,
saljuqiylar
, ayyubiylar, mamluklar,
usmonli turklar
,
temuriylar
sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi
kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93 %)ni tashkil etadi. Birdan-bir
davlat —
Eronda
shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman,
Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada
xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan.
Musulmon huquqshunosligi —
fiqhda
4 sunniy (
hanafiylik
,
shofiʼiylik
,
molikiylik
,
hanbaliylik
) va 1
shia (jafariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan,
geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari
va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yoʻnalishiga mansub boʻlib,
eng yiriklari — imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan
shariat
(barcha toʻla
rioya qilinishi kerak boʻlgan qonunchilik) bilan
tariqat
(faqat ayrimlar Alloh xayrixohligiga
muyassar boʻlishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari — murshidlarning
„valineʼmati“ asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. 8-9-asrlarda
Islomda diniy-falsafiy oqim —
tasavvuf
paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf
tariqatlari —
naqshbandiylik
, qodiriylar, shoziliylardir.
Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom
aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot
bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni
karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va
ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-
shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr davom etgan ikkinchi davr Islomda
umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yoʻl qoʻyilgani bilan ajralib turadi. Islomdagi
yoʻnalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo boʻldi. Musulmonlarning diniy birligi hal
qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qoldi. 10-11-asrlarda anʼanaga sodiq sunniylar bilan imomiy
shialar, muʼtaziliylar hamda ashʼariylar oʻrtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa
Qodir (991 — 1031) anʼanaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy boʻlgan davlat dini
deb qaror toptirishga urinib koʻrdi. Shu maqsadda anʼanaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan
„Dinning qodiriy ramzi“ eʼlon qilindi. Unda „haq din“ deb eʼlon qilingan anʼanaviy diniy taʼlimotning
asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq eʼtiqodsizlik
deb qaraldi. Biroq bu tadbir ham Islomda diniy birlik oʻrnatilishiga olib kelmadi. Gʻoyaviy kurash
keyingi asrlarda ham davom etdi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi
„chekka“ oʻlkalarining ahamiyati va oʻrni ortganligi bilan bogʻliqdir. Batamom oʻzga madaniy
anʼanalarga ega boʻlgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qoʻshilgach, Islomga
oʻz diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron,
Shimoliy Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda Islom oʻziga xos
xususiyatlar kasb etadi.
Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi.
Imom
Buxoriy
kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami —
„Al-Jomiʼ as-Sahih“
Islom dinida Qurʼoni
karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining
barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida
yuqori baholanadigan „Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot“ risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy,
Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan
„Hidoya“ning
muallifi
Burhoniddin Margʻinoniy
, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab
yaratgan Imom Moturidiy (qarang
Moturidiylik
), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon
dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan
Iso Termiziy
, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir,
hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz
qoldirgan
Ahmad Yassaviy
,
Bahouddin Naqshband
, Mahdumi Aʼzam,
Najmiddin Kubro
,
Soʻfi
Olloyor
,
Xoʻja Ahror
,
Abduxoliq Gʻijduvoniy
va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular
musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi bilan uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda
madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.
Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi
imorat turlari (
masjid
, minora, xonaqoh,
Madrasa
va boshqa)ning paydo boʻlishiga hamda keng
tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni
oldini olish maqsadida
Muhammad
suratkashlikni qattiq taʼqiqlab qoʻygan edi. Shu asosda
Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taʼqiqlangan ishlar
qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak va oʻsimliklar suratini istisno
qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy
sabab — paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib
ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. 20-21-asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga
munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida
inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra,
musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasvirlar
qatʼiyan taqiqlangan.
Musulmon Sharqi 8- 11-asrlarda taraqqiyotda Gʻarbdan oldinda edi: gʻarb olimlari musulmon
faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; gʻarb savdogari Islom dunyosidagi savdoning
koʻlamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari gʻarbda zeb-ziynat mollari hisoblangan. Sharq
shaharlarining boyligi va hashamati gʻarb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy
mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12-13-asrlardan keyin
musulmon dunyosi dastlab turgʻunlik, soʻng tanazzulga yuz tuta boshladi. Baʼzilar konservativ
(qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga toʻsiq boʻldi, deya unga katta ayb qoʻymoqchi
boʻladilar. Aslida soʻnggi oʻrta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha davrdagi Islomning oʻzi ana shu
tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi.
19-asr boshidan 20-asrning 2-yarmigacha oʻtgan bir yarim asrlik davr Islomning rivojlanishida
muhim burilish bosqichi boʻldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi oʻzgarishlar
yangi sinf — milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik qarakatining avj olishi — bularning
hammasi Islomning jamiyatdagi mavqeiga boʻlgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi
yangiliklarni Islom nuqtai nazaridan baholashda ham oʻzgarishlar yasadi. Islom diniy-falsafiy va
huquqiy meʼyorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-asr oʻrtalaridan boshlanib,
hozirgacha davom etmoqda. Bu jarayonni koʻpgina tadqiqotchilar „Islom islohotchiligi“ deb
ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan
iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda roʻy berdi.
Ikkinchidan, „Islom islohotchiligi“ dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta
baholashda namoyon boʻldi va sof ilohiyotga doir masalalarga daxli boʻlmadi. Uchinchidan,
Islomda xristianlarnikiga oʻxshash cherkov bilan ruhoniylarni bogʻlab turuvchi tizim
boʻlmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy taʼsir qildi.
Oʻrta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Musulmon
huquqi tizimining oʻzi ham muayyan darajada oʻzgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana
bordi; 19-asr oʻrtalariga kelib,
Usmoniylar
imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy
sudlarning vakolati butunlay chegaralab qoʻyildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda koʻzda
tutilmaydigan jinoyat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad
Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli Islomning
ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini Islomning bir
qancha anʼanaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson
kechmadi va uzoqqa choʻzilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini
yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada oʻz aksini topdi.
Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi
boshqa anʼanaviy tamoyillarni ham yangicha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida roʻy
bergan oʻzgarish juda muhim rol oʻynadi. Bu, avvalo, milliy oʻzini anglash jarayoniga taalluqlidir.
Shu jarayon davomida Islomning barcha musulmonlarning birligi toʻgʻrisidagi anʼanaviy qoidasi
yangicha maʼno kasb etdi. Jamoliddin al-Afgʻoniy musulmonlarning birdamligi gʻoyasini koʻtarib
chiqdi. M. Abdu, J. Afgʻoniy, Rashid Rizo va boshqaning gʻoyalari milliy ozodlik harakatlariga
turtki bulib koʻpchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol oʻynadi.
Ayni vaqtda Islom birdamligi gʻoyasiga asoslangan xalqaro Islom harakati shakllana boshladi:
1926-yilda birinchi xalqaro musulmon tashkiloti —
Islom olami kongressi
(Muʼtamar al-alam al-
islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, Islomning goʻyo
Muhammadning
zamonidagi „asl“
tamoyillariga qaytishga daʼvat etishga turli fundamentalistik oqimlar (qarang
Vahobbiylik
) va
ularning tarkibida oʻz gʻoyalari uchun kurashda terror usuliga tayanuvchi guruhlar, ekstremistik
toʻdalar paydo boʻldi. 20-asrning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish masalasida ham
Islom omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir boʻldi (Eron islom inqilobi, Liviya
Jamohiriyasi va boshqa).
Bir qator mamlakatlar (MAP, Kyvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afgʻoniston va sh. k.)da
Islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan. Ayrim mamlakatlarda „Islom“ soʻzi
davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom respublikasi,
Afgoniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va boshqa Osiyo, Afrika
qitʼasidagi baʼzi mamlakatlarda Islomning tarqalishiga musulmon partiyalari taʼsir qilmoqda, ular
koʻpincha siyosatda muhim rol oʻynamoqda. Erondagi Islom respublikasi partiyasi,
Indoneziyadagi Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi,
Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol boʻla oladi. Bir qancha
mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridagi tashkilotlar —
„Musulmon birodarlar“, Islom ozodligi partiyasi) tarqalgan, koʻpgina diniy bilim yurtlari (qorilik
maktablari, Madrasa, musulmon universitetlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari,
tijorat korxonalari (islom banklari, sugʻurta kompaniyalari) ishlab turibdi.
Musulmon sud ishlarini olib borish tizimi saqlanib qolmoqda. 19-asrning 70-80-yillaridagi
shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan baʼzi bir qoidalarini tiklashga urinib kurildi
(masalanPokistonda; Sudanda prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar
uchun tan jazolari berish).
Oʻtgan asr 70-yillarining oxiri — 80-yillarining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki
nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mavqega ega
boʻla boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi
Islom konferensiyasi tashkiloti
(Munazzamat al-muʼtamar al-islomi) boʻlib, u 1969-yilda tuzilgan, unga 55 mamlakat
(Oʻzbekiston Respublikasi 1996-yildan) aʼzo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida
Islom olami uyushmasi
,
Islom olami kongressi
, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi,
AQSH Oliy islom kengashi va boshqani koʻrsatish mumkin. Ular, asosan, Islomni targʻib qilish va
yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi Islom
jamoalariga yordam berish bilan shugʻullanadi.
Islom Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, shoʻrolar davrida
turli taʼqib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning taqdiri ayanchli boʻldi.
Islomga oid bebaho kitoblar yoʻqotildi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din
peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan
keyin, Islom dini hayotda munosib oʻrnini egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va
marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qurʼoni karim 2 marta oʻzbek tilida chop
etildi (1992, 2001-yillar), hadis toʻplamlarining tarjimasi, Islom ulamolarining yuzlarcha kitoblari
yana xalqqa yetkazildi. Hozirgi paytda
Qurʼoni Karimning
oʻzbek tilidagi beshta jumladan,
Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(„Tafsiri Hilol“, 1992-2005),
Oltinxon Toʻra
,
Alouddin
Mansur
(„Qurʼoni karim“ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991)), Shayx Abdulaziz
Mansur („Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“, 2004), muftiy
Usmonxon Alimov
(„Tafsiri
Irfon“) kabi oʻzbek olimlari tomonidan tayyorlangan maʼnolar tarjimalari va tafsirlari nashr
etilgan. Islom tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona oʻrganishga
kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shu maqsadda
Toshkent davlat
sharqshunoslik institutida
islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda
diniy oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsata boshladi,
Toshkent Islom universiteti
tashkil qilindi (1999),
uning tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ishlab turibdi.
Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni karim,
Muhammad
hayoti va faoliyati,
paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islomshunoslik fanining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda
Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va
Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va boshqa), Yevropada (I.
Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, I. A.
Krachkovskiy va boshqa) 19-asr oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda
Islomga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning
insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib
chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon
Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy,
marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 — 1976), Abdugʻani Abdullo (1928-1999) va Yusufxon
Shokirov (1926-2000)larning xizmati kattadir. 20-asr oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom
boʻyicha obʼyektiv tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom
manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islomdagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va
faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar
yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A.
Hasanov, Z. Husniddinov, Z. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A.
Moʻminov, A. Azimov, R. Obidov va boshqalar).
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida „Movarounnahr“ nashriyoti faoliyat koʻrsatadi, „Islom nuri“
gazetasi, „Hidoyat“ jurnali nashr etiladi.
Etmologiyasi
|