…
Musulmonlar
masjidda ibodat qilishmoqda
…
mustasno),
Senegal
,
Gambiya
,
Niger
,
Somali
,
Afgʻoniston
,
Pokiston
,
Bangladesh
,
Indoneziya
va
boshqa baʼzi
mamlakatlarda
aholining 80 % idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha
mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (
Gvineya
,
Mali
,
Livan
,
Chad
,
Sudan
).
Malayziya
va
Nigeriyada
qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (
Gvineya-Bisau
,
Kamerun
,
Burkinafaso
,
Sʼyerra-Leone
va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham,
taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar —
Indoneziya
,
Hindiston
,
Pokiston
va
Bangladesh
; musulmonlarning anchasi
Markaziy Osiyo
mamlakatlari,
Xitoy
,
Tailand
,
Efiopiya
,
Tanzaniya
,
Kiprda
,
Yevropaning
ayrim mamlakatlari (
Yugoslaviya
,
Albaniya
,
Buyuk
Britaniya
,
Germaniya
,
Fransiya
va boshqa),
Shimoliy
va
Janubiy Amerika
qitʼasi mamlakatlari
(
AQSh
,
Kanada
,
Argentina
,
Braziliya
,
Gayana
,
Surinam
,
Trinidad
va
Tobago
)da,
Avstraliyada
,
Fiji
orollarida
yashaydi.
[7]
Sunniylik
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani.
Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub
(2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya,
Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab
mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon
mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning
oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar,
keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun
oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana
bordi.
S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam)ning „alFiqh alakbar“ asari eng nodir ilmiy meros sanaladi.
Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S
yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan
eʼtirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va
mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy
manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni
yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy
sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy
Boshqa dinlar
Islomda boʻlinish
…
sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga
aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta
goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang alAsmo alhusno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat
yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi.
Bordiyu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi.
7. Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va
rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul.
Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi —
Muhammad
8. Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini
haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo
paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, roʻza,
zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki
sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq
etish. 10. Imon —
Muhammad
Alloh tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va
rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon
nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va hokazo
S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. S. islomda
anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
S. bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha
tafovutlar bor. Oʻzbekistonda, asosan, Ska eʼtiqod qilinadi..
Dostları ilə paylaş: |